Mavzu: Rentgen nurlari Reja


Download 58.48 Kb.
bet1/3
Sana09.02.2023
Hajmi58.48 Kb.
#1181760
  1   2   3
Bog'liq
Rengen nurlari


Mavzu: Rentgen nurlari


Reja:

  1. Rentgen nurlanishi.

  2. Rentgen spektrlari.

  3. Xarakteristik rentgen nurlari.

  4. Tormozlanishdagi roentgen nurlari.

  5. Mozeli qonuni.

  6. Oje effekti


Rentgen nurlanishi.

Rentgen nurlanishi atom tabiatini o’rganishda muhim rol o’ynaydi. Bu nurlanish spektri diapazonda yotishini bilamiz. Rentgen spektrlari atom nomerlarini, ya’ni yadro zaryadi ni aniqlashga imkon beradi.


Rentgen nurlari tez elektronlar ta’sirida paydo bo’ladi. Ular xil bo’ladi:
1. Tormozlanish nurlanishi katoddan chiqayotgan elektrolarning anodga kelib urilishida ularning tormozlanishi natijasida hosil bo’ladi. Tormozlanish nurlanishi, ya’ni elektronlar energiyasi ma’lum kritik ko’rsatkichdan past bo’lganda ular nurlanish spektri maksimumiga ega bo’ladi. Bu maksimum elektronlarni tezlatuvchi potentsial - ga bog’liq bo’ladi.

Tormozlanish nurlanishi tutash spektrga ega bo’ladi va antikatod (anod) materialiga bog’liq bo’lmaydi.
2. Xarakteristik nurlanish uyg’otuvchi elektronlar energiyasi biror kritik qiymatga teng yoki undan katta bo’lsa hosil bo’ladi. Bu nurlanish antikatod moddasini xarakterlaydi. Har bir element o’ziga xos spektr beradi. Xarakteristik nurlanish uzlukli spektrdan, ya’ni spektral chiziqlardan iborat bo’ladi.
Rentgen nurlari modda qatlamidan o’tganda kuchsizlanadi. Bunga 2 xil sabab bo’lishi mumkin:
1. Sochilish. Rentgen nurlari to’lqin uzunliklari juda kichik bo’lgani uchun yorug’likka shaffof bo’lgan har qanday muhit Rentgen nurlari uchun xira hisoblanadi. Sochuvchi markazlar modda atomi yoki molekulasi bo’lishi mumkin. Bunday sochilish optik diapazondagi yorug’likda ham kuzatiladi, lekin bu juda kuchsiz bo’ladi. Masalan, yorug’lik intensivligi km qalinlikdagi toza suvda marta kamayadi. Rentgen nurlari esa sm qalinlikdagi suv qatlamida shuncha kuchsizlanadi.
2. Yutilish. Rentgen nurlarining bir qismi moddada yutilyb issiqlikka aylanadi. Agar - modda qalinligi, - tushayotgan intensivlik, - kuchsizlanishni xarakterlovchi koeffitsient bo’lsa, u holda ifodadan qalinlikdagi moddada kuchsizlanish kabi ifodalanadi, bu yerda bo’lib -yutilish koeffitsienti va -sochilish koeffitsienti deyiladi.
Rentgen nurlari spektral chiziqlari chastotasi bilan bu chiziqlarni chiqaruvchi element atom nomeri orasidagi bog’lanishini ( chiziq uchun) Mozeli topgan (1913-1914 yillar)
,
bu yerda, va -Ridberg doimiysi. Yuqoridagi ifodadan rentgen nurlanish chastotasi bilan orasidagi quyidagi bog’lanishni topamiz:
Boshqa seriyalar uchun ham shunga o’xshash bog’lanishlarni yozish mumkin. Rentgen nurlari yorug’likka o’xshaydi va faqat -to’lqin uzunligi kichikligi bilan farq qiladi. Shu sababli ham interferentsiya va difraktsiya hodisalari rentgen nurlarida ham kuzatiladi. Odatdagi rentgen qurilmalarida elektronlar energiyasi 100000 eV ga teng bo’ladi. Meditsinada ishlatiladigan rentgen nurlari to’lqin uzunligi bir angstrem- atrofida bo’ladi. Umuman rentgen nurlari to’lqin uzunligi diapazonda yotadi.
Mozeli qonuninig ahamiyati juda katta. Bu qonun yordamida o’lchab topilgan to’lqin uzunlikka qarab ushbu rentgen nurini chiqargan element atom nomerini, ya’ni atom yadrosi zaryadini aniq belgilash mumkin. Mozeli yashagan davrda davriy jadvalda hali kashf etilmagan elementlar mavjud edi. dan gacha bo’lgan nodir yer elementlari hali yaxshi o’rganilmagan edi. Bu qonun yordamida vodorod va uran oralig’ida 92 xil element borligi ko’rsatildi hamda hali kashf etilmagan elementlar ham aniq ko’rsatib berildi. Shu bilan birga bu qonun atom indivudialligini atom massasi emas, balkim yadro zaryadiga teng bo’lgan atom nomeri belgilashini ko’rsatdi hamda bu masaladagi uzoq yillardan beri cho’zilib kelayotgan bahslarga chek qo’ydi. Bu holat izotoplarning kashf etilishi bilan tasdiqlandi.

Download 58.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling