Mavzu: Rux,kadmiy, simob elementlarining olinishi, xossalari va birikmalari


Download 98.34 Kb.
bet2/3
Sana28.12.2022
Hajmi98.34 Kb.
#1023951
1   2   3
Bog'liq
Davriy sistemadan 11B gruppa elementidan (Zn-rux, Cd-kadmiy ) xossalari va ishlatilishi

Fizik- kimyoviy xossalari
  • Rux och kul rang geksagonal shaklda kristallanadigan metall, nam havoda oksidlanib, sirti oksid parda bilan qoplanadi, hosil bo’lgan parda ruxni yana oksidlanishdan saqlaydi. Rux kislotalar, kuchli ishqorlar, yuqori haroratda suv bilan reaksiyaga kirishadi. Qizdirilganda galogenlar, oltingugurt, fosfor va boshqa metallmaslar bilan reaksiyaga kirishadi.
  • 2Zn + O2 = 2ZnO; Zn +Cl2 = ZnCl2
  • Zn + S = ZnS; 3Zn + 2P = Zn3P2
  • 3Zn + 2NH3 = Zn3N2 + 3H2 ; Zn + H2O = ZnO + H2
  • Zn + H2S = ZnS + H2
  • Rux amfoter xususiyatga ega:
  • Zn +2HCl +4H2O = [Zn(H2O)4]Cl2 + H2
  • Zn + 2NaOH + 2H2O = Na2[Zn(OH)4] + H2
  • Zn + 4NH4OH = [Zn(NH3)4] + H2 + 2H2O
    • Uning jez Si, 40% Zn), tompak (90% Si,10% Zn), neyzelber (65% Si, 20% va 15% Ni) qotishmalari keng qoʻllanadi
    • Rux suyultirilgan nitrat kislotada erib, HNO3 ni NH3 ga, konsentrlangan kislotada esa azotni oksidlariga qadar qaytaradi:
    • 0 +5 +2 -3
    • 4Zn + 10HNO3 = 4Zn(NO3)2 + NH4NO3 + 3H2O
    • suyul
    • 0 +5 +2 +2
    • 3Zn + 8HNO3 = 4Zn(NO3)2 + 4H2O + 2NO
    • kons
    • 4Zn + KNO3 + 7KOH +6H2O= 4K2[Zn(OH)4] +NH3
    • Rux oʻz birikmalarida 2 valentli. Rux oksid ZnO va rux gidroksid Zn(OH)2 amfoter xossaga ega. Rux gidroksid ishqorlar bilan reaksiyaga kirishganida sinkatlar, Mas, K2[Zn(OH)2], kislotalarda erib rux tuzlarini hosil qiladi. Rux pirometallurgiya va gidrometallurgiya usullari bilan olinadi.
    • Rux gidrid ZnH2 rux yodidga litiy alanat Li[AlH4] ta’sir ettirish natijasida hosil bo’ladi.
    • 2ZnI2 + Li[AlH4] → 2ZnH2 + LiI + AlI3
    • U o’z xossalari bilan alyuminiy gidridga o’xshaydi.
    • Rux oksid ZnO ruxning havoda yonishidan hosil bo’lgan oq kukun holida bo’lib, qizdirilganda sarg’ayadi, suvda erimaydi, kislotalarda erib, tegishli tuzlarni hosil qiladi. ZnO ok moy bo’yog’i tayyorlashda, rezina sanoatida, tibbiyotda ishlatiladi. Rux oksid kobalt tuzlari bilan qattiq qizdirilsa, o’zgaruvchan tarkibli yashil modda hosil bo’ladi. ZnCO3, Zn(NO3)2, Zn(NO2)2 larning parchalashidan ham hosil bo’ladi.
    • . Sirlar tayyorlashda, oq boʻyoq, kauchuk, sellyuloza, plastmassa, rezina toʻldirgichlari, tibbiyotda malham va sepma dori sifatida ishlatiladi. Zaharli, uni hidlaganda isitma chiqaradi, bosh ogʻriydi, koʻngil ayniydi va yoʻtal tutadi
    • Rux gidroksid Zn(OH)2 rux tuzlari eritmasiga ishqor ta’sir ettirilganda hosil bo’ladigan amfoter gidroksiddir, u kislotalar va ishqorlar bilan reaksiyaga kirishadi, shuningdek ammiak bilan kompleks birikma hosil qiladi:
    • Zn(OH)2 + 2H+ = Zn2+ + 2H2O
    • Zn(OH)2 + NaOH = Na[Zn(OH)2]
    • Zn(OH)2 + 2NaOH = Na2[Zn(OH)4] yoki
    • Zn(OH)2 + 2Ba(OH)2 = Ba2[Zn(OH)6]
    • Zn(OH)2 + 4NH3 = [Zn(NH3)4(OH)2]
    • Temir tunukalarni korroziyadan saqlash uchun sirti rux bilan qoplanadi. Rux turli qotishmalar tarkibida kiradi, galvaniq elementlarda va laboratoriyalarda turli reaksiyalar uchun ishlatiladi.
    • Ruxning 2 ta silikati maʼlum: metasilikat ZnSiO3 — oq rangli geksagonal yoki romb panjarali kristall modda. Suyuklanish trasi 1429°, zichligi 3,52 g/sm3 Ortosilikat Zn2Si04 (villemit) — oq rangli geksagonal panjarali kristall modda. Suyukdanish trasi 1510°, zichligi 4,2 g/sm3. Rux silikatlari rux oksidi bilan kvars qumini birga yuqori trada (1350—1400°) kuydirish yoʻli bilan olinadi. Shaffof, boʻgʻiq rangli, maxsus shisha va sirlar i.ch.da qoʻllanadi
    • Rux sulfid ZnS – rux tuzlarining neytral eritmalariga vodorod sulfid ta’sir ettirilishidan hosil bo’ladi. Suvda va sirka kislotada erimaydi. Rux sulfid tabiatda uchraydi va rux olishda xom ashyo sifatida ishlatiladi.
    • Rux xlorid ZnCl2 – suvsiz holatda olish juda qiyin bo’lgan oq gigroskospik modda. U uch molekula suv bilan birga kristallanadi. Ruxni yoki rux oksidni xlorid kislotada eritib ZnCl2* 3H2O olinadi. Rux xloridning suvdagi eritmasi kislota xossasiga ega, uning konsentrlangan eritmasi tolani eritadi.
    • Rux sianid Zn(CN)2. Rux tuzi eritmasiga sianid kislotaning birorta eruvchan tuzi eritmasini qo’shish natijasida oq cho’kma rux sianid hosil bo’ladi. KCN dan mo’lroq qo’shilsa, bu cho’kma erib, kompleks tuz hosil bo’ladi: Zn(CN)2 + 2KCN → K2[Zn(CN)4]
    • Rux nitrat Zn(NO3)2 kislotada eritish yo’li bilan hosil qilinadi. Zn(NO3)2 *6H2O ko’rinishida kristallanadi.
    • Rux sulfat ZnSO4 rux oksidni sultirilgan sulfat kislotada eritishidan hosil qilinadi. ZnSO4 *6H2O ko’rinishida kristallanadi. Metallarni elektrolitik usulda Rux bilan qoplashda, tibiiyotda, to’qimachilik sanoatida ishlatiladi.

    Download 98.34 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
    1   2   3




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling