Mavzu: saf mashqlari


Download 41.16 Kb.
Sana10.02.2023
Hajmi41.16 Kb.
#1185289
Bog'liq
Saf mashqlar gimnastika


MAVZU: SAF MASHQLARI


Reja:
1.Saf mashqlarining xarakteristikasi
2. Umumrivojlantiruvchi mashqlar
3.Amaliy mashqlar

Saf mashqlariga saf usullari, saflanish va qayta saflanish, bir joydan ikkinchi joyga ko’chish usullari, orani ochish va yaqinlashtirishlar kiradi. Saf mashqlari yordamida kollektiv bo’lib harakat qilish, ritm va sur’at xissiyotini tarbiyalash masalalari muvaffaqiyatli hal etiladi, intizomlilik va uyushqoqlik ortadi.


Saf mashqlarining muhim ahamiyati shundan iboratki, ular kishi qaddi-qomatini rostlashga yordam beradi.bu narsa harbiy xizmatchilarning to’g’ri qaddi-qomati tuzilishida yorqin ko’rinib turadi. Shug’ullanuvchilarni zalda yoki maydonchada tez va maqsadga muvofiq joylashtirishga imot beradigan saf mashqlarisiz gimnastika mashg’ulotlarini tasavvur qilib bo’lmaydi. Ko’p sonli shug’ullanuvchilar qatnasha oladigan saflanish turlarining ko’pligi tufayli saf mashqlari ommaviy gimnastika chiqishlarining tarkibiy qismini tashkil kiladi.saf harakatlari va ko’pgina qismi saf gstavidan olingan, ozroq qismi esa gimnastika ishi jarayonida yaratilgandir.
Bu bobda gimnastikada ko’proq uchraydigan va mashg’ulot o’tishda zarur bo’lgan saf mashqlari yoritilgan. Saf mashqlaridan foydalanish qulay bo’lishi uchun gimnastika zalida shartli nuqtalar belgilanadi - markazi, o’rtalik va burchaklari (36-rasm).ular zalning o’ng chegara tomoniga iisbatan belgilanadi.o’ng tomon zalning uzun tomoilaridan biri bo’lib unda mashg’ulot oldida guruh saflanadi (odatda kirishgiga qarama-qarshi tomondan).agar zalning uzun tomonida zallar joylashgan bo’lsa, unda guruh derazalarga orqa qilib saf mashqlari quyidagi to’rtta guruhga bulinadi:
1.saf usullari.
2. Saflanish va qayta saflanishlar.
3.joydan-joyga ko’chish.
4.orani ochish va yaqinlashtirish, mashqlarini qo’llanishdagi asosiy tushunchalar ko’rsatilgan.
Saf-shug’ullanuvchilarning birgalikda harakatlanish uchun yelgilangan qidaga ko’ra joylanshi.
Mashg’ulotda safni o’qtuvchi va talabalar (guruh starostasi, o’quv bo’linmalarining boshliqlari va navbatchilar) odatda, vush yoki belgilangan signal bilan beriladigan bevosita komanda va topshiriqlar orqali boshqaradilar.
Zich saf - shug’ullanuvchilarning qatorda bir-biridan kaft kengligidagi (tirsaklar o’rtasi) oralig’ida yoki kolonnalarda biridan oldinga uzatilgan qo’l kengligidagi masofadalanishidan iborat safdir.
Orasi ochiq saf - shug’ullanuvchilarning qatorda bir qadam yoki o’qituvchi belgilagan oralig’da joylanishidan iborat safdir.
UMUMRIVOJLANTIRUVCHI MASHQLAR MASHTSLARNING XARAKTERISTIKASI
Umumrivojlantiruvchi mashqlar deb,turlncha tezlik va ko’lamda maksimal va o’rtacha muskul zo’r berishi orqali tananing alohida qismlari bilan bajariladngan harakatlar yoki ularning birikmalariga aytiladi. Ulardan maqsad - jismoniy sifatlarni rivojlantirish, qaddi-.dshtni to’g’ri shakllantirish, shug’ullanuvchilarni murakkabroq harakat malakalarini egallashga tayyorlashdir.
Umumrivojlantiruvchi mashqlar predmetsiz va predmetlar (gantellar, to’ldirma to’plar, toshlar, shtangalar, rezina amortizatorlar, tayoqlar va boshqalar) bilan har xil gimnastika asboblarida va shuningdek, bir-biriga o’zaro yordam ko’rsatish orqali bajarilishi mumkin.
Umumrivojlantiruvchi mashqlar o’z strukturasiga ko’ra oddiy bo’lib, u bilan barcha yoshdagi bolalar va turli yoshdagi kishilar shug’ullanishlari mumkin. Ularni o’rgatish juda oddiydir: mashqni o’zlashtirib olish uchun, uni shug’ullanuvchi bir necha marta takrorlashining o’z kifoY. Shuni hisobga olish kerakki, yaxshi o’zlashtirilgan mashqlarni bajargandagina maksimal zo’r berish mumkin. Mashqlarni o’rgatish jarayonida esa muskullarning qisqarish imotiyati to’lig’icha jalb qilinmaydi.demak, qandaydir jismoniy sifatni rivojlantirish uchun u yoki bu mashqdan foydalanishdan oldin bu mashqni yaxshilab o’rganib olish zarur.
Umumrivojlantiruvchi mashqlar yordamida tana qismlari va muskul guruhlariga alohida ta’sir ko’rsatish ham mumkin. Bu xususiyat shug’ullanuvchilar organizmiga, ayniqsa harakat apparatiga har tomonlama ta’sir ko’rsatish va butun tana muskullarini garmonik rivojlantirish imotini beradi.
Umumrivojlantiruvchi mashqlarni bajarayotganda jismoniy nagruzkani boshkarish oson. U nagruzka mashqlar tanlanishiga va bir mashg’ulotda ularning qancha bo’lishiga bog’liq. Bir xil mashqlar (muskul zo’r berishi darajasiga va ishda qatnashadigan muskul guruhlarining soniga ko’ra osonroq, boshqalari murakkabroq bo’ladi.
Nagruzka mashq bajarilganda muskul zo’r berishi darajasiga ko’ra o’zgaradn.muskul zo’r berishi darajasini quyidagi usullar: (ayni bir mashqning davom etishini) takrorlanish sonini ko’paytirish, mashqlarni bajarish tezligini o’zgartirish, og’irlik (narsa) ni oshirish yoki o’zaro qarshilik darajasini ko’paytirish dastlabki holatni yoki bajarish usulini boshqacharok qilish orqali o’zgartirish mumkin.
Mashqlarning klassifikatsiyasi
Klassifikatsiyaga anatomik belgi asos qilib olingan.mashqlar kishining ayrim tana qismlariga ta’sir ko’rsatishiga qarab bo’linadi:
1.qo’l muskuli va yelka kamari uchun mashqlar.
2.gavda va boyin muskuli uchun mashqlar.
3.oyoq muskuli uchun mashqlar.
4.butun tana muskullari uchun mashqlar, hamma mashqlar o’z navbatida metodik yo’nalishiga ko’ra kuchni, qayish. Oqlikni, yakka xarakat tezligini, ayrim muskul guruhlarini taranglatish va bo’shashtirish qobiliyatini tarbiyalovchi mashqlarga bo’linadi, to’rtinchi guruh mashqlariga esa qomatni to’g’ri rivojlantiruvchi va nafas olish mashqlari kiradi.
Qo’l muskuli va yelka kamari uchun mashqlar
1.Qo’lni oldinga, yuqoriga va yon tomonlarga navbatma-navbat va birin-ketin ko’tarish; shu mashqning o’zini gantellar, tayoqlar, to’ldirma to’plar, toshlar, shtangalar bilan bajarish; shu

mashqning o’ziin sherikning qarshiligini, rezina bint yokn amortizatorlar, yoki blok otstruktsiyali maxsus asbobda osilgan og’irlik qarshiligini yengish bilan bajarish.


2.Qo’llarni bukish va yozish:
A) tik turganda, o’tirgan va yotgan holatlarda ko’llarni tez va sekin bukish va yozish;
B) gatellar, to’ldirma to’plar, toshlar, shtangalar bilan qo’llarni bukish va yozish (46-rasm); shu mashqning o’zini sherikning qarshiligini (47-rasm); rezina amortizatori, blok otstruktsiyali asbobdagi og’irlnkning qarshiligini yengib bajarish;
V) yotib tayannsh va tayanish; yotib osilish va osilish holatlarida qo’llarni bukish va yozish;
G) qo’llarning o’zi bilan tirmashib Chiqish, kuch bilan ko’tarilish.
3.Qo’llar bilan aylanma xarakatlar qilishi:
A)old yoki yon tekislikda (birin-ketin,birgalikda, navbatma-navbat);
B)gantellar, Cho’kmorlar, toshlar yoki amortizatorlar Bilan (48-rasm).
4.To’g’ri qo’llar bilan siltanish va keskin siltanish harakatlari —"bir qo’l oldinga, ikkinchisi orqaga; shuning o’zini gatellar bilan; shuning o’zi, lekin ikkala qo’l bilai orqaga va yuqoriga; qo’llar ko’krak oldida bo’lgan holatdan (bukilgan qo’llar bilan) orqaga keskin siltayish harakatlari; qo’llar yuqorida va yon tomonda, bir qo’l yuqorida, ikkinchisi pastda turgan holatda keskin siltanish harakatlari.
5.Muvozanat saqlab bajariladigan mashqlar:
A)qo’llarni gantellar,to’ldirma to’plar, toshlar bilan tizator yoki blok otstruktsiyali asbobdagi og’irlik qarshi yengib yon tomonda, oldinda, orqada 10-20 sek. Davomida
B)10 -20 ssk.davomida yotib osilish va 30,60,90 va 1 kilgan qo’llarda osilib turish;
V)10 -20 sek.davomida tayanib yotish va 30,O,9
Kilgan qo’llarda tayanib turish.
6.qo’l muskuli va yelka kamarp uchun bo’shashtiruvchi mashqlar:
A)muskullarni bo’shashtirib turib,qo’llarni erkin siltalash;
B)ko’llar yuqoridagi (muskullar zo’r berib turgan) holatidan barmoq, bilak va butun qo’l muskullarini navbatma-navbat bo’shashtirib qo’llarni pastga tushirish;
V)dastlab qo’l muskullari va yelka kamarini taranglashtirib olgach, oldinga engashib muskullarni bo’shashtirish.
Boyin va gavda muskulpari uchun mashqlar
1.Bosh va gavdani (qomatni bukib va to’g’ri tutib) orqaga, yon tomonga engashtirish.Engashtirish tik turgan holatdan boshlab: qo’llarni yuqorida, yon tomonda, bosh orqasida tutib, oyoqlarni kerib tik turish, polda va gimnastika skameykasida o’tirib, shuning o’zi, lekin gimnastika tayoqchasi, gantellar, to’ldirma to’plar bilan, shtangani yelkaga qoyib (49-rasm), sherikning va amortizatorning qarshiligini yengib (50-rasm) ijro etiladi.
2.Bosh va gavdani o’ng va Chap tomonlarga burish.Burishlarni oyoqlarni kerib tik turish va oyoqlarni kerib o’tirish holatlaridan bajarish qulay bo’ladi. Qo’llarning dastlabki eng qulay holatlari: gimnastika tayoqchalari bilan qo’llarni yon tomonda yuqorida tutish, shtangani yelkaga, kuraklarga yoki belga qoyib turish qo’llarning dastlabki qulay holati qo’llanadi.
3.Bosh va gavda bilan o’ng hamda Chap tomonlarga aylanma harakatlar qilish.
A)oyoqlarni kerib tik turgan holatda, qo’llarni belda, bosh orqasida, yuqorida tutib bajarish;
B) shuning o’zini gimnastika skameykasi yoki polda o’tirib bajarish, oyoq uchlarini gimnastika devoriga tirab turiladi yoki sherik ushlab turadi;
V)shtangani yelkaga qoyib yo to’ldirma to’pni, yoki gantellarni yuqoriga ko’tarib butun gavda bilan aylanma harakat qilish.
4.Tayanib yotib va orkadan tayanib yotib, tizzalarga tik tayanib turib gavdani bukish va to’g’rilash:
A) oyoqlarnp yotgan, o’tirgan, osilpsh va tayanish holatlarida ko’tarish;
B) shuning o’zini oyoqlar bilan to’ldnrma to’pni ushlab turib bajarish.
5.Muvozanatda bajariladigan mashqlar:
A) osilish va tayanishda oyoqlarni 90,60 ° ga ko’tarib, 5-15 sek. Davomida ushlab turish;
B) osilish va tayanish holatlarida oyoq bilan yuklarni (to’ldirma to’p, gantellar, qum to’ldirilgan qopchalarni) ushlab turish;
V) gavdani 10 - 15 sek.davomida to’g’ri tutib engashish.
6.Gavda va boyin muskullarini bo’shashtiruvchi mashqlar:
A) oyoqlarni kergan holda tik turib, oldinga engashib gavda va boyin muskullarini bo’shashtirish:
B) oldinga engashgan holatda gavda va boyin muskullarini zo’r berdirish va uni asta-sekin kamaytirib, butunlay bo’shashtirish;
V) o’tirgan, tizzalarda tik turgai va yotgan holatlarda tana va boyin muskullarini bo’shashtirish.
Oyoq muskullari uchun mashqlar
1.Oyoqlarni ko’tarish va tushirish:
A) tik turgan, o’tirgan va yotgan holatlarda oyoqlarni oldinga, orqaga va yon tomonlarga (sekin va tez) ko’tarish;
B) shuning o’zini amortizator qkarshiligini yengib bajarish yoki oyoq bilan biror yukni, masalan, qum to’ldirilgan qopchani ko’tarish.
2.Oyoqlarni bukish va to’g’rilash:
A) tik turgan, o’tirgan, yotgan holatdan oyoqlarni oldinga, orqaga va yon tomonlarga bukish va to’g’rilash;
B) o’tirgan, yotgan, osilgan va tayangan holatlardan oyoqlarni bukish va to’g’rilash;
V) shuning o’zini oyoqlar bilan to’ldirma to’pni, kum to’ldirilgan qopchani ko’tarib turib bajarish;
G) ikkala va bir oyoqda, qo’llar bilan tayanib va tayanmasdan yarim Cho’qqayish va Cho’qqayish (oyoq uchida va butun tovonda);
D) shuning o’zini yuklar bilan (shtangani yelkaga qoyib) bajarish;
E) oldinga, orqaga, yon tomonlarga bir oyoqni bukib keng qadam tashlash;
J)shunnng o’zini yuklar (to’ldirma to’plar, shtanga, qum to’ldirilgan qopchalar) bilan bajarish;
Z) aygan, bir oyoqni bukib keng qadam tashlab turib, oyoqlarni keng kerib turgan holatlarda prujinasimon harakatlar qilish; i) ikkala oyoqda so’ng bir oyoqda turgan joyda hamda oldinga silkib turib sakrashlar;
K) shuning o’zini yuklar (to’ldirma to’plar, shtanga, toshlar) bilan bajarish.
3.Tik turgan, o’tirgan va yotgan holatlarda tovon va oyoqlar bilan aylanma harakatlar qilish.
4.Tik turgan, o’tirgan, yotgan holatda oyoqlarni oldinga, orqaga, yon tomonlarga siltar. Siltashlar tayanchga (gimnastika devorchasiga, qandaydir gimnastika asbobiga, stulga) suyanib va suyanmasdan qo’lda bajariladi.
5.Muvozanatda bajariladigan mashqlar:
A) yarim shpagat va shpagatlar (5, 10, 15, 20 sek.muallaq turish);
B)oyoqlarni oldinga, orqaga, yon tomonga, bel balandligida ko’targan holatda 5-15 sek. Ushlab turish, shuning o’zini yuk (qum to’ldirilgan 0,5-2 kg og’irlikdagi qopcha) bilan bajarish.
6.Oyoq muskullarini bo’shashtirish mashqlari:
A)tik turib, o’tirib yoki yotgan holatlarda oyoqlarni ko’tarish, muskullarni bo’shashtirib siltash va yana tushirish;
B) o’tirgan va yotgan holatlarda oyoqlarni bo’shashtirnsh;
V) o’tirgan va yotgan holatlarda oyoq muskullarini maksimal taranglatib keyinchalik ularni bo’shashtirish.
Butun tana muskullari uchun mashqpar
1. Qo’l harakatlarini gavdani oldinga (orqaga, yon-tomonga) engishtirish va bir oyoqni oldinga (yon tomonga, orqaga) bukib keng qadam tashlash bilan bir vaqtda bajarish.
2. Oldinga engashib va Cho’qqayib qo’llarni oldinga (yuqoriga, orqaga) uzatish.
3. Qo’llarni yuqoriga ko’targan holda oyoqlarni navbatma-navbat bukib va to’g’rilab gavdani aylanma harakatlantirish (gavda o’ng tomonga engashganda Chap oyoq, Chapga engashganda o’ng oyoq bukiladi).
4.Tayanib yotish holatida qo’llarni bukib-yozish bilan bir vaqtda oyoqni ko’tarish va tushirish.
5.Tana bilan to’lqinsimon harakatlar (harakat qo’llardan boshlanadi, keynn gavda va oyoqlar bilan davom ettiriladi) hivorchasiga orqa bilan turgan holatda sherik yordamida va mustaqil «ko’prikcha» mashqini bajarish.
7.Gimnastika devorchasida orqa bilan osilib turgan holatda oyoqlarni ko’tarib, oyoq uchini unga tegizish (52-rasm).shunnng o’zini oyoqlar bilan yuklar (to’ldirma to’p, qum to’la qopcha) ko’tarib bajarish.
8.Tik turgancha bukilib orqada osilish holatidan (gimnastika devorchasida) oyoqlarni bo’kib va to’g’ri tutib, kerilib osilish holatiga o’tish (53-rasm); shuning o’zini oyoqlar bilan yuklar (to’ldirma to’p, qumli qopcha) ko’tarib bajarish.
9.Butun tana muskullarini bo’shashtirish mashqlari:
A) yotgan holatda butun tana muskullarinn bo’shashtirish;
B) yotgan xolatda tana muskullarini maksimal taranglatib, keyiichalik bo’shashtirish;
V) bir grupla muskullarni asta-sekin bo’shashtira borib ayni vaqtda ikkinchilarini taranglatish.
10.Qomatni kelishtiruvchi mashqlar
AMALIY MASHQLAR

MASHQLARNING TA’RIFI


Amaliy mashqlar guruhsiga quyidagilar kiradi:1)yurish va yugurish,2)muvozanat sa.lash, 3)tirmashib chiqish va oshib o’tish, 4)predmetlarni uloqtirish va ilib olish,5)yuk ko’tarish va tashish,6)o’rmalab o’tish,har xil to’siqlardan o’tish.
1.sanab o’tilganmashqlar,odam jismoniy faoliyatining turli sohalari uchun bevosnta amaliy ahamiyatga ega bo’lishidan tashqari kuch,tezkorlik, chidamlilik va cha..oilikni takomillashtirish uchun ham katta ahamiyatga ega. Harakat strukturasining oddiy bo’lganligi sababli amaliy mashqlar shug’ullanuvchilarning istalgan ottingenti 'uchun osopdir.bu mashqlarning ayrimlari bir qator jismoniy nu.sonlarni bartaraf etishda yaxshi vosita bo’lib xizmat qiladi,shuning uchun xam maktab bolalari va o’quvchi yoshlar jismoniy tarbiyasi programmalarida amaliy mashqlar salmokli o’rin egallaganligi tasodifiyqol emas, albatta.
Amaliy mashqlar jismoniy tayyorlashda eng muhim mashqlar hisoblanadi. Mahaliy mashqlar nrofessional amaliy tayyorgarlikning samaraln vositasi sifatida qo’llaniladi.
Amaliy mashqlar tabiiy sharoitlardan foydalanib, ochy. Joylarda bajarilishi mumkinligi bilan ham qimmatlidir; mashg’ulot joylarini jihozlash ham oson, ham arzon.
aktiv dam olish vaqtida amaliy mashqlar boshqa vositalar bilan birgalikda eng yuqori malakali sportchilar tomonidan muvaffaqiyatli qo’llanilishi mumkin.
Amaliy mashqlar qoyilgan vazifalarga qarab mashg’ulotning barcha qismlarida qo’llanilishi mumkin, asosiy mashqlarga o’rgatish esa mashg’ulotning asosiy qismida amalga oshiriladi.
Har qanday mashg’ulotning tiklannsh jarayoni uchun sharoit yaratish vazifasi qoyilgan -yakunlovchi qismini yurish mashqisiz tasavvur qilib bo’lmaydi.
Yurish va yugurish.
Yurish faqat oyoq muskularini ishga solmasdan u butun tana muskullariga ta’sir.ko’rsatadi va yurak-qon tomir va nafas olish tizimlarinshg ish faoliyatini yaxshilaydi.
Zo’r berish bilan bo’shashish pavbatlanib turadigan muskullarning bir tekis ishy xotirjam yurganda organizmning osuda holatga o’tishi uchun qulay sharoit yaratadi, shu bilan birga tez yurganda jismoniy nagruzka sezilarli darajada oshadi.
Har xil saflanishlarda yurish gigienik samarasidan tashqari kollektiv bo’lib harakatlanish malakalariii egallashga ham yordamlashadi. Gimnastika mashg’ulotlarida yurishning quyidagi mashqlari ko’chlaniladi:poxod qadami yoki oddiy qadam, oyoqlar uchida,tovonlarda oyoq kaftlarining ichki va tashqi qirrasida yurish, qo`llar bilan tizzalarga tayanib yurish, kerishib yurish, «sezilarsiz» yurish tizzalarni baland ko’tarib (oyoqlarni oldinga bukib) yurish yarim cho’qqayib va cho’qqayib yurish, bir oyoqni bukkancha keng qadamlab yurish. Qadamlarni juftlab va almashlab yurish, oldinga va yon tomonga oyoqlarni chalishtirib yurish, yurishni rashlar bilan navbatlashtyrib yurish.
Yugurish - yurishga nisbatan ancha dinamik mashqdir. Shu u xarakat apparatiga, yurak-qon tomiri va nafas olish tizimsiga anchagina katta ta’sir o’tkazadi.yugurish tezlik va

chidamlilikni takomillashtirishning asosiy omillaridai biri hisoblanadi. Yugurishning xarakteri va jadalligi turlicha bulishi mumkin.shuning uchun u gimnastika darsining barcha qismlarida qo`llaniladi.gimkastika mashg’ulotlarida .ullaniladigan yugurish mashqlari-oddiy yugurish, tizzalarni baland ko’tarib yugurish,oyoqlarni oldinga, orqaga bukib, oldinga, orqaga va yon tomonlarga siltab yugurish,chalkash .adamlar bilan oldinga, yon tomonga yugurish, qo’shimcha harakatlar bajarib, burilishlar, to’xtashlar bilan, buyumlarni uloqtirish va uni ilib olish bilan yugurishlar, qayta saflanib, turli to’siqlarni oshib o’tib, to’siqlar ustida yugurish, yugurish va yurishni navbatlashtirish va hokazo.


O’rgatish metodikasi.yurish va yugurishni o’rgatishning asosini metodi yaxlit o’rgatishdir, ya’ni mashqning qanday bajarilishini ko’rsatish va tushuntirishdan keyin uni yaxlit bajarish taklif qilinadi.
Ayrim hollarda,o’quvchilar mashqni bajara olmaganlarida qismlarga ajratish metodini qo’llanish,ya’ni mashqni qismlarga bo’lib bajarish mumkin.
Birinchi pavbatda oyoq kaftlarining to’gri .oyilishiga ahamiyat berish zarur.oyoq kaftlari gorishda bir oz tashqariga,yugurishda esa to’g’ri chizi. Boylab bosiladi.oyoqlarni yerda «sudraladigan» qilib ortiqcha bo’shashtirish va shuningdek ularni har doim ortiqcha zo’riqtirish ham yaramaydi.
Shug’ullanuvchilarni turli uzunlikda qadamlab gorish va yugurishga o’rgatish zarur.buning uchun polda yoki maydopchada belgilar qoyishdan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Yurish yoki yugurishning bir -turidan ikkinchi turiga o’tish, odatda, harakat chog`ida amalga oshiriladi.
Fiziologik nagruzka yuryash va yugurishning tezligshsh va ularning bajarilish davomiyligini o’zgartirish orqali boshqariladi.
Yurish mashqlarini o’tganda,ayni.sa bolalar guruhlari bilan mashg’ulot o’tkazilayotganda asosiy diqqat qomatni to’g`ri tutishga qaratilishi zarur.
Muvozanyat saqlash mashqlari
Muvozanat sa.lashning zarur sharti umumiy og`irlik markazining tayanch maydoni ustida joylashishidir.
Tayanch maydoni qanchalik katta bo’lsa,muvozanat shunchalik turg`un bo’ladi.
Muvozanat sa.lash mashqlari komatni shakllantirish uchun katta ahamiyatga ega, chunki ularni bajarayotganda bel hamda butun gavda muskullariningtonusi ancha ortadi.
Aralash tayanishlarda harakatlanish mashqlarn tizzalarda tik turib tayanish, cho’qqayib tayanish, qo’llar bilan tayangancha oyoqlarni kerib o’tirish holatlarida siljish, tayanish holatida yon tomonga siljish kabilardan iborat bo’lishi mumkin.
O` r g a tish m e t o d i k a si, muvozanat saqlash mashqlarini o’rgatishda yaxlit o’rgatish metodi qo’llaniladi. O`rganiladigan mashqni shug’ullanuvchilarga tushuntirish va ko’rsatish zarur, keyin esa uni bajarishni talab qilish mumkin.balandroq tayanch joydagi mashqlarga o’tishdan oldin dastlab ularnn polda o’rganish zarur.
Muvozanat saqlash mashqlarpni tayanch maydonini o’zgartirish bosh va gavda holatlarini (burilishlar,engashishlar) qo’l holatlarini harakat yo’nalishini o’zgartirish,balandlikni oshirish, bajarish tezligini o’zgartirish, ko’shimcha to’siqlar hosil qilish va hokazolar orqali murakkablashtirish mumkin.

Tirmashib chiqish mashqlari


Tirmashib chiqish mashqlari chaqqonlik va dadillikni oshiradi, shug’ullanuvchilarda o’z kuchiga ishonch hosil qildiradi, koordinatsiya qobiliyatini takomillashtiradi.
Tirmashib chiqish aralash osilishda va faqat qo’llarda osilish holatlarida bajariladi, qo’llarda osilib chiqilayotganda ehtiyot bo’lish zarur, chupki unda asosiy nagruzka qo’l va yelka kamari muskullariga tushadi.shuni hisobga olgan holda mashg’ulotlarda faqat qo’llarda osilib chiqish mashqlarini aralash osilishda tirmashib chiqish mashqlari bilan navbatlantirib turish kerak.
Aralash osilish yordamida tirmashib chi..anda qo’l va yelka kamari muskullariga tushadigan nagruzka apcha kamayadi, biroq ishda oyoq va gavda muskullari .atnashadi,shu bilan nafas olish uchun yaxshi sharoit yaratiladi.
Uloqtirish va ilib olish mashqlari
Bu guruhdagn mashqlar chak.onlikni, tezkorlikni, chamalashni rivojlantirnshga yordam beradi va os.,gavda va ayshshsa qo’l va elka kamari muskullarini rivojlantiradi.bu mashqlarni bajarganda harakat uy.unligi takomillashadi,chunki predmetlarni muayyan masofaga va ma’lum nishonga otish uchun muskullar yuqori darajada sezgir bo’lishi zarur.predmetlarni uloqtirish harakat uyg`unligi boyicha,nlib olishga nisbatan bir qancha oson bo’ladi, chunki ilib olish harakatida bir qancha vazifalar bir vaqtda hal qilinishi kerakqilib olish vatstida uchib kelayotgap buyumning yo’nalishi, tezligi,hajmi aii.lab olinishi zarurki,shunga ko’ra ilib olish usuli belgilanadi,ilib olishda buyumning og`irligi ham aniqlab olinishi kerak,chunki bu bilan qanchalik zo’r berish lozimligi belgilanadi.
Pol yoki devordan qaytib sakraydigan rezina yoki futbol to’plarini ilib olishda shug’ullanuvchi yana uniyg tarangligini ham aniqlab olishi kerak, chunki uning uchish balandligi shunga bog`li. Bo’ladi.
Bu guruhdagi mashqlar maktabdagi jismoniy tarbiya darslarida keng qo’llaniladi.uloqtirish va ilib olish uchun buyum sifatida katta va kichik to’plar, to’ldirma to’plar, tayoqcha va hokazolardan foydalaniladi.
Uloqtirish va ilib olishning asosiy mashqlari: uzoqlikka uloqtirish, nishonga uloqtirish, yuqoriga otish va ilib olish, oshirib uloqtirish.
Uzoqqa uloqtirish. Bu guruhdagi mashqlar yengil atletika mashg’ulotlarida qo’llaniladi. Gimnastika darslarnda bu mashqlar maxsus o’rganilmaydi va kam qo’llaniladi.
Nishonga ulokdirish.zalda ulo.tiriladigan buyumlar sifatida kichkina va katta to’plar hamda nishon sifatida fanerdan yasalgan shchitlar yokn devorga chnzilgan doiralar, gimnastika xalqalari va hokazolar qo’llaniladi.ochiq joylarda yoki maydonchada nishonga otishga «gorodki » degan rus xalq oyini Y.kol misol bo’la oladi.ochiq maydonchada kichkina toshlar uloqtiriladi, qor bo’ron oynaladi va hokazo.
Irg`itish va ilib olish. Bu guruh mashqlariga to’plarni (to’ldirma, futbol) va gimnastika tayo.chasini ir.itish va ilib olish hamda ikki va undan orti. To’plarni yoki qandaydir boshqa buyumlarni ir.itish.va ilib olishlarii kiritish mumkin.
Quyidagilar katta to’plarni (shu jumladan to’ldirma to’plarni).irg`itish va ilib olish mashqlariga misol bo’la oladi:to’ppi pastdan irg`itish,bosh orqasidan irritish,ikki qo’l bilan ko’krakdan irg`itish,shuning o’zini bnr qo’l bilan bajarish, to’pni iii elkadagi bir qo’llab va ikki
qo’llab irg`itish,elka orqasidan bir qo’llab tashlangan to’pni ikki qo’llab ilib olish, to’pni o’z oldida yoki yon tomonda plib olish,to’pni bosh ustida, orqada ilib olish,oldinga engashib to’pii oyoqlar orasidan irgitish va uni aylapib ilib olish,to’pni to’pi.lar bilan .isib olib yuqoriga irg`itish va uni ilib olish.
Gimnastika tayoqchasini irg`itish va ilib olish - gorizontal vertikal va engashgan holatlarda, irg`itishdan shuningdek, uni havoda uzunasiga joylashgan o’q va ko’ndalang o’q atrofida aylanadigan qilib tashlashdan va bir qo’l yoki ikki qo’l bilan har xil ushlash usullari bilan ilib olishdan iboratdir.
Oshirib otish. Bu guruhga xos mashqlardan biri - katta rezina yoki to’ldirma to’plarni bir-biriga oshirib otishdir.
Yuqorida bayop qilingan mashqlardan tashqari bir-biriga oshirib otadigan quyidagi mashqlar ham qo’llaniladi:to’pni bir qo’l bilan yonboshdan siltab uloqtirish;oyoqlarni kerib oldinga engashib turib, to’pni boshdan oshirib orqaga otish;to’pni oyoqlar bilan oldinga otish;o’tirish holatidan orqaga dumalab,to’pni oyoqlar bilan orqaga otish (oyoqlarni bukib bajarish mumkin); shuning o’zini yoti'b,gavdani keokin to’g’rilab va gavdani ko’tarib, to’pni oyoqlar bilan oldiiga-yuqoriga uloqtirish.
O’rgatish metodikasi.uloqtirish va ilib olish'mashqlarini o’rgatishda yaxlit o’rgatish metodi va yorda'mchi mashqlar metodi qo’llaviladi.o’quvchilarni o’ng qo’l bilan ham,chap qo’l bilan ham bir xilda uloqtirishga o’rgatish lozim.ilib olish apcha murakkab harakat bo’lgapi uchun, eng avvalo to’pni to’g’ri i-lib olish texnikasini o’zlashtirish kerak.
Uloqtirish va ilib olish mashqlari quyidagi usullar orqali murakkablashtiriladi:
1) uloqtiriladigan buyumlarying .ajmi va o.irligini o’zgartirish;
2) bir vaqtda uloqtiriladigan buyumlarning sonini oshirish;
3) uloqtirish masofasinya uzaytirish;
4) uloqtirish va ilib olishii qo’l,os.,gavdaning qo’shimcha harakatlari (masalan,muvozaiat sa.lash,emaklab o’tish,yugurish va hokazolar)bilan birga bajarish;
5) dastlabki holatlarni o’zgartirish (o’tirib,yotib,tizzalarda turib va hokazo);
6) uloqtirish va ilib olishni qo’l,oyoq va gavdaning qo’shimcha harakatlari (masalan, o’tirishlar, qarsak chalish,burilishlar, sakrash va engashishlar)bilan birga bajarish;
7) uloqtirish va ilib olishni bir qo’l bilan bajarish.
Yukni ko’tarish va ko’tarib yurish mashqlari
Yukpi ko’tarish va ko’tarib yurish mashqlari kuchni,chidamni, chaqqonlikni rivojlantirish va shuningdek,o’z kuchinn tejashni tarbiyalashga yordam beradi.bu mashqlar nafas olish va qon aylanish organlariga .attik ta’sir ko’rsatadi,shuning uchun xam ayni.sa bolalar guruhlarn mashg’ulotlarida ulardan juda ehtiyotlik bilan foydalanish darkor.
Yukni ko’tarish,ko’tarib yuri.sh mashqlari estafeta va to’siqlarni zabt etish shaklida ko’p o’tkaziladi.
Turli buyumlarni ko’tarish va ko’tarib yurish.quyidagilar asosiy mashqlar hisoblanadi;
1.to’ldirma to’plarni uzatish:a)sherengada-to’pisini tomondan olib, .o’shnisiga uzatish
B)kolonnada — to’pni bosh ustidan —yon tomonidan va oyoqlarni kerib tik turgan xrlatda oyoqlar orasidan uzatish.
5.to’ldirma to’plarni ko’tarib yurish;a)qo’llarda o’z oldida (pastdan ushlakadi);
B)qo’ltiq ostida;v)bosh ustida (qo’l yordamida va qo’l yordamisiz).
3.gimnastika skameykalarini ko’tarib yurish; a)ikki kipsh bo’lib skameyka uchlaridan ko’tarib yurish;b)bir kiish skameykaning o’rtasidan ushlab bosh ustida va qo’lti.da ko’tarib yurish;
4.gimnastika to’shaklarini ikki va to’rt kishi bo’lib ko’tarib yurish.
5.gimnastika kichik otini ikki kishi bo’lib va bir kishi bo’lib, ko’tarib yurish,sherikni ko’tarish va ko’tarib yurish.bir k i sh ini ikki kishi-bo’ lib k o’ t a rib yurish;
4.chalishtirib ushlangan qo’llarga o’t.azib .oyib ko’tarib yurish.ko’taruvchilar bir-biriga qarama-qarshi turadi va har biri o’ng qo’li bilan chap qo’lining bilagidan ushlaydi,bo’sh qo’li bilan esa sherigining bilagidan ushlaydi. Ko’tariluvchi qo’llarga o’tiradi va ko’taruvchilarning yelkalaridan ushlab oladi.
5.oyoqlar osti va beldan ushlab ko’tarib yurish
Bu usul bilan uch va to’rt kishi bo’lib ham ko’tarib yurish mumkin.
So’ng mazkur beshinchi usulda ko’taruvchilar ikki kishidan bo’lib, bir-biriga qarab turib,yotgan kishini ko’taradilar va bir-birlarini qo’llaridan ushlashib ko’tarib yuradilar.bir kishini ikki kishi bo’lib va ko’pchilik bo’lib buyumlar (tayoqchalar, kichik narvon, plash-palatka va hokazolar)yordamida'ko’tarib o’tish mumkin.
Elkannng bir tomoniga yot.izib ko’tarib yurish.ko’taruvchi chap qo’li bnlai tik turgan sherigining o’ng bilagidan ushlab olib, o’ng qo’li bilan uning tizzalari ostidan .ucho.lab ushlaydiqoldinga engashtirib uni .orni bilan siltab o’zining o’pg yelkasiga yot.izadi,keyin rostlanib o’ng qo’li bilan o’ng qo’l bilagidan ushlab,chap qo’lini bo’shatadi
O’rgatish metodikasi.buyumlarni ko’tarish va ko’tarib yurish mashqlarini o’rgatishda nagruzkani juda e.tiyotlik bilan.meyor lab borish kerak,(bunda yo ko’tarib yuriladigan buyumlarning o.irligini oshirish yoki kamaytirish,yo joydan-joyga ko’chishning sur’atini yoki masofasini o’zgartirish,u ski bu yordamchi to’siqlarni qo’llanish mumkin).
Turli buyumlarni ko’tarish malakasi ortib borishiga qarab nagruzkani asta-sekin oshirib borish mumkin.buning uchun buyumlarni ko’tarib yurish masofasini,tezligini va o.irligini o’zgartirish, turli estafetalar o’tkazish va maxsus topshiri.lar berish zarur.Erdamchi yoki tayyorlovchi mashqlar sifatida to’ldirma to’plar bilan bajariladigan mashqlarni tavsiya etish mumkin. Kichik sinflarda to’ldirma to’ppi ko’tarish va ko’tarib yurish,doirada, sherengada,kolonnada turli dastlabki holatlardan bir-biriga uzatish uchun foydalanish lozim.ko’tariladigap buyumlarni gsts o’ng, goh chap qo’ltigda (elkada)navbatma-iavbat ko’tarish,orqada ko’tarishni esa o’z oldida ko’tarish bilan navbatlantirib bajarish kerak.buyumlarni bosh ustida ko’tarib yurish .omatni shakllantirish uchun ,.immatli vosita hisoblanadi.buyumlarni yonboshida, elkada ko’tarish .omatdagi nu.sonlarni tuzatishning asosiy vositasi bo’lib, buni bolalik yoshida amalga oshirish juda muhimdir.Emaklab o’tish mashqlari - Bu mashqlarning mazmuni-aralash tayanish holatida siljishdan iborat.Emaklab o’tish mashqlari odamning harakat apparatkga yurak-qon tomir va nafas olish tizimlaryga katta nagruzka beradi va shuning uchun ular tezlik,cha.otlnk,kuch va chidamni tarbiyalashning samarali vositasi hisoblanadi.Emaklab o’tish mashqlari akrobatika yo’lakchasida yoki erkin mashqlar gilamida o’rgatiladi va o’tiladi.Uzlashtirilgan mashqlarni boshqa mashqlar masalan,sakrashlar,oshib o’tishlar va hokazolar bilan birga ko’shib to’si.lardan oshib o’tish shaklida o’tkazish maksadga muvofi.dir.
Download 41.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling