Fosforitlar
RESPUBLIKADA FOSFORLI O‘G‘ITLAR ISHLAB CHIQARISH HAJMLARINI OSHIRISH BO‘YICHA QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
Download 75.97 Kb.
|
Fosforitlar
RESPUBLIKADA FOSFORLI O‘G‘ITLAR ISHLAB CHIQARISH HAJMLARINI OSHIRISH BO‘YICHA QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
Respublika iqtisodiyotida muhim o‘rin tutuvchi kimyo va tog‘-kon sanoatlari salohiyatini uzviy ravishda jadal oshirish, mavjud mineral-xomashyo bazasini qayta ishlash samaradorligini ta’minlagan holda strategik turdagi mahsulotlar mis, rux, fosforli o‘g‘itlar ishlab chiqarish quvvatlarini yanada kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilar: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kimyo sanoatini yanada isloh qilish va uning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 3-apreldagi PQ-4265-son qaroriga asosan “Ammofos-Maksam” AJ negizida 2019 — 2024-yillar davomida fosforli o‘g‘itlar ishlab chiqarish hajmlarini kamida 100 ming tonnaga oshirish chora-tadbirlarining mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini II bosqichda (I-bosqichda — 20 ming tonna, II-bosqichda — 80 ming tonna) modernizatsiya qilish orqali amalga oshirilishi belgilanganligi; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida kimyo sanoatini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 25-oktabrdagi PQ-3983-son qaroriga asosan “Navoiy KMK” DKning Qizilqum fosforit kombinatining mulk kompleksi qoldiq balans qiymatida “O‘zkimyosanoat” AJ ustav kapitaliga davlat ulushi sifatida kiritilib, 100 foiz ulushi “O‘zkimyosanoat” AJga qarashli “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJ tashkil etilganligi; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kon-metallurgiya tarmog‘i korxonalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 17-yanvardagi PQ-4124-son qaroriga asosan 2026-yilgacha “Olmaliq KMK” AJga 2,9 mlrd AQSh dollari miqdorida investitsiyalar jalb etish va 2023-yilgacha mis ishlab chiqarish hajmini 28 foizga, rux ishlab chiqarish hajmini 75 foizga oshirish nazarda tutilganligi; “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJda (keyingi o‘rinlarda — “Olmaliq KMK” AJ) mis va rux ishlab chiqarish jarayonida hosil bo‘ladigan oltingugurt kislotasining utilizatsiyasi “Ammofos-Maksam” AJda fosforli o‘g‘itlar ishlab chiqarish texnologik jarayonida amalga oshirilishi hamda “Ammofos-Maksam” AJ “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJ tomonidan ishlab chiqariladigan fosforit xomashyosining asosiy iste’molchisi ekanligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va “O‘zkimyosanoat” AJning ictisno tariqasida: “O‘zkimyosanoat” AJga tegishli “Ammofos-Maksam” aksiyadorlik jamiyati ustav kapitalidagi 51 foiz aksiyalar paketini “Olmaliq KMK” AJga ishonchli boshqaruvga besh yil muddatga berish; “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJ “O‘zkimyosanoat” AJga tegishli 100 foiz ulushini nominal qiymatda “Olmaliq KMK” AJ ustav kapitaliga davlat ulushi sifatida kiritish takliflariga rozilik berilsin. “Olmaliq KMK” AJ “Ammofos-Maksam” AJ va “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJning ishlab chiqarish va boshqaruv samaradorligini oshirish choralarini ko‘rsin. 3. “O‘zkimyosanoat” AJning “Ammofos-Maksam” AJ ustav kapitalidagi 51 foiz aksiyalar paketini “Olmaliq KMK” AJga ishonchli boshqaruvga hamda “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJning 100 foiz ulushini nominal qiymatda “Olmaliq KMK” AJ ustav kapitaliga davlat ulushi sifatida kiritish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 4. “Olmaliq KMK” AJ “O‘zkimyosanoat” AJ bilan birgalikda 2020-yil 1-avgustga qadar “Ammofos-Maksam” AJ ishlab chiqarish quvvatlarini tiklash va mahsulot ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirish” investitsiya loyihasining (keyingi o‘rinlarda — investitsiya loyihasi) texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi “O‘zkimyosanoat” AJ va “Olmaliq KMK” AJ bilan birgalikda bir oy muddatda “O‘zkimyosanoat” AJning: “Ammofos-Maksam” AJ ustav kapitalidagi 51 foiz aksiyalar paketini besh yil muddatga “Olmaliq KMK” AJga ishonchli boshqaruvga berish yuzasidan shartnoma tuzilishini; “O‘zkimyosanoat” AJning ustav kapitali “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJ ustav kapitalidagi ulushining balans qiymatiga kamaytirilishini; “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJdagi 100 foiz ulush nominal qiymatda “Olmaliq KMK” AJ ustav kapitaliga davlat ulushi sifatida kiritilishini ta’minlasin. Bunda quyidagi asosiy shartlar nazarda tutilsin: a) “Ammofos-Maksam” AJ ustav kapitalidagi 51 foiz aksiyalar paketini “Olmaliq KMK” AJga besh yil muddatga ishonchli boshqaruvga berish yuzasidan shartnomada: “Ammofos-Maksam” AJ va “Olmaliq KMK” AJ kelishilgan menejmentni va yagona texnik siyosatni amalga oshirishi; “Ammofos-Maksam” AJga olti oy muddatda investitsiya loyihasini moliyalashtirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan kelishilgan holda zarur mablag‘larni, jumladan, “Olmaliq KMK” AJ kafilligi ostida Xitoy, Rossiya, Yevropa va boshqa banklarning kredit mablag‘larini jalb qilish; “Ammofos-Maksam” AJning ishlab chiqarish barqarorligini ta’minlash maqsadida, zarur hollarda, “Olmaliq KMK” AJ tomonidan tegishli muhandislar, texnik mutaxassislar va texnika vositalarini operativ tarzda pullik shartnoma asosida jalb qilish; b) “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJdagi 100 foiz ulushni nominal qiymatda “Olmaliq KMK” AJ ustav kapitaliga davlat ulushi sifatida kiritish shartnomasida: “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJning faoliyat turini va mavjud ish o‘rinlarini saqlagan holda, bir yil muddatda jamiyatning moliyaviy-iqtisodiy holatini yaxshilash; ikki oy muddatda “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJning kon texnikasi va texnologik uskunalarini bosqichma-bosqich yangilagan holda, ularning barqaror ishlashini ta’minlash bo‘yicha biznes-rejani ishlab chiqib amalga oshirish; “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJda fosforit xomashyosi ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasini birinchi yili 80 foizgacha, ikkinchi yili 100 foizga yetkazish (yiliga 716 ming tonna yuvib kuydirilgan fosforit konsentrati) hamda “Indorama Kokand Fertillizers” AJ va boshqa tashkilotlar bilan tuzilgan shartnomalarga muvofiq fosforit xomashyosini barqaror yetkazib berish; “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJda fosforit xomashyosi ishlab chiqarish barqarorligini ta’minlash maqsadida “Olmaliq KMK” AJ tomonidan zarur muhandislar, texnik mutaxassislar hamda texnika vositalari va uskunalarni belgilangan tartibda yetkazib berish; “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJ texnologik jarayonini, uskuna va texnika vositalarini modernizatsiyalash uchun Moliya vazirligi va Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan kelishilgan holda “Olmaliq KMK” AJ kafilligi ostida uch oy muddatda zarur miqdorda kredit mablag‘larini jalb qilish. 6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Maxkamasining Sanoatni va kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari kotibiyatiga, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori S.X. Bekenov, “O‘zkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchi J.T. Mirzamaxmudov, “Olmaliq KMK” AJ boshqaruvi raisi A.X. Xursanov zimmasiga yuklansin.
Download 75.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling