Mavzu: sakrash turlari texnikasini o‘rgatishni takomillashtirish
«Oyoqlarni bukib» sakrash texnikasi
Download 167.5 Kb.
|
Sakrash turlari texnikasini o‘rgatishni takomillashtirish.
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Ko‘krak kerib» sakrash texnikasi
«Oyoqlarni bukib» sakrash texnikasi.
Bu usul ancha oddiy va tabiiydir. Yangi boshlayotganlar o‘rgatilmasdan turib shu usulda sakraydilar. «Uchish chqadam» tashlab ko‘tarilgandan keyin (7-rasm), orqadagi oyoqni oldingi oyoqqa yaqinlashtirib, ikkala oyoqni ko‘krakka tortish kerak. Bu holatda gavdani ortiqcha engashtirib yuborish kerak em.as. Taxminan erga tushishga 0,5 m qolganda oyoqlar sal kam to‘lik to‘g‘rilanadi.."Qo‘l lar boshlagan harakatni davom ettirib pastga orqaga tushiriladi. 7-rasm. Yugurib kelib uzunlikka „oyoq bukish" usulida sakrash. Bunday kompensator harakat boldirlar erga tushish oldidan yaxshiroq cho‘zilishiga, muvozanatni saqlashga yordam beradi. Sakrashning «oyoqlarni buklab» usulidagi jiddiy kamchilik uchib chshdandan keyin oldinga aylanish momenti ortib ketish zhtimolidir. Depsinishdan keyingi salgina aylanish ham kuchayib ketadi. Oyoqlarni bukish va unga engashish natijasida sakrovchi aylanish radiusini kamaytiradi, burchak tezligini va aylanish momentini oshiradi; bu esa muvozanatni yo‘qotish degan so‘zdir (8-rasm). Muvozanatni saqlash uchun gavdani tiklash, qo‘llarni yuqoriga ko‘tarish boshqa usullarga nisbatan bu usulda samarasizdir. 8-rasm. Yugurib kelib uzunlikka „oyoq bukish" usulida sakraganda gavdaning aylanishi va uchishi. 9-rasm. Yugurib kelib uzunlikka „ko‘krak kerish" usulida sakrash. «Ko‘krak kerib» sakrash texnikasi «Ko‘krak kerib» sakrash texnikasi (9- rasm) quyidagicha bajariladi. Sakrovchi «qadamlab» ko‘tarilgandan keyin silkinch oyog‘ini pastlatib orqaga tortib, bungacha sal ildamlab qolgan depeinuvchi oyo^qa yaqijlashtiradi. SHunday qilib ikkala oyoq ham sal orqada ,qoladi: silkinch oyoq ko‘proq to‘g‘rilangan, depsinuvchi oyoq tizzasi esa qattiq bukilgan. Shu bilan bir vaqtda, tos u. o. m. ga nisbatan oldinga siljiydi-da, sak-rovchi ko‘kraginy kerib, belinj orqaga egadi. Bunday harakatga yarim bukilgan qo‘llarnj yon tomonlardan orqaga yoki orqadan yuqoriga aylantirib, yon tomonlarga tez harakati yordam beradi. Sakrovchi shunday ko‘krak kerganicha taxminan uchish fazasining yarmish uchib o‘tadi. Bunday uchishni u pao’zadek sezadi. Erga tushish paytida gavda olg‘a engashadi. Gavdaning oldingi yo’zasidagi taranglangan muskullar tez bukilishga yordam beradi. Oyoqlar tezda oldinga o’zatiladi, gavda oldinga engashadi, qo‘llar esa oldinlab pastga harakatlanib, erga tushishga yaqin dastlabki holatga qaytadi. «Ko‘krak kerish» usulining kamchiligi shundan iboratki,sakrovchi ko‘pincha depsinish vaqtidayoq ko‘krak kera boshlaydi. Lekin, sakrash texnikasini to‘la o‘zlashtirib olmagan sakrovchilargina bunday xato qiladilar. Ular ko‘krak kerishni o‘ylab,tayanch ‘aqtidayoq orqaga egila boshlaydilar; natijada depsinish yaxshi chiqmay holadi. Bundan tashqari erga tushishga tayyorlangandan keyin (bu tayyorlanish ko‘pincha barvaqt bo‘ladi), oyoqlar pastlashib ketib, erga .tushish yomon chiqadi. Agar texnika mukammal rivojlangan bo‘lsa, ko‘krak kerish uchish fazasida,erga tushishga tayyorlanish o‘z vaqtida bo‘lsa, bu usulda sakrash juda yaxshidir. 10-rasm. Yugurib kelib uzunlikka qaychi usulida sakrash Download 167.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling