Mavzu: Rezba kesish. Rezba to'g'risida umumiy tushunchalar


Download 21.61 Kb.
bet2/4
Sana25.02.2023
Hajmi21.61 Kb.
#1231319
1   2   3   4
Bog'liq
8-Mavzu

Metchiklar qo'llanishi bo'yicha-dastakli, mashina-dastakli bo'ladi; konstruktsiyasi bo'yicha esa yaxlit, yig'ma (sozlanadigan) va maxsus turlarga bo'linadi.
Metchik ikki asosiy: ishchi va quyruq qismdan tuzilgan. Ishchi qismi ko'ndalang, to'g'ri yoki vint ariqchaga ega bo'lgan vintdan iborat bo'lib, u rezьba kesishda ishlatiladi. Ishchi qism o'z navbatida kesuvchi va kalbrlovchi qismlardan iborat. Kesuvchi qismning to'g'ri va teskari yo'nalishdagi egriligi qirindi chiqarishni osonlashtiradi (bunday egriliklar o'ng rezьbada chapga, chap rezьbada o'ngga yo'nalgan). Kalibrlovchi (yo'naltiruvchi) qism metchikning kesuvchi elementidir. U metchikni teshikka yo'naltirib, kesiladigan teshikni kalibrlaydi.
Quyruq chivig'i metchikni patronda yoki uni ish vaqtida parma-dastada ushlab turish uchun xizmat qiladi. Ariqchalar bilan chegaralngan rezьbali qismi metchikning kesuvchi tishlari deb ataladi. Ular pona shakliga ega. Kesuvchi tishlarning oldingi, orqa va o'tkirlik burchaklari kesuvchi va kalibrlovchi qismlarida har xil bo'ladi. O'rta qattiqlikdagi po'lat uchun oldingi burchak 5°, orqa burchak 6°-8°.
Metchiklarning tish profillari silliqlangan va silliqlanmagan holda ishlab chiqariladi. Tish profili silliqlangan metchiklar bilan ishlov berilgan rezьba sirti toza va aniq bo'ladi.
Metchikning ichki qismi uning o'zagi hisoblanadi. Zanglamaydigan po'latlarni kesish uchun ishlatiladiganlarining o'zagi yo'g'onroq qilib tayyorlanadi.
Ariqcha (kanavka)lar metchikning kesuvchi qirrasini hosil qilib, qirindilar uchun uyavazifasini o'taydi. Metchik yasash texnologiyasini osonlashtirish maqsadida uning ariqchalarini to'g'ri qilib yasaladi. Ammo ayrim hollarda vintli-spiralli ariqchali metchiklar ishlatiladi, ularda vint ariqchaning qiyalik 8°-15° ni tashkil etadi. Berk teshiklarga rezьba kesishda bunday ariqchalar o'naqay bo'ladi. Ish jarayonida qirindilarning yuqoriga chiqib ketmasligi uchun chapaqay ariqchali metchiklardan foydalaniladi.
Diametri 22 mm gacha bo'lgan metchiklarni uch, 22 dan 52 mm gacha bo'lganlarini to'rt ariqchali qilib yasaladi. Maxsus metchiklarning kalibrlovchi qismida ariqchalar bo'lmaydi.
Dyuymli rezьbalar kesish uchun foydalaniladigan dastakli (qo'l) metchiklar standartlashtirilgan, ular ikkita metchikdan to'planadi. To'plami uchtalik, ya'ni xomaki,
ari har xil bo'ladi (5-rasm). Xomaki dag'al rezьba kesadi, u metalldan 60 foiz; o'rtacha metchik-30 foiz, toza kesuvchi metchik esa metalldan 10 foiz qirindi chiqaradi. Metchiklarning qaysi biri xomaki, o'rtacha yoki toza kesuvchi ekanligini quyrug'idagi raqam va doiraviy izlardan aniqlanadi.
Kesuvchi qismining konstruktiv xususiyatlariga ko'ra, metchiklar tsilindrsimon va konussimon turlarga bo'linadi.
ar to'plamidagi asboblarning diametrlari turlicha bo'ladi. Kesuvchi qismining qiyalik burchagi toza ishlov beruvchi metchikda 12°, o'rtachasida 7°, xomaksida 3° ga teng. Bu turdagi metchiklar bilan berk teshiklarga rezьba kesiladi.
Konussimon konstruktsiyali metchiklarda har uchala asbob bir xil diametr, turli uzunlikdagi kesuvchi qismdan iborat bo'ladi. Xomaki metchikda kesuvchi qism ishchi qismining uzunligiga, o'rtachasida bu uzunlikning yarmiga, toza kesuvchisida-ikki o'ramga teng. Konussimon metchiklar bilan asosan ochiq teshiklarga rezьbalar kesiladi.
Dastakli mashina metchiklari parron, berk teshiklarga mashina va qo'l usulida metrik, dyuymli, tsilindrsimon, konussimon rezьbalar kesishda ishlatiladi. Bunday metchiklarning ikki turi bo'lib, birinchisi bitta, ikkinchisi esa ikkita (xomaki va toza) metchikdan iborat.
Mashina metchiklari bilan parron va berk teshiklarga dastgoh yordamida rezьba kesiladi. Ular tsilindrsimon hamda konussimon shaklda yasaladi.
Gayka metchiklari o'z nomi bilan gaykalarga rezьba kesish uchun ishlatiladi. Asosan ikki qismdan-kesuvchi va quyruqdan iborat. Gayka metchiklarining quyrug'i egilgan turlari ham bor.
Plashkali metchik o'zining kesuvchi konusining kattaligi bilan gayka metchiklaridan farqlanadi, u rezbba kesish uchun ishlatiladi.

Download 21.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling