Davlat dasturining ikkinchi yo‘nalishi qonun ustuvorligini va sudning chinakam mustaqilligini ta’minlash chora-tadbirlarini nazarda tutadi. Jumladan, qarorlar qabul qilishda sudlar mustaqilligini ta’minlashi kerak bo‘lgan Oliy sud kengashini tuzish, professional sudyalar korpusini shakllantirish, sudyalarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish rejalashtirilmoqda. - Davlat dasturining ikkinchi yo‘nalishi qonun ustuvorligini va sudning chinakam mustaqilligini ta’minlash chora-tadbirlarini nazarda tutadi. Jumladan, qarorlar qabul qilishda sudlar mustaqilligini ta’minlashi kerak bo‘lgan Oliy sud kengashini tuzish, professional sudyalar korpusini shakllantirish, sudyalarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish rejalashtirilmoqda.
- Yurtimizda sud-huquq tizimini demokratlashtirish, sudlar tomonidan fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasidagi vazifalar umume’tirof etilgan normalar asosida takomillashib bormoqda. Mamlakatimizni demokratik yangilashning bugungi bosqichdagi eng muhim yo‘nalishlaridan biri – qonun ustuvorligi va qonuniylikni mustahkamlash, shaxs huquqi va manfaatlarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan sud-huquq tizimini izchil demokratlashtirish va liberallashtirish. O‘tgan davr mobaynida sud-huquq tizimini isloh qilish va jinoyat qonunchiligini liberallashtirish borasida amalga oshirilgan islohotlar izchilligini quyidagi bosqichlarga ajratish mumkin:
Birinchi bosqich, 1991-2000 yillarni o‘z ichiga olib, bu davrda, yangi davlat va jamiyat barpo etishning oqilona strategiyasi ishlab chiqildi. Sud hokimiyatining mustaqilligini ta’minlashning huquqiy asoslari yaratilib, mamlakatimiz tarixida ilk bor Konstitutsiyaviy sud qaror topib, yangi mazmundagi umumiy yurisdiksiya sudlari, xo‘jalik sudlari joriy etildi. “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonun, Jinoyat kodeksi, Jinoyat-protsessual kodeksi, odil sudlovga oid boshqa qonunchilik bazasi vujudga keldi. Fuqarolarning sud himoyasiga bo‘lgan konstitutsiyaviy huquqlari kafolatlandi. 2000-yil 14-dekabrda “Sudlar to‘g’risida”gi Qonunning yangi tahrirda qabul qilinishi protsessual qonunchilikka sudlarda ish yuritishda tortishuvchilik prinsipini ta’minlash va amalga oshirish, jinoyat va fuqarolik tartibidagi ishlarni ko‘rishning barcha bosqichlarida prokuror hamda advokatning tengligini ta’minlash, odil sudlovni sifatli va tezkor amalga oshirish, sud qarorlari adolatliligini ta’minlash, yuqori turuvchi sudlarni yakuniy qaror qabul qilishda mas’uliyatini kuchaytirishga qaratilgan qator o‘zgartish hamda qo‘shimchalar kiritilishini belgilab berdi. Shu maqsadda ishlarni apellyasiya bosqichida ko‘rish tartibi joriy etilib, kassatsiya instansiyasi isloh qilindi. Natijada fuqarolik va jinoyat sudlarida birinchi instansiya va tergov organi tomonidan yo‘l qo‘yilgan xato kamchiliklarni tez hamda samarali ravishda bartaraf etish imkoniyati yuzaga keldi. - Birinchi bosqich, 1991-2000 yillarni o‘z ichiga olib, bu davrda, yangi davlat va jamiyat barpo etishning oqilona strategiyasi ishlab chiqildi. Sud hokimiyatining mustaqilligini ta’minlashning huquqiy asoslari yaratilib, mamlakatimiz tarixida ilk bor Konstitutsiyaviy sud qaror topib, yangi mazmundagi umumiy yurisdiksiya sudlari, xo‘jalik sudlari joriy etildi. “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonun, Jinoyat kodeksi, Jinoyat-protsessual kodeksi, odil sudlovga oid boshqa qonunchilik bazasi vujudga keldi. Fuqarolarning sud himoyasiga bo‘lgan konstitutsiyaviy huquqlari kafolatlandi. 2000-yil 14-dekabrda “Sudlar to‘g’risida”gi Qonunning yangi tahrirda qabul qilinishi protsessual qonunchilikka sudlarda ish yuritishda tortishuvchilik prinsipini ta’minlash va amalga oshirish, jinoyat va fuqarolik tartibidagi ishlarni ko‘rishning barcha bosqichlarida prokuror hamda advokatning tengligini ta’minlash, odil sudlovni sifatli va tezkor amalga oshirish, sud qarorlari adolatliligini ta’minlash, yuqori turuvchi sudlarni yakuniy qaror qabul qilishda mas’uliyatini kuchaytirishga qaratilgan qator o‘zgartish hamda qo‘shimchalar kiritilishini belgilab berdi. Shu maqsadda ishlarni apellyasiya bosqichida ko‘rish tartibi joriy etilib, kassatsiya instansiyasi isloh qilindi. Natijada fuqarolik va jinoyat sudlarida birinchi instansiya va tergov organi tomonidan yo‘l qo‘yilgan xato kamchiliklarni tez hamda samarali ravishda bartaraf etish imkoniyati yuzaga keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |