Mavzu: sabzavotlardan taomlar tayyorlash mundarija: Kirish i-bob. Sabzavotlardan taomlar tayyorlash


Download 0.55 Mb.
bet7/10
Sana24.12.2022
Hajmi0.55 Mb.
#1063357
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
SABZAVOTLARDAN TAOMLAR TAYYORLASH

Karam sho‘rvalar juda xam mayin va yengil taom bo‘lib, sog‘lom ovqatlanuvchi va qaddiqomatiga e'tibor qilib yuradigan ayollar uchun ayni muddao. Tadqiqotlarga ko‘ra oddiy ovqatdan ko‘ra shunday pyure sho‘rvalar tez hazm bo‘lib ketmay odamni uzoq vaqt to‘q tutadi. Piyozni mayda to‘g‘rab sariyog‘ yoki o‘simlik yog‘Ida qovurib olamiz. Idishga suv solib tozalangan va parrak qilib to‘g‘ralgan kartoshkani solib 5 minut qaynatamiz. Karamlarni gul bo‘lakchalariga bo‘lib (yaxshilabyuvib) kartoshkaga qo‘shamiz. Sutni xam solib 7-10 daqiqa qaynatamiz.Piyoz, pishgan sabzavotlarni suvi bilan blendrda pyure holatiga keltiramiz. Idishiga qaytarib solib qaymoq, tuz, murch qo‘shib, qaynab chiqqach olovni o‘chiramiz. Qo‘shimcha: Masalliqlarni va hajmini tabingizga ko‘ra o‘zgartirishingiz mumkun. Hohlasangiz sabzavotlarni faqat sutda qaynatishingiz yoki ko‘proq qaymoq qo‘shishingiz ham mumkun.

Karam sho’rva
QOVURMA ShO’RVA. O’zidan boshqa yana bir necha qovurilib tayyorlanadigan suyuq ovqatlarga asos bo’ladigan bu tansiq taom o’zbek pazandaligiga qadimdan xosdir. Bu aslida qish faslining yoki sovug’i oshgan kishilarning taomnomasiga kiradi. Lekin bu taomni farqlanmay qo’yilgan, uni barcha fasllarda hamma uchun tayyorlayveradilar, Toshkentda to’ylarda va aziz mehmonlarga tez-tez tayyorlaydilar.
Qo’y yog’ini eritib jizzasini olganingizdan so’ng yaxshilab dog’lang. Bunga halqa-halqa qilib to’g’ralgan piyoz solib jazlaysiz, rangini o’zgartirmasdan turib go’shtni solasiz va sirtini engil qovurasiz. Go’sht kabobga to’g’ralgandek lo’nda-lo’nda qilib kesilib, qovurg’a suyaklari ham kalta-kalta qilib chopiladi. Go’sht me’yoriga etib qovurilganda pomidorni, qish oylarida esa tomat pastasidan qo’shasiz, biroz jazlagach parrak-parrak qilib to’g’ralgan sabzi solib tomat bilan birga qovurasiz. Pirovardida katta kubik (3 sm) yoki parrak qilib to’g’ralgan kartoshkani solib sirtiga tomat (pomidor seli) yuqib qizarguncha qovursangiz ezilib ketmaydi. Endi sho’rvaga suv kuyasiz-da, bir shox jambil va qo’zoq qalampir tashlab sust olovda 35—40 minut miltiratib qo’yasiz. Tayyor taomni dasturxonga tortishda kosalarga quyib go’shti, sabzisi va kartoshkasidan barobar taqsimlab yuziga qirkilgan oshko’klardan sepib keltirasiz.
Bulyonni tayyorlash uchun go’shtning suyaklarini chopib, qozonga solinadi, ustidan suv quyiladi va mildiratib qaynatiladi. Pishirish jarayonida yuzidan yog’ va ko’piklari bir necha marta suzib olinadi. Bulyonga masalliqlarni homligicha, dimlangan yoki avval suvda bir qaynatib olingan holda solinadi. Yangi karam, kartoshka, don mahsulotlari, makaron mahsulotlarini faqat xomligicha solinadi. Lavlagi, tuzlangan karam avval dimlab, keyin solinadi. Piyoz, sabzi, tomat o’simlik yog’ida jazlanib, solinadi. Sabzavotlarni jazlash muhim ahamiyatga ega. Birinchidan, piyoz tarkibidagi efir moylari yog’da yaxshi erib, sho’rvaga yoqimli hid va ta’m beradi. Ikkinchidan, sabzi, tomat tarkibidagi rang beruvchi karotin moddasi erib, yog’ga o’tadi va sho’rvaning rangini qizartiradi.
Perlovka yormasi bir qaynatib olinib, so’ngra solinadi. No’xat esa 5-6 soat ivitib qo’yib solinadi. Qaynayotgan bulyonga masalliqlarni bir vaqtda pishadigan tartibda solish kerak. Masalan, sho’rvaga har bir masalliq solingandan so’ng tezroq qaynatilib, so’ngra past olovda miltiratib qaynatiladi, shunda hid beruvchi moddalar suv bug’i bilan chiqib ketmay sho’rvada saqlanib qoladi.Xushxo’r sho’rvalar pishishiga 5-10 daqiqa qolganda, tuz, lavr yaprog’i, mayda murch solinadi. Milliy suyuq taomlar chinni kosalarda, yuziga ko’katlar
(ukrop, kashnich, rayhon) sepilib, yog’och qoshiqlar bilan birga beriladi. Suyuq taomning turiga ko’ra alohida idishda qatiq berish ham mumkin.


Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling