Mavzu: Respublikada axolini ijtimoiy muhofaza qilish sog'liqni saqlash tizimida olib borilgan kompleks chora tadbirlar


Farmatsevtika tarmog‘ini yanada rivojlantirish


Download 65.94 Kb.
bet17/20
Sana21.06.2023
Hajmi65.94 Kb.
#1643060
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
Mavzu Respublikada axolini ijtimoiy muhofaza qilish sog\'liqni s

7. Farmatsevtika tarmog‘ini yanada rivojlantirish
1. Quyidagilarni imkonini beruvchi Dori vositalari va tibbiyot buyumlarini markirovkalash hamda ular harakatlanishining monitoringini olib borish axborot tizimini joriy etish:
dori vositalari va tibbiyot buyumlari har bir qadog‘ining ishlab chiqarilgan yoki import qilingan vaqtdan boshlab iste’molchiga yetib borgan vaqtgacha harakatlanishini kuzatish;
sifatsiz va kontrafakt dori vositalari hamda tibbiyot buyumlarining butun respublika bo‘ylab profilaktikasi va muomaladan darhol olib qo‘yilishi;
ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiyot buyumlari narxini belgilash ustidan monitoring olib borish;
barcha darajalarda dori vositalari va tibbiyot buyumlari zaxiralari va rezervlarini tezkor rejalashtirish va boshqarish;
iste’molchilar tomonidan mobil ilova yordamida xarid qilinadigan (olinadigan) dori vositalari va tibbiyot buyumlari qonuniyligini tekshirish.
2. Qimmat turadigan dori terapiyasini talab qiladigan bemorlar registrlarini shakllantirish.
3. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan qayta malakalangan immunobiologik preparatlarni jadal ro‘yxatdan o‘tkazish tartib-taomilini joriy etish.
4. Dori vositalarini, tibbiyot buyumlarini va tibbiy texnikani ro‘yxatdan o‘tkazish sohasidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish, ularni xalqaro talablarga uyg‘unlashtirish.
5. Rivojlangan davlatlarning ijobiy tajribasi asosida dori vositalari, tibbiyot buyumlari va tibbiy texnika uchun referent narx belgilashni bosqichma-bosqich joriy etish.
6. Farmatsevtika tashkilotlarini sifat menejmenti tizimlarini va tegishli ishlab chiqarish amaliyotini (GMP va boshqalar) joriy etishga rag‘batlantirish.
7. Ambulatoriya va statsionar davolashda fuqarolarni ta’minlash uchun budjet mablag‘lari hisobidan qoplanadigan dori vositalari ro‘yxatini shakllantirish uslubiyotini ishlab chiqish va takomillashtirish.
8. Respublika hududida o‘sadigan dorivor o‘simliklar plantatsiyalarini tashkil etgan holda ularni yetishtirish texnologiyalarini ishlab chiqish, shuningdek, o‘simlik xomashyosi asosida dori vositalari ishlab chiqaruvchi mamlakatimiz korxonalarini keng qo‘llab-quvvatlash.
9. Ixtisoslashgan farmatsevtika erkin iqtisodiy zonalari hududida tayyor dori vositalari va substansiyalar ishlab chiqaruvchi yangi farmatsevtika korxonalari tashkil etishga doir yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish.

Download 65.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling