Mavzu: rivojlanish falsafasi. (Falsafa metodlari va kategoriyalari). reja


Download 146.5 Kb.
bet22/25
Sana16.03.2023
Hajmi146.5 Kb.
#1273299
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Bog'liq
7 mavzu. Rivojlanish falsafasi. (Falsafa metodlari va kategoriyalari)

ERKINLIK VA ZARURIYAT ham falsafiy kategoriyalar bo‘lib, ular inson faoliyati bilan tabiat va jamiyat taraqqiyoti qonunlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatni belgilaydi. Dialektikaga ko‘ra, erkinlik zaruriyatdan mustaqil emas, balki undan kelib chiqadi, erkinlik tabiat qonunlarini bilishdan shunga asoslangan imkoniyat doirasida tabiat qonunlarini muayyan maqsad, ehtiyoj manfaatni ko‘zlab amal qilishdan iborat. Erkinlik zaruriyatni istisno etmaydi, balki ob’ektiv zaruriyat talablarni ongli ravishda hisobga olish insonga erkin tarzda ishning ko‘zini bilgan holda harakat qilishi imkonini beradi.Erkinlik insoniyatda birdaniga shakllanmagan. U tarixiy jarayonni boshdan kechirgan.
Chunki u insoniyatning tabiat kuchlarini o‘rganish, ularga ta’sir o‘tkazish, ulardan unumli foydalanish qobiliyati mutanosib ravishda rivojlangan hayvonot olamidan endigina ajralib chiqqan ibtidoiy odamlar hayvonlar singari erkin emas edilar. Ammo sivilizatsiyaga tomon yovvoyilik, vahshiylik bosqichlarida qo‘yilgan har bir qadam ayni zamonda erkinlik tomon qo‘yilgan qadam bo‘lgan. Masalan, olovning hosil etilishi yarim yovvoyi odamga bir marta tabiatdagi ma’lum kuchlar ustidan hukmronlikni bergan, bu bilan uni hayvonlardan ajratgan. Lekin ibtidoiy odamning tabiat kuchlari ustidan hukmronligini birgina o‘zi uning erkinligilan dalolat berolmaydi. Chunki odam tabiiy muhitdagina emas, ijtimoiy muhitda ham yashaydi.
Sistema — narsa va hodisalarning bog‘lanishlari, aloqadorligi va munosabatining tartibli tadrijiy rivojlanishini ifodalaydi.
Struktura esa, narsa hodisalar bog‘lanishi, aloqadorligi va munosabatlari tizimining makon va zamondagi birligini ta’minlaydigan sistemaning mavjudlik holatidir. Umuman, struktura (lotin tilida tuzilish, tartib degan ma’noni anglatib), sistemani tashkil qilgan elementlarning nisbatan turg‘un bog‘lanish, aloqadorligi va munosabatidir. Hozirgi mavjud falsafiy qarashlarda strukturani sistemaning aspekti sifatida qarash ustuvordir. Sistemani tashkil qilgan elementlarning strukturaviy tuzilishi uning mavjudlik holatini hamda rivojlanish istiqbollarini belgilab turadi. Masalan, tabiatdagi atomlarning tarkibiy tuzilishlari xususiyatlariga qarab, moddiy olamning xilma-xil ko‘rinishlari, DNK yoki RNK larning o‘zaro ichki munosabatlari, xromosomalar xilma-xilligi, tirik organizmlar turli-tumanligi aniqlangan. Ular umumlashgan xolda, moddiy olamning ob’ektiv realligi tarzida mavjud bo‘lsa ham, moddiylikning konkret strukturasiga ega bo‘lgan sistemalardir. Borliqni tashkil qilgan elementlarning munosabatlariga, makon va zamon xususiyatlariga qarab, ularni «ichki struktura» va «tashqi struktura» ga ajratish mumkin.
Element sistemani tashkil qilgan strukturaning o‘zaro bog‘lanish, aloqadorlik, munosabat jihatlarini ta’minlaydigan nisbatan mustaqil tarkibiy qismidir. Jamiyatda element ijtimoiy munosabatlarning konkret ko‘rinishlari tarzida namoyon bo‘ladi. Masalan, jamiyatni yaxlit sistema deb oladigan bo‘lsak, undagi element alohida individlar, ijtimoiy qatlamlar, tabaqalarning ongli munosabatlari tarzida ko‘zga tashlanadi. Ya’ni, jamiyatning axloqiy, huquqiy, siyosiy, iqtisodiy va boshqa munosabatlari strukturaviy tuzilishni tashkil qilgan. O‘z navbatida, sistemani to‘laligicha bilish, uning stukturaviy tuzilishidagi har bir elementning funksional faoliyatini alohida tahlil qilishni taqozo etadi.

Download 146.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling