Mavzu: S. L. Rubinshteyn maktabi umumiy xarakteristikasi Reja


Download 344.86 Kb.
bet7/8
Sana14.03.2023
Hajmi344.86 Kb.
#1268311
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
S.L.Rubinshteyn maktabi umumiy xarakteristikasi

Faoliyat mahsulini o’rganish– metodi, psixologiya tarixida, antropopsixologiya, ijodiy psixologiyada keng tarqalgan.
Ijodiylik psixologiyasida u asosiy hisoblanadi toki, ijodiy mahsulotni antiqaligi ham shundadir.
Faoliyat mahsulining  analizi klinik psixologlar uchun muhim materialni taqdim etadi; alohida kasallarda (Shizofreniya, Manianal – depressiv psixoz va b.) samaradorlik xarakteri tez o’zgaradi (matnlarda, rasmlarda va h.k).
Neyropsixologik analizning bemor faoliyat mahsuldorligini namunasi A.R.Luriyaning «Yo’qolgan va qaytarilgan» ishlarida bayon qilingan.
Barcha taxminlar kundalik qaydlarni tahlil qilish, miyaning chap yarim sharlari 1G’3 qismi og`ir asoratlarni kechirgan  holda o’rganiladi.
Proektiv metod oraliqdagi o’z darajasiga ko’ra psixologik o’lcham va faoliyat mahsuldorligining analizi metodi bo’lib hisoblanadi. Proektiv metodning istalgan muolajasini qo’llash, istalgan psixologik testni qo’llashga o’xshashdir, sinaluvchidan alohida vazifalarni bajarish so’raladi, rasmni chizish, rasm asosida hikoya tuzish, gapni to’ldirish. Eksperimentator uning harakatlarini boshqaradi, suhbatni olib boradi, vazifalarni alohida ketma-ketlikda ko’rsatadi, ammo an`anaviy test o’tkazishda muolaja tahlili va ishlanayotgan faoliyat mahsulotlari tahliliga ko’proq urg`u beradi.
L.Frenka klassifikatsiyasiga binoan proektiv metodikalar unchalik ko’p emas; «Uyning rasmi» testi, «Odam qomati», Gudinaf va Maxover testi, «Daraxt rasmi» testi. Ammo u yoki bu chegarada faoliyat mahsuli tahlili kuzatiladi va tahlil jarayonida, boshqa test natijalarida ham kuzatib boriladi.
Ular qatoriga TAT, Rozentsvey testi, Rorshaxning «Siyoh dog`lari» testi, yozuv analizi kiradi.
Barcha proektiv testlarga quyidagilar xos:
- Materialning yoki vazifaning  nisbatan noaniqligi.
- «Ochiqlik» -  barcha javoblar – sinaluvchi barcha reaktsiyalari qabul qilinadi.
- Mulozamatlilik muhiti va eksperimentator tomonidan chetdan baholashning ishtirok etmasligi.
-Psixik funktsiyaning o’lchanishi emas, ijtimoiy muhitga munosabatni, shaxsning  xususiyati o’lchanishidir.
3. Test standartlashtirilgan psixodiagnostik metod sifatida. Test turlari. Psixologiyada test deb, o‘rganilayotgan xususiyatning rivojlanganlik darajasini, miqdoriy va sifat ko‘rsatkichlarini bir-biriga taqqoslash imkonini beruvchi standartlashtirilgan psixodiagnostik metodikaga aytiladi. Metodikaning standartlashtirilishi tushunchasining ma'nosi shundan iboratki, u voqea, hodisalardan boshlab sinaluvchiga beriladigan ko‘rsatmalar, hisoblash usuli, olingan natijalarni sharhlash bilan tugaydigan, butun jarayonning hammasi, hamma vaqt va har joyda bir xil qo‘llanilishiga aytiladi.
Testlar yordamida olingan baholar, agar test to‘g‘ri qo‘llanilgan bo‘lsa, test qachon, qaerda, qanday qilib va kim tomonidan qo‘llanilganidan qat'i nazar ularni bir-biri bilan tenglashtirish, taqqoslash deb Yuritiladi. Har xil psixodiagnostik metodikalarda testlarning validlik, ishonchlilik, aniqlik va bir xillik mezonlariga juda qat'iy talablar qo‘yiladi.
Testlarning ko‘plab turlari mavjud va ularni qo‘llanish asoslariga qarab bir necha guruhga bo‘lish mumkin: test predmetligi bo‘yicha (sifati bo‘yicha, ya'ni aynan sifatni testlar yordamida baholash); testlarda topshiriqlardan foydalanishning alohida xususiyati; materiallar bo‘yicha sinaluvchiga talablar; ob'ekt bo‘yicha baholash. Predmetligi bo‘yicha testlar intellektual shaxsiy va shaxslararo testlarga bo‘linadi. Testlarda topshiriqlardan foydalanishning alohida xususiyati bo‘yicha amaliy, obrazli va so‘zli testlar. Test materiallarining tavsifi bo‘yicha sinaluvchiga talablar, blankali va apparaturali testlarga bo‘linadi. Ob'ekt bo‘yicha baholash – protsessual testlar, Yutuqqa erishish testi, holat va xususiyatlar testi.
Intellektual testlar shaxsning aqliy faoliyati rivojlanganlik darajasi va ularni alohida bilish jarayonlarini (idrok, diqqat, xayol, xotira, nutq) baholashda qo‘llaniladi.
Shaxs testlari insonning barqaror individual xususiyatlari, xatti-harakatlarini aniqlash, bunga: temperament, xarakter, motivatsiya, emotsiya va qobiliyatlarni aniqlovchi testlar kiradi. Bundan tashqari, shaxsni har tomonlama, shaxs holatini kompleks baholash alohida xususiyatining rivojlanganlik darajasini baholash testlari ham mavjud. Bunga Kettell, MMPI va boshqa testlar kiradi.
Xususiy testlar yordamida, shaxsning alohida belgilari, motivlar, emotsiyalar, masalan xarakter aktsentuatsiyasi, xavotirlik, lokus nazorati, Yutuqqa erishish motivi, tajovuzkorlik va boshqalar aniqlanadi.
Shaxslararo testlar har xil ijtimoiy guruhlarda odamlarning munosabati sifatida ijtimoiy-psixologik o‘z-o‘zini attestatsiya qilish testi.
Amaliy testlar o‘ziga topshiriq va shakllarni qamrab oladi, bunda sinaluvchi aniq predmet materiallari ularni almashtiruvchi materiallar bilan ko‘rgazmali-harakatli reja asosida amaliy ish bajaradi.
Obrazli testlar obrazlar, surat, rasm, sxema va tasavvurlar bilan mashqlarni o‘zi ichiga oladi.
Verbal testlar so‘zli topshiriqlardan iborat, ular tushunchalarni aniqlash, xulosa chiqarish, har xil so‘zlarning ma'nosini anglash va taqqoslash hamda bu so‘zlar bilan har xil mantiqiy operatsiyalarni bajarishni o‘z ichiga oladi.

Download 344.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling