Mavzu: Rekombinant dnk olish


Download 38.36 Kb.
bet1/3
Sana05.05.2023
Hajmi38.36 Kb.
#1431614
  1   2   3
Bog'liq
Документ Microsoft Word



Mavzu: Rekombinant DNK olish.
Maqsad: 1.Talimiy: O’quvchilarga rekombinant DNK olish , yani DNK malekulasi DNK zanjirining uzilishi yoki birikishi yo’li bilan rekombinatsiyajarayonida hosil bo’lishi haqida malumot berish.
2.Tarbiyaviy: O’quvchilarning ilmiy dunyoqarashlarini shakllantirish.
3.Rivojlantiruvchi: O’quvchilarning malumotlarni tahlil qilish ko’nikmalarini rivojlantirish.
Dars uslubi: Interfaol
Dars usuli: Guruhlarda ishlash.
Dars tipi: Yangi bilimlar beruvchi.
Ko’rgazmali vositalar; Plakatlar ,DNK moduli.
Didaktik: Tarqatma materiallar,savol-javoblar.

1.t

Texnik: Kompyuter, elektron darslik.
Tashkiliy qism : Salomlashish,davomatni aniqlash,Ma`naviyat daqiqasini o`tkazish.
Darsning blok sxemasi


1

Tashkiliy qism

3 daqiqa



2

O`tilgan mavzuni so`rash



10 daqiqa

3

Yangi mavzu bayoni



12 daqiqa

4

Mustahkamlash



15 daqiqa

5

Dars yakuni:
1.O`quvchilarni baholash
2.Uyga vazifa berish

5 daqiqa



Asosiy qism:
Uyga vazifani so`rash:
1.RNK matritsa asosida komplementar DNKsintezlay oladigan virusning qanday fermenti ajratib olingan?
Javob: Revertaza.
2. Qo’shni nukleotidlar orasidagi fosfodiefir bog’larni t[klash orqali DNK bo’laklarini bog’lash vazifasini bajaruvchi ferment nima deb ataladi?
Javob; DNK ligaza.
3.Gen muhandisligida foydalaniladigan fermentlar qanday guruhlarlarga ajratiladi?
Javob: DNK ni bo’larga bo’luvchi ; RNK matritsa asosida DNK bo’laklarini sintezlovchi; DNK bo’laklarini ulovchi; DNK bo’laklari uchlari stukturasini o’zgartirish imkonini beruvchi .
4.Restiriktazalar qanday maqsadlarda foydalaniladi?
Javob:Tabiatda biror mikroorganizm hujayrasiga tashqaridan yod genetik material kirsa u darhol hujayra nukleaza fermentlari ishtirokida parchalanib tashlanadi. Hozirgi vaqta turli hil mikroorganizmlardan har xil restriktazalar ajratib olingan.
Yangi mavzu bayoni :
Genetik rekombinatsiya - bu turli manbalardan olingan genlarning yoki genlarning normal biologic almashinuvi natijasida o’zgargan xromosomaning hosil bo’lishi. Yangi DNK malekulasi DNK zanjirining uzilishi yoki birikishi yo’li bilan rekombinatsiya jarayonida hosil bo’ladi.Irsiy axborotning o’tkazilishi ,almashinishi va o’zgarishining tabiatda turli shakllari ;bo’lib ,ular yangi xususiyatlarga ega bo’lgan organizmlarning paydo bo’lishi uchun manba sanaladi. Turli organizmlarning genlarini sun’iy yo’l bilan birlashtirib ,rekombinant DNK olish mumkin.
Sun’iy ravishda rekombinant DNK olish va genlarni klonlash ilk bor 1972-yilda AQSH olimlari Boyer Koen tomonidan amalga oshirildi. Xromosoma DNK malekulasida Eko RI restiktaza fermenti taniy oladigan maxsus nukleotidlar izchilligi qancha bo’lsa, bu malekula shuncha bo’lakka bo’linadi.Yot DNK bo’lagini rekombinant vector konstruksilar vositasida ko`paytirish genlarni klonlash deb ataladi.DNK bo`lagini klonlashda vektor sifatida virus va fag DNK molekulasidan yoki ko`chib yuruvchi genetic elementlardan ham foydalanish mumkin.
Demak,gen muhandisligiga quyidagilar amalga oshiriladi:
1.Kerakli genga ega donor organizmlardan zarur genlar ketma-ketligiga ega bo`lgan DNK molekulasi ajratib olinadi.
2.Donor DNK sining zarur geni fermentlar ta’sirida boshqa qismlardan ajratib olinadi.
3.Retsiyepent hujayra ga biror genni kiritish uchun mazkur hujayraga kira oladigan uncha katta bo`lmagan DNK molekulasidan foydalaniladi.Bunday molekula vektor deyiladi.
4.DNK –vektorni donor genini kiritish mumkin bo`lgan joyidan ferment yordamida kesiladi.
5.Ajratib olingan gen vector molekulaga “tikiladi”.Rekombinat DNK hosil qilinadi va klonlanadi.Kiritilgan gen saqlovchi yangi DNK molekulasi xo`jayin retsiypent hujayrasiga kiritiladi.
6.Xo`jayin hujayrada replikatsiyalanadi va hujayraning bo`linishi orqali avlodlarga beriladi.
7.Rekombinat DNK xo`jayin hujayraga kiritish transformatsiya deyiladi.Yot DNK bo`lagiga ega bo`lgan organizmlar transgen organizmlar hisoblanadi.


Yangi mavzuni mustahkamlash:

1- variant
1 Eholot asbobida nima o`lchanadi?
A)dengiz va okeanlar chuqurligi C)havo bosimini
B)tog`larning balandligi D)havo namligi

Download 38.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling