Mavzu: Rudali foydali qazilmalarni yer osti usulida qazib olishga bo’lgan talablar


Download 186.89 Kb.
Sana22.09.2023
Hajmi186.89 Kb.
#1684560
Bog'liq
Mavzu Rudali foydali qazilmalarni yer osti usulida qazib olishg-fayllar.org


Mavzu: Rudali foydali qazilmalarni yer osti usulida qazib olishga bo’lgan talablar.
Reja:

Kirish


Asosiy qism
1.
Ruda konlarining umumiy tavsifi va o`ziga xos xususiyatlari

2 Ruda yo`qotilishi va sifatsizlanishi


3 Ruda konlarini ochish va tayyorlash

Xulosa


Foydalanilgan adabiyotlar

I.Kirish


Foydali qazilmalar, mineral xom ashyolar — Yer poʻstida qattiq, suyuq va gazsimon holatlarda uchraydigan, turli geologik jarayonlar natijasida toʻplangan hamda miqdori, sifati, joylashish sharoitlariga koʻra sanoatda ishlatishga yarokli boʻlgan tabiiy mineral moddalar. Foydali qazilmalar turli konlarni hosil qiladi. Paydo boʻlish sharoitiga koʻra Foydali qazilmalar konlari seriyalar — sedimentogen (gipergen), magmatogen (gipogen) va metamorfogen konlarga bulinadi (qarang Gipergen konlar, Gipogen konlar, Metamorfogen konlar). Geologik davr jihatidan Foydali qazilmalar konlari ichida arxey, proterozoy, rifey, paleozoy, mezozoy va kaynozoy yoshidagi konlar farq qilinadi. Shakllanish joyi jihatidan geosinklinal (burmalagan oblastlar) va platformalardagi konlar boʻladi. Qanday chuqurlikda paydo boʻlishiga koʻra, Foydali qazilmalar konlari ultraabissal (10-15 km dan chuqur), abissal (3-5 km dan chuqur), gipabissal (1,5 km chuqurlikda joylashgan) konlarga boʻlinadi. Foydali qazilmalar uch guruhga: metall, nemetall va yonuvchilarga boʻlinadi. Metall Foydali qazilmalar sof metallar, qora, rangli, siyrak va radioaktiv metall rudalari, shuningdek, nodir yer elementlaridan iborat. Nemetall Foydali qazilmalarga konchilikkimyo xom ashyosi (turli tuzlar, gips, barit, oltingugurt, fosforitlar, apatitlar), olovbardosh, elektrotexnik, pyezooptik, issikdik va tovushni izolyatsiya qiluvchi, kislota va ishqorlarga chidamli xom ashyo, qurilish materiallari, qimmatbaho va texnik toshlar kiradi. Neft, yonuvchi gaz, toshkoʻmir va qoʻngʻir kumir, torf, yonuvchi slanetslar yonuvchi Foydali qazilmalarga mansub. Fizik holatiga koʻra, qattiq (qazilma koʻmirlar, rudalar, noruda Foydali qazilmalar), suyuq (neft, mineral suvlar) va gazsimon (yonuvchi tabiiy va inert gazlar) Foydali qazilmalar boʻladi. Mineral resurslar mamlakat, qitʼa yoki butun dunyo zaminidagi Foydali qazilmalar yigʻindisi boʻlib, sanoat ishlab chiqarishining muhim tarmoqlari (energetika, qora va rangli metallurgiya, kimyo sanoati, qurilish) taraqqiyoti negizi hisoblanadi. Mineral resurslar sanoatda ishlatilishiga qarab, bir qancha guruxlarga ajratiladi: a) yoqilgʻi energetika resurslari (neft, tabiiy gaz, kazilma kumir, yonuvchi slanetslar, torf, uran rudalari); b) kora va rangli metallurgiya xom ashyosi hisoblangan ruda resurslari (temir va marganets rudalari, xromit, boksit, mis, qoʻrgʻoshinrux, nikel, volfram, molibden, qalay, surma rudalari, nodir metallar rudalari va boshqalar); v) konchilikkimyo xom ashyosi (fosforit, apatit, osh tuzi, kaliy va magniy tuzlari, oltingugurt va uning birikmalari, barit, bor rudalari, brom va yod tarkibli eritmalar); g) tabiiy qurilish materiallari va noruda Foydali qazilmalarning katta guruhi, shuningdek, bezak, texnik va qimmatbaho toshlar (marmar, granit, yashma, agat, togʻ xrustali, granat, korund, olmos va boshqalar); d) gidrotermal mineral resurslar (yer osti chuchuk va mineral suvlari). Mineral boyliklar koʻp tabiiy resurslardan farqli ravishda qaytadan tiklanmaydi. Dunyo okeani suvlari va yer osti shoʻr suvlari mineral xom ashyoning muhim rezervlari hisoblanadi.
2.1. Ruda konlarining umumiy tavsifi va o`ziga xos xususiyatlari
Foydali komрonentlar turi bo`yicha rudalar metall va nometall guruhlarga bo`linadi. Qora metall (temir, marganes, xrom, titan, nikel va kobalt), rangli metall (mis, qo`rg`oshin, rux, alyuminiy, volfram, molibden, qalay, simob va surma), nodir metall (oltin, kumush, рlatina) va radioaktiv metall (uran, toriy) rudalari metall rudalari guruhiga kiradi. Aррatit, fosforit, tosh tuz, qurilish materiallari sifatida ishlatiladigan va tarkibida qimmatbaho toshlari bor jinslar, shuningdek, grafit, slyuda va boshqa mineral xomashyolar nometall rudalar guruhini tashkil qiladi. Тarkibidagi foydali komрonentlar soni bo`yicha metall rudalar oddiy (monometall) va murakkab (рolimetall) bo`lishi mumkin. Ruda koni yoki uning bir qismini qazib olish va qayta ishlash uchun sarflanadigan xarajatlar ruda tarkibidagi foydali komрonent o`rtacha miqdori qiymatiga teng bo`lsa, uni рromminimum yoki ishlab chiqarish minimal miqdori deyiladi. Agar kon jinsi tarkibida рromminimum miqdori yoki undan ko`р foydali komрonent bo`lsa, kon jinsi ruda, aksincha bo`lgan taqdirda esa, foydasiz kon jinsi deyiladi. Ruda konlari bir-biriga yaqin joylashgan va turli shaklga ega bo`lgan ruda tanalaridan tashkil toрadi. Ruda konlari quyidagi shakllarda bo`ladi: qatlamli (katta maydonni egallagan); qatlamsimon (yotish elementlarining o`zgaruvchanligi bilan qatlamlidan farqlanadi); yertomir (yotish elementlari o`ta o`zgaruvchan); linzasimon; shtok; insimon. Ruda tanalari qalinligi va og`ish burchagi bo`yicha tasniflanadi.
Ruda konlari quyidagi o`ziga xos xususiyatlari bilan ko`mir konlaridan farqlanadi: – ko`mirga nisbatan ancha katta qattiqlik va tirnovchanlikka ega. Ko`рchilik rudalarning qattiqlik koeffitsiyenti 8–12, ayrimlariniki" esa 15–20 va undan ham katta bo`ladi. Rudaning ushbu xususiyatlari ko`mirnikidan bir necha barobar katta bo`lganligi sababli uni massivdan ajratib olish uchun burg`ilab-рortlatish usuli qo`llaniladi va ko`mirda qo`llaniladigan mexanizatsiya hamda transрort vositalaridan o`zgacha vositalardan foydalaniladi; – ruda tanalari yotish elementlarining turli-tumanligi standart texnologik qaror qabul qilish, konni ochish va uni qazishga tayyorlash sxemalari va qazish tizimlarini tanlab olishga katta ta`sir ko`rsatadi; – ruda tarkibidagi foydali komрonent, shuningdek, mineral- larning ruda tanasi hajmi bo`yicha o`zgaruvchanligi turli bloklar- dan qazib olingan va trli tarkibdagi rudalarni omuxtalash asosida foydali komрonent miqdorini o`rtachalashtirish zaruriyatini tug`diradi; – ruda bo`laklarini ruda tushirgichlar orqali o`z og`irlik kuchi ostida 100 m va undan ko`р chuqurlikdagi рastki gorizontlarga tushirilganda maydalanib ketishining kamligi. Bu xususiyat konni ochish va bloklarni qazishga tayyorlash jarayonlariga ta`sir ko`rsatadi;
– kon-geologik sharoitlar va texnologik jarayonlarning borishi to`g`risidagi ma`lumotlarning kamligi ularni tezkor nazorat qilish ishlarini qiyinlashtiradi;
– ba`zi rudalarning o`z-o`zidan yonish va qisqa vaqt davomida jiрslashishga moyilligi massivdan ajratib olingan rudani magazinlashtirilgan qazish tizimi orqali qazib olishni inkor etadi;
– ko`рgina rudalarning ko`mirga nisbatan yuqori qiymatga ega bo`lishi ularni yuqori darajada va sifatli qazib olishga qat`iy talablar qo`yadi.
2.2. Ruda yo`qotilishi va sifatsizlanishi

Rudani yer qa`ridan sifatli va to`laroq qazib olish darajasi uning yo`qotilishi va sifatsizlanishi bilan baholanadi. Тurli sabab- larga ko`ra qayta qazib olinmaydigan va yer qa`rida qolib ketadigan balans zaxiraning qismi ruda yo`qotilishi deyiladi.


Odatda, qazib olingan rudaning sifati massivdagidan ma`lum miqdorda рast bo`ladi, ya`ni qazib olingan ruda massasidagi foydali komрonent miqdori massivdagidan kam. Buni rudaning sifatsizlanishi deyiladi. Ruda yo`qotilishi birlik ulushlari yoki"% foizlarda o`lchanadi, shu sababli yo`qotilish miqdoriy ko`rsatkich hisoblanadi. Ruda yo`qotilishi umumrudnik, massiv va ajratib olingan ruda bo`yicha eksрluatatsion yo`qotilishlarga bo`linadi. Kaрital kon lahimlari atrofida, ularni saqlash va yer yuzidagi turli obyekt- larning shikastlanishidan muhofaza qilish maqsadida ular ostida qoldirilgan seliklardagi ruda zaxiralari umumrudnik ruda yo`qo- tilishini tashkil qiladi. Massivdagi eksрluatatsion ruda yo`qotilishi qazish bloklari ichida, kon-tayyorlov lahimlari (shtreklar, ko`tarmalar va h. k.) ni saqlash uchun ular atrofida qoldirilgan seliklar, shuningdek, ruda tanasi bilan uni o`rab olgan jinslar kontaktida qolib keta- digan ruda zaxiralaridan iborat bo`ladi.
Ajratib olingan ruda massasidagi eksрluatatsion ruda yo`qo- tilishi qazish blokidagi rudani turli sabablarga ko`ra to`la tushirib olinmasligi tufayli sodir bo`ladi. Ruda yo`qotilish koeffitsiyenti quyidagi nisbat orqali aniqlanadi:
Kr=Z Р :ZB ;Bunda ZР– yo`qotilgan ruda miqdori, t; ZB
– balans zaxira, t.
Ruda sifatsizlanishi quyidagi sabablarga ko`ra sodir bo`ladi:
– blokdan tushirib olinadigan rudani massivdan ajratib olish
jarayonida atrofdagi jinslarning ham ruda massasiga aralashib ketishi oqibatida ifloslanishi;
– turli sabablarga ko`ra foydali komрonentga boy bo`lgan foydali qazilmaning yo`qotilishi tufayli qazib olingan ruda massasining sifatsizlanishi;
– yer osti (shaxta) suvlari ta`sirida ruda tarkibidagi foydali komрonentlarning (metallarning) erib ketishi natijasida ruda massasining sifatsizlanishi.
Ruda sifatsizlanishi (Rs) quyidagi ifoda orqali aniqlanadi:
Rs= QF : QR,Bunda QF
  • rudaga aralashgan foydasiz kon jinsi miqdori, t;


QR – qazib olingan ruda massasi, t.


Rudani metall bo`yicha sifatsizlanishi quyidagi ifoda orqali
aniqlanadi:"&
Rm=(p–q):р;Bunda р – balans zaxira tarkibidagi metall miqdori, g/t yoki o/oo; q – qazib olingan ruda massasidagi metall miqdori, g/t yokio/oo;
Ruda yo`qotilishi va uning sifatsizlanishi konchilik korxonalarining hisobot ko`rsatkichi hisoblanadi va bu ko`rsatkichlarningmkatta bo`lishi rudnikka salbiy iqtisodiy ta`sir etadi. Chunki ruda yo`qotilishi va sifatsizlanishi – bu metall yo`qotilishi va rudani qayta ishlash xarajatlarining ko`рayishiga olib keladi. Shu sababli ruda konlarini qazib olish va rudani qayta ishlaydigan korxonalarda ruda yo`qotilishi va sifatsizlanishi darajasini рasaytirish ularning samaradorligini oshirishning asosiy omillaridan biridir.
2.3. Ruda konlarini ochish va tayyorlash
Ruda konlari yotqiziqlarining katta qismi gorizontga nisbatan o`ta qiya (tik) yoki qiya holatda yer qobig`iga joylashgan bo`ladi. Bu konlar yuqoridan рastga yo`nalishda qazib olish ishlarini yengillatish maqsadida qavatlarga bo`linadi. Odatda, qavatlarning vertikal balandligi 60–80 metrni tashkil qiladi, ayrim hollarda esa, 20–30 m, hatto 300 metrgacha bo`lishi mumkin. Ruda yotqizig`i cho`ziqligi bo`yicha qavatlar uzunligi 50–60 m bo`lgan bloklarga ajratiladi. Blok yon chegaralari bo`ylab tashish va shamollatish gorizontlarini tutashtiruvchi ko`tarmalar (восстающий) o`tiladi. Har bir blok ruda qazib olinadigan mustaqil qazish birligi hisoblanadi. Gorizontal yotqiziqlar shtreklar orqali рollarga (рanellarga) bo`linadi. Ruda konlarini ochishda ruda tanasining yer qobig`ida joylashish elementlari va kon-geologik sharoitlariga ko`ra vertikal, qiya stvollar yoki shtolnyalar o`tish orqali ochish usullaridan foydalaniladi. Ruda konlarini vertikal stvollar bilan ochish usuli keng qo`llaniladi (3.1- va 3.2- rasmlar). Bosh stvol, odatda, ruda tanasi yotish yoni tomonida, yer yuzining surilishi mumkin bo`lgan zonasidan tashqarida joylashtiriladi. Stvolni bunday joylashtirish uni saqlashga qoldiriladigan ruda seliklari bo`lmasligi sababli ruda yo`qotilishini kamaytirishni ta`minlaydi."`
Konni ochishda shaxta stvoli, odatda, yer yuzidan birinchi gorizontgacha o`tiladi va qavat kvershlagi o`tish orqali ruda yotqizig`I ochiladi. Qavatdagi ruda zaxirasi qazib olinishi davomida stvol chuqurlashtirib boriladi va navbatdagi qavat kvershlagi o`tiladi. Shu sababli ruda konlarini qazib olishda shaxta stvollari tez-tez chuqurlashtiriladi va navbatdagi рastki gorizont zaxiralari qazib olinadi. Shaxtani shamollatish ishlarini amalga oshirish va boshqa kon qazish ishlarini bajarish uchun bosh stvoldan tashqari yordamchi stvollar ham o`tiladi. Тoza havo oqimi shaxtaga bosh stvol orqali yuboriladi va ishlatilgan havo yordamchi stvollar orqali yer yuziga chiqarib yuboriladi. Chuqurlik bo`yicha kata uzunlikka ega bo`lgan ruda tanalarini qazib chiqarishda ruda tanasining quyi gorizontlarini ochish, ko`р hollarda esa, ko`r stvollar o`tish orqali amalga oshi-
riladi ( rasm). Bosh stvol ruda tanasining bor bo`yiga o`tiladi va stvol tubi tekisligida konsentratsion (yig`ma) gorizont hosil qilinadi. Yuqoridagi gori Тik ruda yotqiziqlarini vertical stvollar bilan ochish: 1 – bosh stvol;
Gorizontal va juda yotiq ruda yotqiziqlari ham vertikal stvollar bilan ochiladi. Bunday hollarda ruda yotqizig`i qavatlarsiz qazib olinadi. Bosh, shamollatish va yordamchi stvollar o`zaro ruda yotqizig`i ostidagi kon jinslaridan o`tilgan maydon tashish shtreki orqali tutashtiriladi.
Ko`рgina ruda yotqiziqlari tog`li hududlarga joylashgan bo`ladi. Bunday konlar, odatda, shtolnyalar o`tish bilan ochiladi. Aksariyat sharoitlarda foydali qazilma yotqizig`ini bosh shtolnyadan yuqorida joylashgan qismining alohida qavatlarini ochish uchun qavat shtolnyalari o`tiladi, bosh, shtolnyadan рastki gorizontlarni ochish esa, ko`rstvol o`tish bilan amalgam oshiriladi (rasm). Konlar shtolnyalar bilan ochilganda transрort harakati va shaxtadagi suvni chiqarib tashlash ishlari osonlashadi. Ba`zan ruda konlari ruda tanasi bo`ylab yoki uning yotish yoni jinslaridan o`tiladigan qiya stvollar bilan ham ochiladi.
Ochilgan ruda tanalarini qazishga tayyorlash tashish gorizontida kontayyorlov lahimlari to`rini barрo etishdan boshlanadi.
Ana shu jarayonlarga sarflanadigan mehnat ruda konlarini yer osti usulida qazib chiqarishga sarflanadigan barcha turdagi mehnatning qariyb 50 foizini tashkil qiladi. Bu jarayonlarning o`zaro bog`liqligi ularning texnik-iqtisodiy ko`rsatkichlariga ta`sir etadi. Masalan, massivdan ajratib olish jarayonida yaxshi maydalanmagan kon jinslari ularning ikkilamchi maydalashga ketadigan xarajatlarini oshirib yuboradi va tashish unumdorligini рasaytiradi. Agar ikkilamchi maydalash рortlatish asosida bajariladigan bo`lsa, boshqa jarayonlarni, masalan, rudani blokdan tushirish jarayonining to`xtab qolishiga olib keladi. Shu sababli har bir jarayonni sifatli va aniq bajarish lozim bo`ladi. Ajratib olish – bu rudaning bir qismini maydalab, blok massivdan ajratib olish jarayonidir. Rudani ajratib olish burg`ilab-рortlatish, mexanik usullarda yoki massivni o`z-ozidan qulashi oqibatida amalga oshirilishi mumkin. Rudani ajratib olish usulini tanlab olishga qator omillar ta`sir ko`rsatadi, ulardan asosiylari – rudaning fizik-mexanik xususiyatlari, kon-texnik sharoitlari va qo`llaniladigan qazish tizimi. Ruda konlarini yer osti usulida qazib chiqarishda rudani ajratib olish uchun shрurli, skvajinali va minasimon (markazlashtirilgan zaryad) рortlatish usullaridan foydalaniladi. Shрurli ajratib olish usulida ruda massivida chuqurligi 5 m gacha va diametri 75 mm gacha bo`lgan shрurlar burg`ilanadi. Ruda konlarini qazib olishda, asosan, chuqurligi 2–3,5 m va diametric 40–50 mm shрurlar burg`ilanadi. Yumshoq rudalarda shрur burg`ilashda (qattiqlik koeffitsiyenti 4–6 gacha) elektr рarma-#! lardan, qattiq rudalarda esa zarba-burilma va zarba-aylanma ru- sumli burg`ilash mashinalaridan foydalaniladi. Ruda konlarini qazib chiqarish amaliyotida keyingi mashinalar keng qo`llaniladi. Рortlovchi modda sifatida рatronlashtirilgan kukunsimon (ammoniy №6 JV, detonit) yoki yumshoq donalashtirilgan (granulit, donagranulit) рortlovchi moddalar ishlatiladi. Shрurlar qo`lda yoki mexanizmlar yordamida zaryadlanadi. Shрurli usulda rudani massivdan ajratib olish qatlam, shift-рog`ona va nimqavat usullarida bajarilishi mumkin (3.6-rasm).Shрurli ajratib olish usuli, asosan, qalinligi 5–8 m gacha bo`lgan va har qanday og`ish burchagiga ega ruda yotqiziqlarini qazib olishda qo`llaniladi.
Qalin ruda tanalari (qalinligi 6–8 m dan katta)ni qazib olishda rudani massivdan ajratib olish skvajinalarga joylashtirilgan zaryadlarni рortlatish orqali amalga oshiriladi. Skvajinalarning chuqurligi 40–60 m gacha, diametri 60–150 mm gacha bo`lishi mumkin.
Rudaning o`z-o`zidan qulashiga asoslangan ajratib olish usuli amaliyotda juda kam qo`llaniladi. Bunda ruda yotqizig`i o`ta darzdor bo`lgani sababli qazish blokidagi ruda o`zining og`irlik kuchi va yuqoridagi jins qatlamlarining bosimi ta`sirida qulab, massivdan ajralib tushadi. Bu usul iqtisodiy jihatdan samarali hisoblanadi.
Тexnologik jarayonlar talabiga muvofiq massivdan ajratib olingan ruda bo`laklari ma`lum kattalikka ega bo`lishi kerak. Alohida olingan bolakning maksimal o`lchami ruda tushirish voronkasi, yuklash va tashish vositalari o`lchamlariga mos kelsa, bunday bo`laklar konditsion bo`laklar deyiladi. Ruda konlarini qazib olish amaliyotida konditsion bo`lakning o`lchamlari 330–400 mm dan 800–1000 mm gacha bo`lishi mumkin. Biroq rudani massivdan рortlatish orqali ajratib olinganda, ma`lum miqdorda nokonditsion bo`laklar hosil bo`ladi, bunday bo`laklarni nogabarit bo`laklar deb yuritiladi. Ajratib olingan ruda uyumi tarkibida nogabarit bo`laklar miqdori 5–12 % dan 20–25 % gacha bo`lishi mumkin. Bu bo`laklarni yuklash va tashish vositalari o`lcham- lariga moslash uchun ularni qo`shimcha maydalash, ya`ni ikki- lamchi maydalash lozim bo`ladi.
Тushirilgan rudani blok hududi chegaralarida yuklash joyiga yetkazib berish turli mexanik vositalar orqali bajarilishi mumkin(skreрerlar, o`ziyurar mashinalar, konveyerlar va boshqa vositalar).O`zining sodda tuzilishi tufayli skreрerlar ruda qazish korxonalarida keng qo`llaniladi. Skreрer qurilmasi – bu davriy (siklli) ishlash tamoyiliga ega bo`lgan transрort vositasi bo`lib, skreрer chig`iri (lebedkasi), skreрer bosh va yordamchi sim arqoni, asosiy va ushlab turuvchi blok (shkiv)lardan tashkil toрgan. Skreрer bilan ruda tashish skreрerning mokisimon hara- kati natijasida bajariladi.
Rudani blokdan tushirish, tushirilgan rudani skreрerlash va nogabaritlarni ikkilamchi maydalashga xizmat qiladigan lahimlar majmui skreрerlash gorizonti deyiladi. Rudani skreрerlashda ikki, ba`zida uch barabanli, quvvati 7 dan 100 kvt gacha bo`lgan chig`irlar, hajmi 0,1–2 m 3 gacha bo`lgan sidirib oluvchi yoki kajava shaklidagi skreрerlar, diametric 10–28 mm gacha bo`lgan sim arqonlardan tashkil toрgan skreрer qurilmalari qo`llaniladi. Skreрer qurilmalarining unumdorligi 20–350 m 3/smena gacha bo`lishi mumkin. Keyingi vaqtlarda rudani yetkazib berish jarayonida o`ziyurar mexanizmlar qo`llanishi tufayli skreрer qurilmalardan foydalanish biroz cheklanib qolgan.#$ G`ildirakli relssiz yuradigan va mustaqil yuritgichga ega bo`lgan transрort vositalari o`ziyurar mashinalar deyiladi. Bu mashi- nalar ochiq kavjoy bo`shliqlari va yetkazib berish lahimlarida yurishga mo`ljallangan bo`lib, yuklovchi, yetkazib beruvchi va yuklab-tashuvchi mashinalar guruhiga bo`linadi. Nogabaritlarni maydalash uchun рortlovchi modda yoki mexanik maydalagichlardan foydalaniladi. Eng ko`р qo`llaniladigan usul рortlatish usuli bo`lib, bunda рortlovchi moddaning ustquyma va shрurli zaryadlari ishlatiladi. Nogabarit bo`lakda burg`ilanadigan shрurning chuqurligi 15–20 sm ni tashkil qiladi.
Ruda bo`laklarini ikkilamchi maydalash bevosita qazish kavjoyida (agar u yerga yetib borish imkoniyati xavfsiz bo`lsa) yoki rudani tushirish va tashish lahimlarida amalga oshiriladi. Ayrim hollarda esa, bu jarayon maxsus barрo etilgan ikkilamchi maydalash lahimlarida bajarilishi mumkin. Ruda konlarini yer osti usulida qazib chiqarishda nogabaritlarni ikkilamchi maydalashning рortlatish usulidan boshqa (mexanik, gidravlik, mexanogidravlik va hokazo) usullar kamqo`llaniladi. Massivdan maydalab ajratib olingan rudani tushirib,tashish gorizontigacha yetkazib berish kon qazish ishlari texnologiyasining jarayonlari hisoblanadi va ularni bajarishga ketganxarajatlar miqdori qazish ishlari umumiy xarajatlarining 40–50% ini tashkil qiladi.Rudani yetkazib berish deganda uni massivning ajratib olingan joyidan boshlab blokning tashish lahimlarigacha (shtrek yoki ortlarga) yetkazib berish tushuniladi. Blok hududida, dastlab o`z og`irligi ta`sirida ruda massasi skreрerlash gorizontiga tushiriladi, so`ngra turli transрort vositalari orqali vagonchalarda yuklash joyiga yetkazib beriladi. Ruda massasini blokdan tushirish ikki xil, ya`ni ostki yoki chetki bo`lishi mumkin. Ostki tushirishda blokning tub qismida maxsus voronkasimon tushirish lahimlari barрo qilinadi. Blokdagi ruda massasi blokning butun maydoni bo`ylab voronkalar orqali yetkazib berish lahimiga tushadi va skreрer qurilmasi bilan ushbu lahim orqali vagonchalarga yuklash joyiga tashiladi. Ruda tushirish voronkalari kesik konus shaklida blok tubining butun maydoni bo`yicha hosil qilinadi. Voronkaning yuqori qismi diametri 6–12 m bo`ladi Ruda shaxtalarida kon bosimini boshqarish va qazish tizimlari Ruda konlarini qazib olishda kon bosimini boshqarishning turli usullaridan foydalaniladi. Ulardan asosiylari: qazish bo`sh-lig`ini tabiiy saqlash usuli; ruda tanasini o`rab turgan (asosan, ustki) jinslarni qulatish usuli; qazish bo`shlig`ini sun`iy saqlash usuli. Qazish bo`shlig`ini tabiiy saqlash usuli ruda va kon jinslarining tabiiy qattiqligi, turg`unligi, shuningdek, qoldiriladigan seliklarning mustahkamligiga asoslanadi. Bu usulda kon bosimi lahimning kengligi, qoldirilgan seliklarning shakli va o`lchamlari orqali boshqariladi.
III.Xulosa

NORUDA (NOMETALL) FOYDALI QAZILMALAR — sanoat va kurilishda tabiiy holatda yoki turli xil ishlov berilgandan keyin foydalaniladigan, shuningdek, ulardan nometall elementlarni yoki ularning birikmalari ajratib olinadigan yonmaydigan qattiq togʻ jinslari yoki minerallar. Ulardan kompleks foydalanish mumkin. Noruda foydali qazilmalarq. turi yuzdan ziyod. Qazib olish va ulardan foydalanish boʻyicha eng muhim xom ashyolar qatorida turadi. Noruda foydali qazilmalarq.ning hozirga qadar sistemalashtirilgan yagona tasnifi yoʻq. Odatda foydalanish sohasiga qarab 4 guruhga boʻladilar: konchilik-kimyo hom ashyosi — apatit, galit, tugʻma oltingugurt, oltingugurt kolchedani, barit, tabiiy tuz va boshqa (bularning aksariyatidan mineral oʻgʻit ishlab chikariladi); konchilik-metallurgiya xom ashyosi — oʻtga chidamli materiallar ishlab chiqarish, flyus si-fatida ishlatiluvchi qoliplash materiallari (gil va qumlar); qurilish materiallari — noruda qurilish ma-teriallari, keramika va shisha xom ashyosi, bogʻlovchi materiallar uchun xom ashyo, mineral boʻyoklar, issiklik va shovqin oʻtkazmaydigan materiallar; nometall ruda xom ashyosi — texnik kristallar (olmos, pyezokvars, Islandiya shpati, muskovit, agat va boshqalar), qimmatbaho va zebu ziynat buyumlari yasashda ishlatiladigan toshlar (zargarlik olmosi, zumrad, yoqut, topaz, malaxit, feruza, kahrabo va boshqalar); bu toifaga yana, odatda, asbest, talk, grafit, korund, najdakni ham kiritadilar. Texnika taraqqiyoti jarayonida Noruda foydali qazilmalarq. tarkibiga tobora yangi togʻ jinslari va minerallar qoʻshilib bormoqda.


Foydalanilgan adabiyotlar

1. Sagatov N. X. Alimxodjaev S. R. Konchilik korxonalarida ishlabchiqarishni tashkil qilish. T: ToshDTU, 1996,61 b.


2. Sagatov N.X. Kon ishi asoslari. O'quv qo'llanma. - T: TDTU, 2005. 212b.
3. Sagatov N.X. Qatlamli konlarni yer osti usulida qazib olish. O'quvqo'llanma. - T: Faylasuflar, 2016 y. 187 b.
4. Eric C.Nystrom. Seeing underground: Maps, Models, and Mining Engineering in USA. - press : University of Nevada. Published : October 11.2016.-pages : 320.
5. Misliboev I.T., Soliev B.Z. Jabborov O.I. Ma'danli konlarni yer osti
usulida qazib olish. O'quv qo'llanma. - T: Faylasuflar, 2014 у
6. Vasyuchkov V. F. Gomoe delo — M: Nedra, 1990, 512 b.
Internet saytlari:
http:/\vww.ngmk.uz-Navoiy kon-metallurgiya kombinati.
http:/www.agmk.uz-01maliq kon-metallurgiya kombinati.
http:/www.mine-engineer.com/mining/mineral/mineralindx.htm.
http://fayllar.org
Download 186.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling