Mavzu: Rim raqamlari Darsning borishi: Ta’limiy


Download 63.5 Kb.
Sana04.12.2020
Hajmi63.5 Kb.
#159437
Bog'liq
Rim raqamlari DARS ISHLANMA


Mavzu: Rim raqamlari

Darsning borishi:

Ta’limiy: o’quvchilarga raqamlar tarixi va rim raqamlari haqida bilim berish. Sonlarni rim raqamlari bilan yozishni o’rgatish; TK:1 fikrni mantiqiy ischillikda ifodalay olish; TK: 2 Axborotlarni statistic ma’lumotlar ko’rinishlarning bir turidan boshqa ko’rinishga o’tkazish; FK:1O’rganilgan matematik tushunchalarni qabul qila olish mavzuga doir tegishli misollar keltira olish.

Tarbiyaviy: o’tgan buyuk ajdodlarimizning bizga qoldirgan boy ma’naviy merosini o’rganish bilan birga, ularning munosib davomchilari bo’lishga chaqirish; TK:4 Atrofdagilar bilan o’zaro muloqot chog’ida odob axloq qoidalariga rioya qilish. TK:5 Milliy bayramlarimizga oid sana va vaqtlarni bilish, ularni kundalik hayotda qo’llash.

Rivojlantiruvchi: o’quvchilarning matematik tafakkurini, tezkorlik, topqirlik qobiliyatini rivojlantirish.FK :2 O’rganilgan matematik tushunchlar, faktlarni o’quv vaziyatlarda qo’llay olish yangi bilimlar xosil qilish.

Dars turi: yangi bilim va ko’nikmalarni shakllantiruvchi dars.

Dars metodi: kichik guruhlarda ishlash, ko’rgazmalilik, “davom ettir”o`yini.

Darsning jihozi: Kompyuter, slayd, proyektor, tarqatmali materiallar, plakat, multimedia ilovalar, sonli kartochkalar, rim raqamlari yozilgan kartochkalar.

DARSNING TEXNOLOGIK XARITASI

Ishning nomi

Bajariladigan ishning mazmuni

Metod

Vaqt

1-bosqich Tashkiliy qism.

O`quvchilarni darsga tayyorligini tekshirish

Savol-javob

1daqiqa

2-bosqich.

Ehtiyoj (refleksiya)larni

aniqlash


Dars shiorini tanlanadi. Dars davomida rioya qilish kerak bo`lgan qoidalar belgilanadi. Matematika fani, DTStalablari. Raqamlar va muhim sanalarni bilish.

Suhbat- munozara o`yin texnalogiyasi

2 daqiqa

3-bosqich

O`tgan mavzuni

So`rash va

baholash


Uy ishini bajarilishini nazorat qilish. Matematik bilimlarini mustahkamlash.

“Dinamo” didaktik o`yini

10 daqiqa

4-bosqich.

Yangi mavzu

bayoni.


Rim raqamlari haqida tushuncha.

Mavzuga oid misol va masalalar tuzish



Multimedia ilovasi, “Venn diogrammasi” didaktik o`yini.

20 daqiqa

5-bosqich.

Mustahkamlash.



Mavzu bo`yicha misollar ishlash.

Test topshirig`i

7 daqiqa

6-bosqich.

Uyga vazifa berish, baholash, darsni yakunlash.



O`quvchilarning darsdagi ishtirikini ino- batga olib, baholari e`lon qilinadi. Guruhlarda eng faol ishtirok etgan o`quvchilar olqishlanadi.

Vazifa tushuntiriladi. Dars yakunlanadi.






5 daqiqa

Darsning borishi:

I .Tashkiliy qism: O’quvchilar bilan salomlashiladi.

O’qituvchi: Biz kimmiz?

O’quvchilar: Temuriy avlodimiz

To’maris zurriyodimiz.

Tinchlikdir murodimiz,

Biz vatanning ertasi .

Bizning shior:

Bilmaganni so’rab o’rgangan - olim,

Orlanib so’rganmagan - o’ziga zolim.

-Bugun sinfda kim navbatchi?

Navbatchining o’zbekvaingliz tilidagi axboroti tinglanadi.

Rahmat.

-O’quvchilar hozir darsimiz nima?



-Matematika

Bugungi darsni boshlashdan oldin sinfni uch guruhga bo’lib olamiz.

Guruhlar o’z nomlari bilan tanishtiradilar.

1-guruh Bilimdonlar

2-guruh Donolar

3-guruh Topqirlar

Fasl haqida kirish suhbat o’tkaziladi:

O’qituvchi: O’quvchilar hozir qaysi fasl?

O’quvchilar: Qish fasli

O’qituvchi:Qish fasli qaysi oylardan iborat?

O’quvchi: Qish faslidekabr, yanvar,fevral oylaridan iborat.

O’qituvchi: Qish faslida tabiatda qanday o’zgarishlar ro’y beradi?

O’quvchi: Hamma yoqda sovuq izg’irin kezadi. Qor yog’adi. Bepayon dalalarni, bog’larni oppoq qor qoplaydi. Qishda yerga sepilgan urug’lar qor ostida zararsiz turadi, muzlamaydi.

Qish faslida ayniqsa,dekabr oyida juda tez qorong’u tushadi. Kun qisqa, tun esa uzun bo’ladi. Daraxtlr ham uyquga ketadilar. Ayiq, bo’rsiq, kaltakesak, tipratikonlar ham tinch uxlab, orom oladilar.

O’qituvchi: Qish faslida qanday bayramlar nishollanadi?

O’quvchilar:

8-dekabr –Konstitutsiyamiz tasdiqlangan kun

10-dekabr- Madhiyamiz tasdiqlangan kun

31-dekabr- Yangi yil bayrami

14-yanvar- Vatanhimoyachilari kuni

9-fevral- Alisher Navoiy tavallud topgan kun

14-fevral-Bobur Mirzo tavallud topgan kun

O’qituvchi: Bizning eng sevimli bayramimiz bu……

O’quvchilar:

-Yangi yil kirib kelishiga ham sanoqli kunlar qoldi. Yangi yilning mehmoni Qorbobo bizga maktub yo’llabdilar. Hozir maktubni egalariga yetkazaman.

3 guruhga alohida konvertda tarqatmalar tarqatish.

Siz maktubdagi savollarga javob berib, yangi yil tadbirida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo’lasiz.

Savol: Birinchi prezidentimiz kim?

Javob: Islom Abdug’aniyevich Karimov

Savol: Hozirgi prezidentimiz kim?

Javob: Shavkat Mirziyoyev Miromonovich

Savol: O’zbekistonimiz qachon mustaqillikka erishgan?

Javob: 1991-yi 31-avgust

Savol: Bayrog’imiz qachon tasdiqlangan?

Javob: 1991-yil 18-noyabr

Savol: Gerbimiz qachon tasdiqlangan?

Javob: 1992-yil 2-iyulda

Savol: Konstitutsiyamiz qachon qabul qilingan?

Javob: 1992-yil 8-dekabrda

Savol: Madhiyamiz qachon qabul qilingan?

Javob: 1992-yil 10-dekabrda

Savol: “ Harakatlar sterategiyasi “ nechta yo’nalishdan iborat?

Javob: 5ta ustuvor yo’nalishdan iborat.

Savol: Harakatlar stategiyasini aytib bering?

Javob; O’quvchilar harakatlar strategiyasini aytib beradilar.

2-guruh


Savol: Matematika fani nimani o’rgatadi?

Javob: Matematika fani qo’shish, ayrish, ko’paytirish, bo’lish amallarini, taqqoslashni, misol va masalalarni yechishni o’rgatadi.

Savol: Sonni 10 marta orttirgandanima qilinadi?

Javob: Sonni 10 marta orttirganda shu sonning o’ng tomoniga 0 raqami yoziladi.

Savol: Sonni 100 marta orttirganda nima qilinadi?

Javob: Sonni 100 marta orttirganda shu sonning o’ng tomoniga ikkita 0 raqami yoziladi.

Savol: Sonni 10 marta kamaytirilganda nima qilinadi?

Javob: Sonni 10 marta kamaytirilganda

Savol: No’malum qo’shiluvchini topish uchun nima qilinadi?

Javob: No’malum qo’shiluvchini topish uchun yig’indidan ma’lum qo’shiluvchini ayirish kerak.

Savol: No’malum kamayuvchini qanday topiladi?

Javob: No’malum kamayuvchini toppish uchun ayirmaga ayriluvchi qo’shiladi.

Savol: Burchak turlarini ayting?

Javob: To’g’ri, o’tkir va o’tmas burchaklar

Savol: Uchburchaklar necha hil bo’ladi?

Javob: Teng yonli, teng tomonli va turli tomonli uchburchak

Savol: No’malum ko’paytuvchi qanday topiladi?

Javob: No’malum ko’paytuvchini topish uchun ko’paytma ma’lum ko’paytuvchiga bo’linadi.

Savol: No’malum bo’linuvchi qanday topiladi?

Javob: No’malum bo’linuvchini toppish uchun bo’linma bo’luvchiga ko’paII. O’tilgan mavzuni mustahkamlash.

O’tilgan mavzuni mustahkamlashda “Mohir hisobchilar” mashqidan foydalanamiz.O’quvchilar 3 ta guruhga ajratib, doskaga chiqariladi. Ular avvaldan tayyorlab qo’yilgan 3ta A3 bichimdagi qog’ozda berilgan misollarni yechadilar. Birinchi yechib bo’lgan o’quvchilar mohir hisobchi bo’ladi:

1-qator 2-qator 3-qator

150+130= 140+120= 120+170=

150+110= 130+140= 610+100=

320+220= 710+130= 540+230=

240+350 = 430+320= 610+250=

III. Uy vazifasi tekshirib olinadi. Yangi mavzu bayoni. Buyuk bobokalonimiz Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy arab tida yozgan asarida 10 ta raqamdan foydalanib istagan sonni yozish mumkinligini ko’rsatib bergan.

Masalan: 3,10, 38, 72, 91, 100, 124, 325, 457, 680, 869, 999, 1000.

Qadimgi Rimda I-1,V-5, X-10, L-50, C-100, D-500, M-1000 ko’rinishidagi raqamlardan foydalanilgan. Bu raqamlar Rim raqamlari deyiladi.

Yangi mavzu ekran orqali tushuntiriladi. Yevropaliklar 0,1,2,3,4,5,6,7,8,9 raqmlarini arab raqamlari deb o’ylashgan.

I, V, X,-ushbu belgilardan foydalanib rim raqamlarini yozish mumkin.

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12

I II III IV V VI VII VIII IX X XI XII

Qadimda rim davlatida shunday ko’rinishdagi raqamlardan foydalanilgan. Bu raqamlar rim raqamlari deyiladi. Agar kichik raqamlar katta raqamdan o’ngda yozilsa, ular qo’shiladi.

Masalan: VI=5+1=6, XII=10+2=12, CXV=100+10+5=115

Agar kichik raqam katta raqamdan chapda yozilsa ayriladi.

Masalan: IV=5-1=4 IX=10-1=9 XC=100-10=90

489-topshiriqda quyidagi shart berilgan.

Quyidagi sonlarni rim raqamlardan foydalanib yozing: 23, 37,148, 285, 692, 893, 968.

“Jim o’yini”. O’quvchilar yozib ko’rsatadilar.

23=ХХIII 37=XXXVII 148CXLVIII 285=CCLXXXV

692=DCXCII 893=DCCCXCIII 968=CMLXVIII

O’quvchilar doskaga chiqib yozdilar, izohlaydilar.

490-misolni o’quvchilar doskada bajaradilar.

140+250=390 430+370=800 740-570=170 300+440=740 430-360=70 540-260=280

491-misol O’quvchilarkichik guruhlarga bo’linadi va ularga quyidagi topshiriq beriladi.3,0,7,raqamlaridan foydalanib, mumkin bo’lgan barcha 2 xonali sonlarni yozing.

Bular 30,37,70,73 bu sonlarni rim raqamlarida ifodalang.

Guruhlar topshiriqni bajarib bo’lgan ishlarini taqdimot qiladilar.

492 topshiriqda 2ta cho’pning joylashishini o’zgartirib tenglikni tuzatish berilgan bo’lib bu quyidagicha ikki usulda bajariladi. VII-II=II Javob:VII-I=VI VII-VI=I

Javob:O’quvchilar jacoblarini izohlaydilar Dam olish daqiqasi ekan orqali o’tkaziladi.

IV Yangi Mavzuni mustahkamlash. Arab raqamlarini rim raqamlariga almashtirish bo’yicha trenajyor mashq xat ko’rishishida beriladi.

Post qismda rim raqamlari belgilari: I, V, X beriladi. Xatda berilgan sonlar rim raqamlari bilan almashtiriladi. Xat matni: Qadimgi Rimdagi do’stlarimizga xat.

Assalomu alaykum, qadrli 8-asr bolalar! Sizlarga 21 –asr o’quvchilari xat yozmoqda.Biz 3-sinfda o’qiymiz. Bugun 12-oyning 24-kuni Matematika darsida “Rim raqamlari”mavzusini o’rgandik.

Shart to’g’ri bajarilsa, xat yig’ilib bog’lanadi va uchib ketadi. Ekranda rim raqamlari haqida qiziqarli video ma’lumot beriladi.

Raqamlar sonlarni ifodalaydigan belgilardir. O’rta asrlarda Yevropada Rim raqamlaridan foydalanilgan. Biz foydalanadigan raqamlar arab raqamlari deb yuritilib, asli Hindistonda vujudga kelgan IX asrda biyuk bobokalonimizAl-Xorazmiy tomonidan arab xalifaligida Yaqin va O’rta Sharq, Shimoliy Afrika, Janubiy-G’arbiy Yevropa dunyosiga olib kirilgan.

I, V, X va boshqa raqamlarni yonma-yon yozib, istalgan sonni hosil qilish mumkin. Agar kichik raqam kattasidan keyin kelsa, ular qo’shiladi. VI=5+1=6

Kichik raqam kattasining oldida tursa, u kichik raqam kattasidan ayiriladi. IV=5-1=4

Bu qoida 4ta raqamni yonma-yon yozmaslik uchun ishlatiladi. Masalan: VIIII o’rniga IX yoziladi. Rim raqamlari yordamida yozilgan ko’p xonali sonlar ustida amallar bajarish ancha noqulay bo’lganligi sababli hozirgi kunda rim raqamlari kam ishlatiladi. Ular ko’pincha asrlar , oylar, choraklar va boshqalarni yozishda ishlatiladi: XXI-asr, VII-oy, IV-chorak.

Yana bir ma’lumot sonlar rim raqamlari bilan ifodalansa raqamdan so’ng –inchi qo’shimchasi o’rniga ishlatiladigan chiziqcha yozilmaydi.

Test savollari.

1. Qaysi biri ortiqcha?

a) 8


b) 6

d) 9


e) 4

2. Qaysi biri ortiqcha?



a)

b)


d)

e)





V. Yakuniy qism

Guruhlar rag’batlari hisoblanadi. G’olib guruh aniqlanadi.

Faol o’quvchilar rag’batlantiriladi.



VI. Uyga vazifa berish;

493-494 misollar uyga vazifa qilib beriladi. Ularning shartlari tushuntiriladi.
Download 63.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling