Oʻzbekistonda S. 20-asrning 30y.laridan boshlab keskin rivojlandi, ekiladigan ekin turlari va maydoni koʻpaydi. 1934-yilda Oʻrta Osiyo sabzavotchilik tajriba stansiyasi tashkil etildi. 1940-yilda sabzavot ekinlari maydoni 25,3 ming ga, yalpi hosili 315,2 ming t., hosildorligi 125 s/ga ni tashkil etdi. - Oʻzbekistonda S. 20-asrning 30y.laridan boshlab keskin rivojlandi, ekiladigan ekin turlari va maydoni koʻpaydi. 1934-yilda Oʻrta Osiyo sabzavotchilik tajriba stansiyasi tashkil etildi. 1940-yilda sabzavot ekinlari maydoni 25,3 ming ga, yalpi hosili 315,2 ming t., hosildorligi 125 s/ga ni tashkil etdi.
- Urushdan keyingi yillarda katta shaharlar va sanoat markazlariga yaqin yerlarda ixtisoslashgan yirik S. xoʻjaliklari tashkil etildi, S.ni mexanizatsiyalash muammolari hal qilindi, himoyalangan yerlarda sabzavot yetishtirish maydonlari kengaydi, kombinat tipidagi yirik issiqxonalar qurilishi boshlandi. Toshkent, Samarqand, Andijon va boshqa shaharlarda sabzavotlarni kayta ishlash sanoati barpo etildi.
- 1960-yilda Oʻrta Osiyo sabzavotchilik tajriba stansiyasi negizida Oʻzbekiston sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy tadqiqot instituti ish boshladi. Sabzavotchilikga yuqori sifatli mahsulot beradigan, hosildor, kasalliklar va zararkunandalarga chidamli, turli muddatlarda pishadigan sabzavot ekinlarining yangi navlari joriy etildi. Sabzavot ekinlari urugʻchiligi va urugʻshunosligi yoʻlga qoʻyildi.
- 1980-yil ga kelib Oʻzbekistonda sabzavot ekinlari maydoni 104,3 ming ga, yalpi hosili 2459,1 ming t., hosildorligi 221 s/ga ni tashkil etdi.
21-asr boshidan Oʻzbekistonda aholi jon boshiga yillik sabzavotlar isteʼmolining fiziologik normalarini (jami 113,3 kg; shundan karam 2,1, pomidor 25,6, bodring 5,5, piyoz va sarimsoq 18,3, sabzi 18,3, lavlagi 5,5, boshqa sabzavotlar 20,0 kg) taʼminlash maqsadida S. jadal rivojlantirilmoqda. Yirik shaharlar va sanoat markazlari atroflaridagi tumanlar, asosan, S. bilan shugʻullanadi. Shirkat, dexdon va fermer xoʻjaliklarida ochiq dalada polietilen plyonkalar ostida ertagi sabzavotlarni yetishtirish yoʻlga qoʻyilgan. Respublikaning jan. viloyatlarida ertagi sabzavotlar yetishtirish rivojlanib bormokdi. S.da chet el navlari va tajribalari keng qoʻllanilmoqda. 2000-yilda Oʻzbekistonda sabzavot ekinlari maydonlari 130,4 ming ga, yalpi hosili 2637,3 ming t, hosiddorligi 173,1 s/ga boʻldi. - 21-asr boshidan Oʻzbekistonda aholi jon boshiga yillik sabzavotlar isteʼmolining fiziologik normalarini (jami 113,3 kg; shundan karam 2,1, pomidor 25,6, bodring 5,5, piyoz va sarimsoq 18,3, sabzi 18,3, lavlagi 5,5, boshqa sabzavotlar 20,0 kg) taʼminlash maqsadida S. jadal rivojlantirilmoqda. Yirik shaharlar va sanoat markazlari atroflaridagi tumanlar, asosan, S. bilan shugʻullanadi. Shirkat, dexdon va fermer xoʻjaliklarida ochiq dalada polietilen plyonkalar ostida ertagi sabzavotlarni yetishtirish yoʻlga qoʻyilgan. Respublikaning jan. viloyatlarida ertagi sabzavotlar yetishtirish rivojlanib bormokdi. S.da chet el navlari va tajribalari keng qoʻllanilmoqda. 2000-yilda Oʻzbekistonda sabzavot ekinlari maydonlari 130,4 ming ga, yalpi hosili 2637,3 ming t, hosiddorligi 173,1 s/ga boʻldi.
- Chet ellarda S. qishloq xoʻjaligining eng muhim tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Sharqiy Yevropada — Bolgariya, Vengriya, Ruminiyada rivojlangan, bu yerda yetishtiriladigan sabzavotlarning aksariyat qismi eksport qilinadi. Italiya, Niderlandiya (asosan, yopiq yerlarga ekish rivojlangan), Ispaniya, Fransiya (jon boshiga yillik sabzavotlar isteʼmoli 150–200 kg ni tashkil etadi), Buyuk Britaniya, GFR, Polsha va boshqa mamlakatlarda S. katta maydonlarni egallaydi. S. AQSH, Yaponiya, Xitoy, Meksika, Afrika mamlakatlarda muhim oʻrinda turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |