Mavzu: Rostgo'y bola. (Ertak)


Download 83.66 Kb.
bet1/2
Sana02.06.2024
Hajmi83.66 Kb.
#1839992
  1   2
Bog'liq
ukish 1 sinf rostguj bola


Aim.Uz

Darsning texnologik xaritasi



Mavzu: Rostgo'y bola. (Ertak)

Mavzuga doir tayanch tushunchalar: Qadimda, podshoh, farzand, vazir, maslahat, gul urug'i, chiroyli gul, farzand, gulsiz tuvak.
Soatlar soni: 1 soat.

Mavzuning qisqacha ta'rifi: Qadimda bir befarzand podshoh bo'lgan ekan. U vazirning maslahati bilan farzand asrab olmoqchi bo'ibdi, bolalarga gul urug'i tarqattiribdi va kimning guli chiroyli bo'lsa o'shani farzand qilib olishini aytibdi. Oradan vaqt o'tib podshoh gul o'stirgan bolalarni ko'rish niyatida shahar aylanibdi. Bir ko'chada gulsiz tuvak ushlab turgan bolani uchratibdi. Bola gul urug'i o'smaganini aytibdi. Podshoh rost gapirgani uchun shu bolani farzandlikka olibdi. Chunki podshoh gul urug'larini qaynattirgan ekan

O'quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi:

Metod: Suhbat, tushuntirish, ifodali o'qish, munozara.
Shakl: Jamoa, guruh bilan ishlash.
Jihoz: Boshqotirma, test, matnga ishlangan rasm, darslik.
Nazorat: O'quvchilarning darsda faolligi kuzatilib, hisobga olib boriladi.
Baholash: O'quvchilar reytingi dars oxirida e'lon qilinadi

Darsning maqsad va vazifalari

Maqsadlar:
Ta'limiy: To'g'ri, ravon va ifodali o'qishga o'rgatish.
Tarbiyaviy: O'quvchilarni rost so'zlashga o'rgatish.
Rivojlantiruvchi: O'quvchilarning to'g'ri, ravon, ifodali o'qish malakalarini rivоjlantirish.

Kutilayotgan natija

Dars yakunida o'quvchilarnmg to'g'ri, ifodali va tez o'qish malakalari takomillashadi, insonlararo muomala odobini o'rganadilar

Dars jarayoni va texnologiyasi

Ishning nomi

Bajariladigan ish mazmuni

Metod

Vaqt

1-bosqich Tashkiliy qism

O'quvchilar davomati aniqlanadi. Sinfning darsga tayyorligi tekshiriladi.

Suhbat

2 daqiqa

2-bosqich (Refleksiya)
ehtiyojlarni aniqlash

Dars davomida rioya qilish lozim bo'Igan qoidalar belgilanadi.
Dars shiori: Оz-оz o’rganib dоnо bo’lur

Munozara

2 daqiqa

3-bosqich darsning
borishi.

1. O’tgan dars yuzasidan suhbat o'tkaziladi va o'quvchilarning o'qish malakalari tekshiriladi.
2. Yangi mavzuni o'tishga tayyorgarlik. Rostgo'ylikning ahamiyati tushuntiriladi.
3. O’qituvchi hikoyani ifodali o'qib beradi. Matnning mazmuni tushuntiriladi.
4. Lug'at ustida ishlanadi.
5. Matn o'quvchilarga o'qitiladi, mazmuni so'raladi.
6. Maqol o'qitilib, mazmuni tushuntiriladi.
7. Topishmoq aytish musobaqasi uyushtiriladi.

Ifodali
o'qish
Ifodali o'qish
tushun-tirish
Ifodali o'qish Tushun-tirish ifodali o'qish

7 daqiqa
3 daqiqa 7 daqiqa
2 daqiqa 7 daqiqa
4 daqiqa 5 daqiqa

4-bosqich mustah-
kamlash

Boshqotirma yechiladi va darslikdagi savollar asosida dars umumlashtiriladi.

Suhbat

3 daqiqa

5-bosqich Baholash Darsni
yakunlash

O'quvchilarning darsda ishtiroki hisobga olinib, reytinggi e'lon qilinadi va dars yakunlanadi.




2 daqiqa

6-bosqich

Ertakni o'qish, rostgo'ylik haqidagi maqollarni yod olib kelish uyga beriladi.

tushun-tirish

1 daqiqa

Darsning borishi.


1. O'tgan dars yuzasidan suhbat o'tkaziladi. O'quvchilarning
o'qish malakalari tekshirilib ko'riladi. Boshqotirma, testlar vositasida o'quvchilar bilimi tekshiriladi.
2. Yangi mavzuni o'tishga tayyorgarlik. Oldingi darslardagi kabi
mavzu yuzasidan suhbat o'tkaziladi. Rostgo'ylikning ahamiyati tushuntiriladi

Download 83.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling