2) Sabzavot ekinlari biologiyasi va ularni yetishtirish usullarini oʻrganadigan, sabzavot mahsulotlari yetishtirish intensiv texnologiyalarini ishlab chiqadigan fan. Oʻzbekistonda Ska oid ilmiy tadqiqot ishlari Oʻzbekiston sabzavot, poliz ekinlari, kartoshkachilik institutida, Oʻzbekiston oʻsimlikshunoslik instituti, Samarqand qishloq xoʻjaligi instituti, Toshkent davlat agrar universitetida olib boriladi. Bu ilmiy tadqiqot va oʻquv muassasalarida koʻplab mahalliy va boshqa mamlakatlardan keltirilgan sabzavot, poliz ekinlari namunalari oʻrganiladi va kolleksiyalari saqlanadi. Oʻzbekiston ilmiy muassasalarida olimlar 1990—2002-yil davomida sabzavot ekinlarining jami 100 dan ortiq nav va duragaylarini yaratdilar. Bu navlarning koʻpchiligi respublikadan tashqari boshqa mamlakatlarda ham ekilmoqda. - 2) Sabzavot ekinlari biologiyasi va ularni yetishtirish usullarini oʻrganadigan, sabzavot mahsulotlari yetishtirish intensiv texnologiyalarini ishlab chiqadigan fan. Oʻzbekistonda Ska oid ilmiy tadqiqot ishlari Oʻzbekiston sabzavot, poliz ekinlari, kartoshkachilik institutida, Oʻzbekiston oʻsimlikshunoslik instituti, Samarqand qishloq xoʻjaligi instituti, Toshkent davlat agrar universitetida olib boriladi. Bu ilmiy tadqiqot va oʻquv muassasalarida koʻplab mahalliy va boshqa mamlakatlardan keltirilgan sabzavot, poliz ekinlari namunalari oʻrganiladi va kolleksiyalari saqlanadi. Oʻzbekiston ilmiy muassasalarida olimlar 1990—2002-yil davomida sabzavot ekinlarining jami 100 dan ortiq nav va duragaylarini yaratdilar. Bu navlarning koʻpchiligi respublikadan tashqari boshqa mamlakatlarda ham ekilmoqda.
- Sabzavotchilik, polizchilik va kartoshkachilik sohalarini oʻrganish va rivojlantirishga P.P. Shreder, N.N.Balashev, N. S. Bakuras, K.I.Pangalo, A.K. Karimov, V.I.Zuyev, Ye.V.Yermolova, A.S. Shchukina, S.Q.Qoʻchqorov, B.J.Azimov, A.B.Boqiyev, A.SHakimov, A.M. Abbosov, X.Z. Umarov, D.T.Abdukarimov, O.Ya.Fokina, I.Esanov, A. Nuritdinov va boshqa ilmiy ishlari bilan, shuningdek, seleksionerlar A. Obidov (kartoshka), K. Yusupov (pomidor) va xalq seleksionerlari Oʻrinboy Karimjonov, Matvafo Yusupov, Abdasxon Aligavharov kabilar amaliy yutuklari bilan katta hissa qoʻshgan. S. uchun oliy va oʻrta maxsus maʼlumotli mutaxassislar Toshkent davlat agrar universiteti va qishloq xoʻjaligi kollejlarida tayyorlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |