Fosforitlar


Download 75.97 Kb.
bet1/12
Sana02.01.2022
Hajmi75.97 Kb.
#200805
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Fosforitlar


Fosforitlar — fosfatlar (asosan, apa*git)ga toʻyingan choʻkindi togʻ jinslari. F. tarkibida fosfat angidridi (R2O5)ning miqdori 18%dan kam boʻlmasligi kerak, ammo geologik qidiruv ishlari amaliyotida tarkibida 5—18% gacha R2O5 boʻlgan togʻ jinslari xam F.ga kiritiladi. Sof F.ning rangi asosan oq boʻlib, juda kam uchraydi. F. tarkibidagi rangli moddalarga koʻra qora, kulrang , jigarrang , baʼzan koʻk, yashil, qizil, sariq, och kulrang boʻladi. F. tarkibida deyarli har doim organik moddalar, Sa, Mg, Fe karbonatlari, gil minerallari, pirit, temir gidrooksid, kvars, xaltsedon boʻladi. F.da uran, lantanoidlarning seriy guruhiga mansub elementlari hamda koʻproq Y, Pb, Sr, oz miqdorda V, Sc, Zr, Se, Be aralashmalari toʻplanishi mumkin. F. strukturasiga qarab yaxlit, donador, jelvaksimon (konkretsion), shagʻalsimon, konglomeratli turlarga boʻlinadi. Yaxl it va donador F. koʻp tarqalgan. Yaxlit (geosinklinal) F. zich bir xil jinedan iborat boʻlib, tarkibidagi juda kichik dumaloq fosfat donalari va oolitlar fosfat, karbonat yoki silikat angidrid (SiO2) birikmalari yordamida jipelashgan. Mahsuldor qatlamlari qalin (10 m dan ortiq), yuqori sifatli (28—36% R2O,), keng maydonda tarqalgan. Bunday F. konlari Xubsugul (Mongoliya), Kunyana (Xitoy), Jorjina (Avstraliya) kembriy yotqiziqlarida mavjud. Donador (platforma) F. — karbonat yoki terrigen choʻkindi togʻ jinslari, tarkibidagi fosfat donalari hamda dengiz organizmlari qoldiqlari karbonat, silikat angidrid yoki gil yordamida jipelashgan. Mahsuldor qatlam kalinligi koʻpincha 2–3 m (baʼzan 10 m gacha), tarkibida 22—30% R2O5 boʻladi. Bu tipdagi F. Rossiyaning Yevropa kismi, Shim. Afrika, Oʻrta Osiyoda boʻr va paleogen yotqiziqlarida keng Tapkalgan. F. paydo boʻlishi haqida turli biokimyoviy, kimyoviy va biogen nazariyalar mavjud boʻlib, biokimyoviy nazariya koʻpchilik tomonidan tan olingan. F. kimyo, tibbiyot va oziq-ovqat sanoatida ishlatiladigan fosfor, fosfor kislota va turli fosforli birikmalar olish manbasi hisoblanadi. Asosiy isteʼmolchi — qishloq xoʻjaligi boʻlib, F. 90% gacha fosforli oʻgʻitlar tayyorlashda ishlatiladi. Undan tashqari, F.dan yoʻlyoʻlakay sanoat masshtabida bir qancha noyob elementlar ajratib olinadi. RF, Boltiqboʻyi, Sibir, Qozogʻistonda yirik F. konlari bor. Oʻzbekiston hududida F. paleogen, boʻr, devon, silur va tokembriy yotqiziqlarida topilgal. Ular, asosan, Markaziy Qizilqumdagi JeroySardara (R2O, zaxirasi 57,68 mln.t), Shim. Yetimtogʻ va Karakata konlarida mavjud.


Download 75.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling