Mavzu: Rezba kesish. Rezba to'g'risida umumiy tushunchalar
Download 21.61 Kb.
|
8-Mavzu
Qirqma plashkalar yumalog'idan qirqmasi bilan farqlanadi. Qirqmaning o'lchami 0,51,5 mm bo'lib, u rezьba diametrini o'ziga xos usulda 0,1-0,25 mm chegarada sozlashga imkon beradi.
Kluplar bilan rezbba kesish. Diametri, qadami va tegishli klupp raqamiga mos keladigan, ikkita yarim plashkalardan tashkil topgan kerilma plashka tanlanadi. Ularni ramkadagi prizmasimon yo'naltirgichga klupdagi va plashkadagi raqamlar bir-birining ro'parasida turadigan qilib o'rnatiladi. SHundan keyin klupp ramkasiga suharni kiritib uni vint bilan mahkamlanadi. Zagotovkani giraga vertikal vaziyatda mahkamlab, egov bilan chiviq toretsli rax egovlanadi. Uning burchagi va eni aylanining butun uzunligi bo'ylab bir xil bo'lishi kerak. Plashkalarning ish yuzalari va chiviqning uchini moylab, plashkalarning kesuvchi qismi chiviq raxiga rezьbaning 2-3 o'ramida bo'ladigan qilib qo'yiladi. Yarim plashkalar vint bilan plashkalarning tekisligi chiviq o'qiga nisbatan qat'iy perpendikulyar bo'ladigan qilib mahkamlanadi. Ularning rezьba o'ramlari esa chiviqni siqib turishi kerak. Klupning dastalariga plashka rezьbaning berilgan yo'nalishi bo'yicha yurguncha ozroq kuch ishlatib bir tekis bosiladi va rezьba yo'nalishida (1/2 aylanish oldinga va 1/4 aylanish teskari tomonga) aylantiriladi. Uni vaqti-vaqti bilan chiviqdan burab chiqarib, mashina moyi bilan moylanadi. Rezьbani toza latta bilan yaxshilab artilgandan keyin sifatini rezbali halqa bilan nazorat qilinadi. Rezba kesishni mexanizatsiyalashtirish Yirik o'lchamli detallarga rezьba kesish jarayonini mexanizatsiyalash hamdabuyumlarni yig'ish, montaj qilish ishlarini bajarish uchun maxsus dastakli asboblar, chunonchi, elektr va pnevmatik yuritmali rezьba keskichlardan foydalaniladi. Download 21.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling