Mavzu: Reklama nazariyasi va uning vazifalari Reja: Kirish Reklama haqida umumiy ma’lumot Reklama turlari


Download 32.5 Kb.
bet1/5
Sana24.12.2022
Hajmi32.5 Kb.
#1052960
  1   2   3   4   5
Bog'liq
reklama


Mavzu: Reklama nazariyasi va uning vazifalari
Reja:
Kirish
1. Reklama haqida umumiy ma’lumot
2. Reklama turlari 
3. Reklamaning qo’llanilish usullari
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish
Mamlakatimiz jadallik hamda o‘ziga xos qiyinchiliklar bilan bozor iqtisodiyotiga moslashayapti. O‘zining tuzilishi bilan yetarlicha qiyin bo‘lgan bu jarayon fuqarolarning dunyoqarashi va o‘zini tutishi jihatidan juda katta vazifalarni o‘rtaga qo‘yadi. Hozirgi kecha-kunduzda ijtimoiy hayotni reklamalarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Chunki reklama kundalik ehtiyojga, aniqroq qilib aytganda bozor talabiga aylanib qoldi.
Reklama shiddat bilan ijtimoiy hayotimizga kirib kelmoqda. XX asr tarixga ilmiy-texnika taraqqiyoti davri bo‘lib kirgan bo‘lsa, XXI asr axborot texnologiyasi davri bo‘ladi. Chunki dunyoning bu chekkasidagi axborot manbalari, yangiliklar, xabarlar tez sur'atlar bilan dunyoning u chekkasida namoyon bo‘lmoqda. Axborotlarning bunday tez tarqalishi jamiyat a'zolariga, ijtimoiy hayotimizga, insonlarning turmush tarziga, kundalik hayotiga kuchli ta'sir etadi. Reklama axborotning san'at darajasidagi ommaviy turi bo‘lib, u turli uslublar orqali mahsulotlar va xizmat turlarining belgilari va texnologiyalarini yorituvchi vositadir. Uning ahamiyati, ayniqsa jamiyatda ishlab chiqaruvchi kuchlar o‘rtasida raqobatning kuchaygan bir davrida oshib boradi. Reklama bu – aholiga mahsulot yoki biror xizmat turi haqida axborot berish, uning afzalligi va imkoniyatlarini tushuntirish demakdir. Reklama mahsulotning kelib chiqishi yoki xizmat turining afzalliklarini, unga bo‘lgan ehtiyojning darajasini ham o‘zida aks ettiradi. Reklamada mahsulot haqidagi axborotlar bozorning to‘rtta talabini ham o‘z ichiga oladi. Bu – mahsulot, narxlar, sotuv va targ‘ibot. Reklama tashkiloti – turdosh reklama agentliklari ma'lumotlarini umumlashtirib reklamaning yangi formasini va uning tarqatilishini boshqaradi.
Demak, reklama biror korxona, muayyan turdosh buyum, xizmat yoki ijtimoiy harakatning el orasida nom chiqarishini ta'minlash uchun tovarga, xizmatga odamlar diqqatini jalb etish, bularni keng ma'lum qilish, ular to‘g‘risidagi ma'lumotlarni tarqatish maqsadida olib boriladigan faoliyatdir. Mohirlik bilan tashkil etilgan reklama bozordagi xaridorlarning xohish-istagi va iste'molchilarning xatti-harakatlarini boshqarib borishda yordam beradi.
Ijtimoiy reklama - bu ijtimoiy xulq-atvor shakllarini o'zgartirishga va ijtimoiy ahamiyatga ega hodisalar va muammolarga e'tiborni jalb qilishga qaratilgan reklama. Ijtimoiy reklama - bu shaxsiy bo'lmagan taqdimot va ijtimoiy g'oyalarni, xatti-harakatlar va amaliyotni targ'ib qilishning o'ziga xos shakli bo'lib, bu butun jamiyatni insonparvarlashtirishga, shuningdek, jamoat manfaati nuqtai nazaridan foydali bo'lgan individual maqsadlarga erishishga yordam beradi.


Download 32.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling