Mavzu: Rezba kesish. Rezba to'g'risida umumiy tushunchalar


Download 21.61 Kb.
bet3/4
Sana25.02.2023
Hajmi21.61 Kb.
#1231319
1   2   3   4
Bog'liq
8-Mavzu

Matokli metchiklar rezьbani tozalash uchun qo'llaniladi. Ularning ariqchasi o'ng spiralli bo'ladi.
Kombinatsiyalashtirilgan metchiklar ikki qismdan iborat bo'lib, birinchi qismi teshikka xomaki rezьba kesish, ikkinchi qismi rezьbaga uzil-kesil ishlov berish uchun mo'ljallangan.
Bir vaqtda ikkita operatsiyani bajaradigan metchik-parma parmalovchi, rezьba kesuvchi va quyruq qismlardan tuzilgan. Parron teshiklarga rezьba kesishda qo'llaniladi. Bunday asbobda avval detal teshiladi, kesish yakunida rezbba kesishni metchik qismida davom ettiriladi.

o'rtacha va toza kesuvchi metchiklarning diametr

TSilindrsimon konstruktsiyali metchik
Parmadastalar. Qo'l bilan rezьba kesishda kesuvchi asbobning quyruq qismidagikvadratga parmadastani kiydirib aylantiriladi. Sozlanmaydigan parmadastalar 2 yoki 3 ta kvadrat teshikli bo'lishi mumkin. Sozlanadiganlarida sozlanadigan teshik bo'ladi. Bundan tashqari, toretsli turlari ham mavjud. Ular bilan noqulay joylashgan teshiklarga rezьba kesiladi.
Ichki va tashqi tezbalarni kesish
Ichki rezbba kesish. Rezьba kesishda material qisman bosiladi, shuning uchun parmaning diametri rezьba ichki diametri o'lchamidan kattaroq bo'lishi kerak. Yumshoq materiallarga nisbatan qattiq va mo'rt materiallarda teshiklarning o'lchami kamroq o'zgaradi. Rezьbabop teshiklar uchun tegishli parmalarni ma'lumotnoma jadvallaridan tanlanadi. Ulardan foydalanish mumkin bo'lmagan hollarda metrik rezьba diametri
Rezbba kesish usullari. Rezьbabop teshiklarni parmalangandan keyin detalni gira jag'lari orasiga qisib teshik o'qining perpendikulyarligini burchaklik bilan tekshirish lozim. CHap qo'l bilan parmadastani metchikka bosib, o'ng qo'l bilan metchik metallga bir necha o'ram kirib turg'un holatga kelguncha bosib aylantiriladi. SHundan keyin parmadastaning dastasini ikki qo'l bilan ushlab aylantiriladi. Ishni osonlashtirish maqsadida metchikli parmadastani faqat soat mili harakati yo'nalishida aylantiravermay, bir marta to'liq, ikkinchi marta esa yarim aylanishda orqaga aylantirish kerak. Metchikni qaytma-aylanma harakati tufayli qirindilarning maydalanishi birmuncha osanlashadi. Dastakli metchiklarning rezьbasini 6-10 kvalitet bo'yicha yasaladi.
Metchik bilan rezbba kesish. Detal teshigini chizmaga qarab rejalashtiriladi, so'ngra ma'lumotnoma jadvallariga ko'ra tanlangan parma bilan rezьba kesiladigan teshik parmalanadi. 60 yoki 120°li zenkovkada teshikni 1-1,5 mm uzunlikda zenkovkalanadi. Metchikni tanlab tekshirib ko'rilgandan keyin zagotovkani gira jag'lari orasiga qisib mahkamlanadi. Avval berilgan formulalar yordamida tegishli parmadasta tanlanadi. Uning dastasidan ushlab metchikni soat mili harakati yo'nalishida aylantirib, rezьbani kesish va qirindini maydalash uchun vaqti-vaqti bilan chorak, yarim aylanishda teskarisiga aylantiriladi. Metchikni tez-tez teshikdan chiqarib, qirindidan tozalab turiladi.
Yopiq teshiklarda rezьba kesishda parmalash chuqurligi rezьba uzunligidan 6R qadar ortiq olinishi kerak. Metchik teshik tubiga taqalishi bilan uni aylantirishni darhol to'xtatiladi. Kesilgan rezьba kalibr-tiqin yoki bolt bilan nazorat qilinadi, agar kalibrning yoki boltning uchi o'tmasa, qiynlik bilan buralsa, rezьbani ikkinchi metchik bilan takror kesish kerak. Yopiq teshiklarda to'la rezьba kesish zarurati tug'ilsa kesuvchi qismi kattalashtirilgan uchinchi metchik ishlatiladi, bunda rezьba teshikning tubiga yetadi.


Tashqi rezbba kesish. Tashqi rezьbani dastakli usulda yoki dastgohda kesiladi. Dastakli usulda kesishda, asosan, plashkalardan foydalaniladi. Konstruktiv xususiyatlariga ko'ra ular yumaloq, nakatkalangan hamda prizmasimon turlarga bo'linadi.
Yumaloq plashkalarni (lerka) yaxlit va qirqma qilib tayyorlanadi. Dastakli usulda rezьba kesishda ularni maxsus parmadastalarga mahkamlab foydalaniladi.
Yaxlit plashkalar toblangan po'lat gaykadan iborat bo'lib, o'nga rezьba orqali ochiq teshik parmalangan. Teshiklarning rezьba iplari bilan uchrashib joylarida kesuvchi qirralar hosil bo'lgan. Ularga tutashgan teshiklardan qirindilar chiqib ketadi. Yaxlit, yumaloq plashkalarning diametrlari standartlashtirilgan: asosiy metrik rezьbalar uchun u 1 dan 76 mm gacha, dyuymlilari uchun-1/4 dan 2 gacha, quvur rezьba uchun esa 1/8 dan 1/2 gacha belgilangan.

Download 21.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling