Mavzu: Rossiya imperiyasining O’rta Osiyoni bosib olishi uchun bosqinchilik harakatlarining boshlanishi


Download 16.57 Kb.
Sana19.04.2023
Hajmi16.57 Kb.
#1367471
Bog'liq
3---LABARATORIYA GA


3-labaratoriya ishi.

Sinf_ Sana­_

Mavzu: Rossiya imperiyasining O’rta Osiyoni bosib olishi uchun bosqinchilik harakatlarining boshlanishi.
Dars maqsadi:O’quvchilarga mavzu bo’yicha tushuncha berish.

Ta’limiy maqsad:Rossiya imperiyasining O’rta Osiyoga bosqinni haqida malumot berish.


Tarbiyaviy maqsad:Mavzu bilan birgalikda Rossiya imperiyasi bosqiniga sabab bo’lgan omillarni tahlil qilish , yo’l qo’yilgan xatolarni o’rganish.
Rivojlantiruvchi maqsadi:O’quvchilarda o’sha davr xonliklardagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat haqida , xonliklarning birlasha olmaganini to’liq yoritib berish.
Darsning jihozlari: Darslik , : darslik, proektor, komputer bilan jihozlangan auditoriya.
DARSDA QO’LLANILADIGAN METOD:Muomoli vaziyatlarni yechish, Yo’nalish berish , FSMU, Interfaol savol- javob tarzida.
DARSNING BORISHI: ( darsga ajratilgan vaqt 45 minut)
Tashkiliy qism: (3 minut)

  1. Sinfni darsga tayyorlash.

  2. O’quvchilarni davomatini tekshirish.

c)Ko’rgazmali qurol va jihozlarni darsga hozirlash.
UYGA VAZIFALARNI SO’RASH VA TEKSHIRISH: ( 12MINUT)

  1. Rossiya imperiyasi bosqini bosqichlari va kimlar rahbarligida bo’lgan.

  2. Rossiya imperiyasi bosib olgan hududlarda tuzgan mamuriy , tashkil qilingan viloyatlar haqida sozlang.

  3. Turkiston general gubernatorligi tuzilishi va uning tarkibiga kirgan hududlar tog’risida malumot bering.

Yangi mavzuni bayoni (20 minut) .


O’rta Osiyoning Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi to’rt bosqichda amalga oshirildi. Birinchi bosqich -1847-1865-yillarda Rossiya imperiyasi tomonidan Qo’qon xonligining shimoliy-g’arbiy viloyatlari va Toshkent shahri istilo qilindi. Istilo etilgan hududlarda Orenburg general-gubernatorligi tarkibiga kiruvchi Turrkiston viloyati tashkil qilindi .
Ikkinchi bosqich -1865-1868-yillarni qamrab olgan bo’lib, bunda Qo’qon xonligi va Buxoro amirligiga qarshi istilochilik harakatlari amalga oshirildi.
Uchinchi bosqich -1873-1879- yillar davomida Xiva va Qo’qon xonligi yerlarini bosib olish dan iborat bo’ldi.
To’rtinchi bosqich -1880-1885-yillarda turkmanlarning bo’ysundirilishi edi. SHunday qilib 1864-1885-yillarda -20 yildan ortiq vaqt davomida Rosssiya imperiyasining uzoq davom etgan harbiy tayyorgarligi natijasida bosqinchilik urushlari olib bordi . O’rta Osiyo xonliklari hududining katta qismi bosib olinib , mustamlaka ga aylantirildi.Turkiston general-gubernatorligi Turkiston viloyati va Semipalatinsk viloyatining janubiy qismini ham o’z ichiga olgan . Dastlab Turkiston general-gubernatorligi mamuriy jihatdan ikki viloyat: Sirdaryo va Yettisuv viloyatlariga bo’lingan. 1868-yil da Buxoro amirligiga qarashli yerlarda Zarafshon okrugi (markazi –Samarqand),1873- yilda Xiva xonligiga qarashli hududlarda Amudaryo bo’limi (markazi-Petro-Aleksandrovskhozirgi To’rtko’l) va 1867 –yilda Farg’ona viloyati (markazi Yangi Marg’ilon, keyinchalik Skobelov –hozirgi Farg’ona shahri ) 1881-yil da Kaspiyorti viloyati (markazi-Ashxobod shahri ) tashkil qilingan.

Darsni yakunlash (3 minut)


O’tilgan mavzu yuzasudan o’quvchilar bilim, malaka ko’nikmalariga (DTS asosida) qarab baholash.Dars jarayonida o’z fikrlarini erkin aytaolgan va yaxshi qatnashgan o’quvchilarni rag’batlantirish.
Uyga vazifa berish.

  1. Rossiya imperiyasi bosqini haqida bildirilgan fikrlarni mustaqil o’qib o’rganish .

  2. ‘T-sxemasi ‘’ metodi qanday shartlar asosida qo’llanishi o’qish va Rossiya bosqining salbiy ,ijobiy tomo larine yozib kelish..

C) Rossiya imperiyasi bosqinining nega oldini olib bo’lmadi mavzusida Sinf baxsiga tayyorlanib kelish.
Download 16.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling