Mavzu: S. L. Rubinshteyn maktabi umumiy xarakteristikasi Reja
Download 344.86 Kb.
|
S.L.Rubinshteyn maktabi umumiy xarakteristikasi
Kuzatish. Ilmiy emperik metod sifatida 19 asrning oxiridan boshlab ijtimoiy, pedagogik, klinik psixologiyada rivojlanish psixologiyasida keng
qo’llanilib kelinyapti. 20-asrning boshidan boshlab esa mehnat psixologiyasida keng qo’llanilmoqda. Kuzatish uchun eng muhim jihat bu tashqi validlikning saqlanib qolishidir. Bu metodning asosiy afzalligi shundan iboratki, kuzatish tabiiy sharoitda o’tkaziladi, kuzatish kuzatilayotgan shaxslarning odatdagi xulq-atvorlarini o’zgartirmaydi. Kuzatishni bitta odam ustida xam va bir gurux shaxslar ustida xam olib borish mumkin. Bu metod bolalar bog’chasi guruxlaridagi yoki maktab sinfidagi bolalarni o’rganish uchun qulaydir. Kuzatish metodining kamchiligi uning anchagina mehnat talab qilishidir. Tadqiqotchi psixologni xulq-atvorning istalgan qiyofada emas, balki konkret tadqiqot vazifalari bilan bogliq xolda namoyon bo’lishigina qiziqtiradi. SHuning uchun kuzatiluvchi shaxs xususiyatlari va psixik xolatlarining o’ziga kerakli tarzda namoyon bo’lishini kutib turishi kerak. Bundan tashqari, psixik xususiyatlarning yakka ho’lda namoyon bo’lishini kuzatish va qayd qilish etarli emas. Tadqiqotchi u yoki bu xususiyatlarning xarakterligiga, tipikligiga ishonch hosil qilishi kerak. Kuzatishning tizimli va tizimli bo’lmagan turlari ajratiladi. Tizimli bo’lmagan kuzatish maydon tadqiqot jarayonida o’tkazilib, etnopsixologiya, rivojlanish psixologiyasida, ijtimoiy psixologiyada keng foydalaniladi. Tizimli bo’lmagan kuzatuvni o’tkazayotgan tadqiqotchi uchun sababli bog’lanishlarni qayd etish muhim emas, balki ma`lum bir sharoitlarda individ yoki gurux xatti- harakatlarining qandaydir umumlashgan manzarasini yaratish muhim hisoblanadi. Tadqiqotchi qayd etilayotgan xulq- atvorning o’ziga xos-xususiyatlarini (o’zgaruvchilarni) ajratib k o’rsatadi va tashqi muxitning sharoitlarini tasniflaydi. Tizimli kuzatishning rejasi eksperimentning chizmasiga yoki korrelyatsion tadqiqotga mos keladi. Kuzatishning «Tartibsiz» va tanlovli turlari mavjud. Birinchi turida tadqiqotchi (yoki tadqiqotlar guruxi) maksimal batafsil kuzatish uchun t o’g’ri keladigan xatti- xarakatning barcha o’ziga xosliklarini qayd etadi. Ikkinchi turida esa (tanlovni) tadqiqotchi o’z e`tiborini faqatgina xulq-atvorning aniq biror parametrlariga yoki xulq-atvor aktlarining tiplariga qaratadi. Masalan: faqatgina agressiyaning namoyon b o’lishi chastotasini yoki ona-bolaning kun davomidagi o’zaro munosabatlarining vaqtini qayd etadi. Kuzatish bevosita yoki kuzatuv asboblaridan foydalangan holda o’tkazilishi mumkin. Ularning qatoriga audio va video apparatlar o’ziga xos kuzatish apparatlari va xokazolar kiradi. Kuzatish natijalarining fiksatsiyasi (qayd etilishi) kuzatuv jarayonida yoki vaqt o’tgandan so’ng amalga oshirilishi mumkin. Vaqt o’tgandan so’ng natijalarning qayd etilishida kuzatuvchi xotirasining ahamiyati ko’payadi, xulq-atvorni qayd etish ishonchliligi va to’liqligiga zarar etadi, shubxasizki, olingan natijalarning aniqligi ham zarar ko’radi. Kuzatuvchining muammosi alohida ahamiyatga ega hisoblanadi. Agar individ yoki gurux o’zining kuzatilayotganligidan xabar topsa, u holda uning xulq-atvori o’ zgaradi. Agarda kuzatuvchi shaxs gurux yoki individga noma`lum bo’lsa, agarda u obro’li b o’lsa hamda sinaluvchilarning xulq-atvorini kompotent baxolay olsa (adolatli) u holda Yuqorida aytilgan effekt ortadi. Faollashtirilgan kuzatuvning ikkita varianti bor: 1.Kuzatuvchilar o’zlarining xulq- atvorlari tadqiqotchi tomonidan qayd etilayotganligini biladilar (masalan, alpinistlar guruxining yoki suvosti kemasidagi ekipajning xulq-atvor dinamikasini o’rganishda). 2.Kuzatuvchilar o’zlarining xulq- atvorlari qayd etilayotganligidan bexabar bo’ladilar (masalan xonada o’ynayotgan bolalar, bu xonaning bir devori - gazzel oynasi, umumiy kamerada saqlanayotgan maxbuslar guruxi va xakazolar). Kuzatish metodi orqali tadqiqot jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat: Ø Kuzatish predmeti (xulq-atvor), ob`ekti (alohida individlar yoki gurux), vaziyat aniqlanadi. Ø Kuzatish va ma`lumotlarni qayd etish usuli tanlanadi Ø Kuzatish rejasi tuziladi (vaziyatlar ob`ekti vaqti) Ø Natijalarni qayta ishlash metodi tanlanadi Ø Olingan ma`lumotlarning qayta ishlanishi va interpritatsiyasi amalga oshiriladi Kuzatish metodining kamchiliklari: Birinchi navbatda kuzatuvchi tomonidan yo’l qo’yilgan barcha xatoliklar kuzatuvchi o’z farazini isbotlashga qanchalik qattik uringani sayin, voqealarni idrok qilishda xatoga yo’l qo’yish shunchalik ortadi. U charchaydi, vaziyatga moslashadi va muxim o’zgarishlarni payqamay qo’yadi, yozuvlarda xatoliklar qila boshlaydi va xakazolar. Download 344.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling