Mavzu: Ritm va ritmika munosabatlari
Reja:
Kirish
1. Ritm tushunchasi. Ritmik bo`lak va ritmik vositalar
2. Badiiy asar ritmikasi
3. Aruz atamasi haqida. Aruzda ritmik bo`laklar: harf, juzv, rukn, bahr. Solim va far'iy bahrlar. Zihof. Aruzda yozilgan shе'r vaznini aniqlash
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
Ritm, ritmika kabi tushunchalar nutqning tashkillanishi va she’riy/nasriy nutqni o’rganish, farqlashda asos bo’ladi. Yunoncha: rhythmos (sorazmernost) teng o’lchovlilik, butkunlik ma’nolariga yaqin keladi. Arab musiqa istilohidagi iyqo – o’zbekchaga zarb, marom deb tarjima etilgan.
Ritm – muayyan harakat yoki holatning ma’lum vaqt birligi ichida takrorlanishi, maromiylikir. Ritm matn biror koponenti takroriga asoslanadi. Tovush takrori, bo’g’in takrori, so’z takrori, sintagma yoki birikma takrori, misra yoki gap takrori, bayt takrori va boshqalar ritmik asosga quriladi.
Ritm asosida takroriylik, nutq birliklarining maromiyligi yotadi, bunda elementlarning bir xilligi asos bo’ladi. SHe’rda ritmika turli elementlarning bir xil pozitsiyadagi takroridir. Bu jarayonda notengliklar tenglashtiriladi, birxilliklarning mohiyatini anglash orqali struktural tahlilga kirishiladi, deb yozadi... Har qanday she’rshunoslikda she’rning ritmik tashkillanishi uning tovush jihatdan qurilishiga bog’liq. Buning grafik shakli (yozuvdagi) va akustik shakli (talaffuzdagi) bor. Qadimgi turk tilidagi matnlarda nisbiy tengbo’g’inlilik bor. Ritmika va turli islomgacha bo’lgan matnlarning tovush qurilishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |