Mavzu: Rivojlanish,Strategiya, Innovatsion rivojlanish tushunchalarining mazmun mohiyati va yondashuv
Download 32.1 Kb.
|
ibrohimova sevinch
Mamlakatimizda Prezidentimiz SHavkat Mirziyoevning bevosita tashabbusi va rahbarligida qabul qilingan hamda izchil amalga oshirilayotgan O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi taraqqiyotning yangi bosqichini boshlab berdi. Bu jarayonning amaliy natijalari, belgi va xususiyatlari bugungi kunda hayotimizning barcha jabhalarida, eng muhimi, xalqimizning ongu tafakkuri, intilish va harakatlarida yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. SHu ma’noda, Harakatlar strategiyasi O‘zbekistonni tez sur’atlar bilan o‘zgarayotgan zamon talablari asosida jadal rivojlantirishning ilmiy-nazariy, amaliy-konstruktiv asoslarini belgilab beradigan, tarakqqiyotning yangi davri uchun muljallangan muhim dasturilamaldir, desak, ayni haqiqat bo‘ladi.
Harakatlar strategiyasi odamlarni ochiqlik, oshkoralik, shaffoflik muhitida yashash va ishlashga da’vat etmoqda. Har bir soha faoliyati ulkan ta’sir kuchiga ega bo‘lgan, fuqarolik jamiyatining ajralmas bir qismi bo‘lgan jamoatchilik nazorati ostida rivojlanishi zarurligini kun tartibiga qo‘ymoqda. Bunday muhitda insonning davlat, jamiyat va o‘zi oldida mas’uliyatni to‘la xis etib yashashi, so‘zi bilan ishi bir bo‘lishiga rioya etish fazilatlari asosiy mezon sifatida namoyon bo‘ladi. Harakatlar strategiyasi O‘zbekistonda huquqiy demokratik asosdagi xalq davlatini barpo etish yo‘lini har tomonlama asoslab beradigan hujjat xisoblanadi
Download 32.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling