Mavzu: Rivojlanish psixologiyasining metodlari
Download 6.01 Kb.
|
Mavzu Rivojlanish psixologiyasining metodlari-fayllar.org
Mavzu: Rivojlanish psixologiyasining metodlari Nizomiy nomidagi TDPU Pedagogika va Psixologiya fakulteti 306 guruh talabasi Asadova Munisa Mavzu: Rivojlanish psixologiyasining metodlari Reja: 1.Rivojlanish psixologiyasi fanining predmeti. 2. Rivojlanish psixologiyasining tadqiqot metodlari 3. Psixologik tadqiqotni o'tkazishga qo'yiladigan talablar Rivojlanish psixologiyasi – psixologiya fanlarining bir tarmogi bolib, shaxs rivojlanish jarayonining qonuniyatlari va aniq dallillari, yosh xususiyatlari va turli yosh davrlaridagi psixik o'zgarishlar dinamikasini o'rganadi. Rivojlanish psixologiyasining o'rganish obekti – ontogenez jarayonida shakllanuvchi, rivojlanuvchi va o'zgaruvchi sog'lom inson. Rivojlanish psixologiyasi turli yosh davrlarida inson hulq - atvorida yuzaga keluvchi ozgarishlarni kelib chiqish sabablarini aniqlaydi va ularni tavsiflaydi. Rivojlanish psixologiyasining predmeti – inson psixikasining yosh jihatdan taraqqiyoti, psixik jarayonlar hamda inson shaxsi xislatlarining ontogenezini o'rganishdan iborat Rivojlanish psixologiyasi o'z navbatida bir qancha sohalarga bo'linadi. Bular- Bolalar psixologiyasi Kichik maktab yoshidagi o'quvchilar psixologiyasi O'smir psixologiyasi Ilk o'spirinlik yoshi psixologiyasi Katta yoshdagilar psixologiyasi Gerontopsixologiya ( qarilik )psixologiyasi Rivojlanish psixologiyasining tadqiqot metodlari Kuzatish- psixik xususiyatlarni uzoq vaqt davomida, rejali,biror maqsad asosida o'rganish. Rivojlanish psixologiyasida bu metodning obektiv va subektiv kuzatish turlari bor. Inson psixikasidagi o'zgarishlarni kuzatish uchun quyidagilar amalga oshiriladi: Kuzatishning maqsadi, vazifasi belgilanadi -Kuzatiladigan obekt tanlanadi -Sinaluvchining yoshi, jinsi aniqlanadi -Tadqiqot o'tkazish vaqti rejalashtiriladi -Kuzatish qancha davom etishi qatiylashtiriladi -Kuzatish insonning qaysi faoliyatida ( o'yin, o'qish, mehnat, sportda) amalga oshirilishi tavsiya qilinadi Kuzatish- psixik xususiyatlarni uzoq vaqt davomida, rejali,biror maqsad asosida o'rganish. Rivojlanish psixologiyasida bu metodning obektiv va subektiv kuzatish turlari bor. Inson psixikasidagi o'zgarishlarni kuzatish uchun quyidagilar amalga oshiriladi: -Kuzatishning maqsadi, vazifasi belgilanadi -Kuzatiladigan obekt tanlanadi -Sinaluvchining yoshi, jinsi aniqlanadi -Tadqiqot o'tkazish vaqti rejalashtiriladi -Kuzatish qancha davom etishi qatiylashtiriladi -Kuzatish insonning qaysi faoliyatida ( o'yin, o'qish, mehnat, sportda) amalga oshirilishi tavsiya qilinadi Eksperiment metodi- tabiiy va labaratoriya eksperimenti turlariga bo'linadi. Tabiiy eksperiment- ( birinchi marta 1910 yilda A.F.Lazurskiy taklif etgan) moljallanganiga ko'ra, eksperiment o'tkazilayotganini biladigan sinaluvchida hosil boladigan zo'riqishga yo'l qo'ymasligi va tadqiqotni odatdagi, tabiiy sharoitlarga ( dars, suhbat, o'yin, uy vazifalarini bajarish va boshqalar) ko'chirishi lozim. Masalan, materialni yodlashning samaradorligi uni uzoq vaqt xotirada saqlab qolish to'grisidagi ko'rsatmaga bog'liqligini tadqiq qilish tabiiy eksperperimet metodi. Labaratoriya eksperiment- kopincha individual ( goho guruh va jamoa) shaklida sinaluvchilardan yashirmay, maxsus psixologik asboblar, yol- yoriqlar, tavsiyalar, korsatma va ilovalardan foydalanib olib boriladi. Hozir inson psixikasidagi ozgarishlarni aniqlaydigan asboblar, murakkab elektron hisoblash mashinalari, qurilmalar, moslama va jihozlar mavjud. Longityud metodi- boshqa metodlardan farqi bir yoki bir nechta sinaluvchilar uzoq muddat, hatto o'n yillab tekshiriladilar. Longityud metodidan nemis psixologi V. Shtern, fransuz psixologi R.Zazzo, rus psixologlari N.A.Menchinskaya, V.S.Muxina, ozbek psixologi E.Goziev va boshqalar ko'p yillardan beri foydalanmoqdalar. Mazkur metod orqali bir xil jinsli ( Hasan-Husan, Fotima-Zuhra yoki aralash jinsli Hasan- Zuhra, Fotima-Husan) egizaklar kuzatiladi Test metodi- Testinglizcha so'z bolib sinash tekshirish demakdir. Shaxsning aqliy o'sishini, qobiliyatini, irodaviy sifatlari va boshqa psixik xususiyatlarini tekshirishda qollaniladigan qisqa standart masala, topshiriq test deb ataladi. Test ayniqsa, odamning qanday kasbni egallashi mumkinligi, kasbga yaroqliligi yoki yaroqsizligini, istedodlilar va aqli zaiflarni aniqlashda keng qo'llaniladi yildan fransuz psixologi A.Bine va uning shogirdi A.Simon insonning aqliy o'sishi va istedod darajalarini o'lchash imkoniyati borligi g'oyasini ilgari surgan. Sosiometrik metod- bu metod kichik guruh azolari o'rtasidagi bevosita emosional munosabatlarni o'rganish va ularning darajasini o'lchashda qo'llaniladi. Bunda Amerikalik sosiolog Dj.Moreno asos solgan. Mazkur metod yordamida muayyan guruh azolarining bir-birlari bilan munosabatini aniqlash uchun uning qaysi faoliyatda kim bilan birga qatnashishi so'raladi. Olingan malumotlar matrisa, grafik, sxema, jadval shaklida ifodalanadi. Ulardagi miqdor korsatkichlar guruhdagi kishilarning shaxslararo munosabatlari to'grisida tasavvur bòladi. Adabiyotlar 1. E.G'oziey Yosh davrlari psixologiyasi Toshkent 2. E.G'oziey Ontogenez Toshkent Z.T.Nishonova, N.G.Kamilova, 3. D.U.Abdullaeva, M.X.Xolnazarov Rivojlanish psixologiyasi. 4.Pedagogik psixologiya Toshkent F.I.Xaydarov, N.I.Xalilova Umumiy psixologiya Toshkent 2010 TDPU nashriyoti, 2010 y 5. Z.T.Nishonova, D.Qarshieva, N.Atabaeva, Z.Qurbonova Psixodiognostika va eksperimental psixologiya Toshkent Z.T.Nishonova, G.Alimova Bolalar psixologiyasi va uni oqitish metodikasi 6. SH.A.Dostmuhamedova, Z.T.Nishonova, S.X.Jalilova, SH.T.Karimova, SH.T.Alimbaeva Yosh davrlari va pedagogik psixologiya Toshkent-2013 http://fayllar.org Download 6.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling