Mavzu: Rentgen nurlari Reja
Rentgen nurlarining qo‘llanish sohalari
Download 58.48 Kb.
|
Rengen nurlari
Rentgen nurlarining qo‘llanish sohalariBiz odatda Rentgen nurlanishidan faqat tibbiyotda foydalanilishini ko'rganmiz. Biroq, aslida Rentgen nurlanishlarining qo'llash sohalari keng tarmoqli bo'lib nafaqat davolash yoki tashxis qo'yishda, balki, metallarni nuqsonlarini aniqlash, nazorat va tahlillar olib borish kabi muhim ishlarda ham keng qo'llaniladi:
Buyumlarni nur orqali tekshirish - rentgenodefektoskopiyada, tekshirilayotgan obyektning odatda, rentgenogramma orqali olingan soyaviy tasviri (ba'zan esa, nisbatan kamroq sezgirlikdagi flyuressiya ekrani orqali) strukturaviy tahlil qilinadi. Bu yo‘l bilan obyektlarning struktura yaxlitligini saqlagan holda, ya'ni buzmasdan turib, ularning ichki nuqsonlari - yoriqlari, tirqishlari, teshik va ho kazoo mexanik nuqsonlarini hamda yot aralashmalrni aniqlash mumkin. Hozirgi kunda, ushbu soha bilan asbobsozlikdagi alohida fan - "Buzmasdan nazorat qilish" fani amaliy va nazariy shig‘ullanadi. Obyektlarni buzmasdan nazorat va tahlil qilishning rentgenostruktur tahlilidan tashqari yana bir necha - Akustik, Randioto‘lqinli, va hokazo, jami 6 xil usulldagi o‘nlab turlari mavjud. Rentgenostrukturali tahlilda, rentgen nurlari yordamida moddaning eng kichik masshtabdagi nozik strukturasi - qattiq jism tashkil qiluvchi kristall panjaradagi atomlarning joylashuvi, kristallarning o‘lchamlari va o‘zaro munosabatlari tahlil qilinadi. Rentgenostruktur tahlil yordamida, minerallar, noorganik va organik (masalan DNK, oqsillar, antibiotiklar va h.k.) birikmalar, qotishmalarning atom va yadro strukturalarining tuzilishi aniqlanadi. Rengen nurlarining singish xususiyati, ya'ni tekshirilayotgan obyekt qalinligidan o‘ta olish qobiliyati, ularning to‘lqin uzunliklariga chambarchas bog‘liq bo‘lib, o‘z navbatida rentgen nurlarining to‘lqin uzunligi, trubkaga beriladigan kuchlanishga bog‘liqdir. Nuqsonlarni aniqlash - defektoskopiya maqsadlarida 2000 kV gacha bo‘lgan kuchlanish qiymatlari ishlatiladi. Metallarda nuqsonlarni aniqlash uchun bunday o‘ta yuqori kuchlanishga ega uskunalardan juda kamdan kam foydalaniladi; ularning tuzilishi juda murakkab, gabaritlari beso‘naqay, tannarxi qimmat va trubkalari tez ishdan chiqadi. Download 58.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling