Mavzu: sakrash turlari texnikasini o‘rgatishni takomillashtirish
Uzunlikka sakrash texnikasini o‘rgatish
Download 229 Kb.
|
SAKRASH TURLARI TEXNIKASINI O‘RGATISHNI TAKOMILLASHTIRISH.
Uzunlikka sakrash texnikasini o‘rgatish.
Uzunlikka sakrash texnikasini sprintda tayyorlik ko‘rib, shug‘ullanuvchilar. bir tekis yugurishni va tezlikni oshirishni bilib olganlaridan keyin o‘rgatgan ma’qul. Mashg‘ulotlar zichligini oshirish uchun barcha sakrashlarni g‘ishqumoq yo‘lkada bajarish shart emas. Maxsus sakrashmashqla-rini va alohida sakrashlarni o‘tloq erdan yaxshi yumshatilgan qum ustiga tushib bajarilsa bo‘laveradi. 1-vazifa. Sakrash texnikasi bilan shug‘ullanuvchilarnya tanishtirish, yug‘urib kelish, depsinysh, «oyoqlarni buklab» uchish usuli va erga tushish to‘g‘risida tasavvur hosil qilish. V o sit a l a r. To‘liq yoki o‘rtacha masofadan yugurib kelib sakrash texnikasini ko‘rsatish. Sakrash texnikasi tasvirlangan kinogramma, kinokolsovka va plakatlarni ko‘rkb chiqish. Eng usta sakrovchilar texnikasini musobaqalarda ko’zatish. 2- va z i f a. Yugurib kelib uzunlikka sakray olishki tekshirish. Vositalar: 1. O‘rtacha masofadan (10-12 yugurish qadami) yugurib kelib duch kelgan joydan depsinib o’zudlikka sakrash. 2. Shuning o‘zi, lekin taxtadan yoki ma’lum zonadan depsinib sakrash. Har qanday shug‘ullanuvchi birinchi galdayoq «oyoqlarni bukib» sakray oladi. Keyingi urinishlarda shug‘ullanuvchi tezroq yugurib kelishga va kuchliroq depsinishga harakat qilishi kerak. Bunda yugurib kelishni umumiy chiziqdan, ya’ni o‘qituvchi belgilab bergan joydan boshlashkerak. O‘qituvchi shug‘ullanuvchilarning qaerdan depsinayotganlarini ko’zatib, yugurib kelishni boshlash belgisini qaysi tomonga qancha surishni aytadi. Shundan keyin o‘z belgisidan yugurib kelib, taxtaga yoki bu-ning o‘rnidagi eni 20—40 sm zonaga aniq qadam qo‘yib, 8—10 marta sakrab ko‘rish kerak. SHunday qilib shug‘ullanuvchilar o‘zlarining o‘rtacha yugurib kelish masofalaryni taxminan aniqlaboladilar. Ular bu masofa nechta oyoq tagi uzunligiga teng ekanini o‘lchab olishlari va uni bora-bora aniqlay borishlarilozim. 3- v a z i f a. Depsinish texnikasini «qadamlar» uchish bilan bog‘lab o‘rgatish. Qisqa yugurib kelishdan sakrab, depsinishdagiasosiy xatolarny belgilab olgandan keiin, depsigoshgni o‘rgatishga o‘tish kerak.Shug‘ullanuvchilar sakrash mashqlari bajarayotganda depsinuvchi oyoqni qo‘yayotganda va bukayottanda, to‘piq,. tizza va tos-eon bo‘g‘inlarida taranglik his etishlari qvrak.. Buning ketidan barcha oyoq bo‘g‘inlarini faol to‘g‘rilashga eri-shish kerak. Vositalar: 1.Turgan joyda tosni depsinish nihoyasidagi kabi olg‘a chiqarib va silkinch oyoq tizzasini ko‘tarib, depsinishdagi harakatlarga. taqlid qilish. 2. Turgan joydan bir oyoqda depsinib sakrash va silkinch oyoqda erga tushib, yugurib ketish. 3.Turgan joydan bir oyoqda depsinyb, ikkala oyoqda erga tushish. 4. 2 va 3 qadamdan yugurib kelib sakrash. 5. Sekin yugura turib, ikki qadamdan keyin uchinchi qadamda yoki tezroq yugurayotganda to‘rt qadamdan keyin "beshinchisida «qadamlab» sakrash (60—100 m masofada). 6. Taxta bilan sakrab tushadigan joyning sots o‘rtasida 50—60 sm balandlikda qo‘yilgan rejaka ustidan uzunlikka qisqa yugurib kelib sakrash. 7. Shuning o‘ziu lekin 3kg likamar bog‘lab sakrash. 8. 30-50 m masofada oyoqdan oyoqqa sakrash. Shuning o‘zi, lekin belgilangan masofani mumkin qadar oz qadamda o‘tish.Metodik ko‘rsatmalar. Depsinishda silkinch oyoqning ahamiyatini sezish uchun, o‘rganish boshida, turgan joydan bir oyoqda depsinib sakralady. Buning uchun. depsinuvchi oyoqni chuqur chetidan 1,5 metr beriroq (oyoq uchi sal ko‘tarilgan) qo‘yiladi. Silkinch oyoq yarim qadam orqaga tortiladi. SHu holatdan silkinch oyoqni bukib, qo‘llar, bilan baravar tez oldinga chiqariladi. Bir vaqtda depsinuvchi oyoqni to‘g‘rilab depsiniladi. «Qadamlab» uchib chikdandan keyin, ikkala oyoqda erga tushiladi. Depsinish to‘g‘ri bajarilishiga e’tibor berib, depsinuvchi oyoq to‘la to‘g‘rilanishiga va ikkinchi oyoq tez yuqori ko‘tarilishi-ga erishmoq kerak. Depsinishni o‘zlashtirishdagi asosiy mashq 3—5 qadamdan yugurib kelib sakrashdir. Ayniqsa depeinish p.aytida zo‘r bera olishni o‘rgatish juda muhimdir. Buning uchun asta-sekin balandlatiladigan biron to‘siq yoki rejaka ustidan o‘tib uzunlikka sakraladi. . To‘siqlardan o‘tib sakraganda butun e’tibor depsinishga beriladi va dadil yugurib keladigan bo‘linadi: depsinganda maksimal zo‘r berish qobili-lti hosil bo‘ladi. Dastlab arg‘amchidan, keyin rejakadan, yana keyinroq esa anchagina qiyin to‘siqlardan (skameyka, g‘ov va sh. k.) o‘tib mashq qilish .mumkin, Bunday sakrab mashq qilish depsinish texnikasi yaxshiroq bo‘lishiga silkinch oyoq yuqoriroq va shiddatliroq ko‘tarilishiga, qo‘llarni to’zukroq silkib ko‘tarish va boshqalarga yordam beradi. Bunga rejakalar ustida uzunlikka sakrash orqali erishiladi. «Oyoqni buklab» sakrash usulida uchish fazasidagi harakatlar to‘g‘ri bajarilishi va havoda muvozanatni saqlab qolishning muhim.ahamidti bor. Ammo uch usuldan bittasi aniq tanlab olinguncha buyga ko‘p vaqt ketkazish kerak emas. Undan tashqari erga tushishny o‘rgatayotganda. «oyoq bukib» sakrashni necha-necha martalab takrorlashga to‘g‘ri keladi. Musobaqalashuv metodini qo‘llash, o‘quvchilar oldiga kim o’zoqroq sakraydi kabi vazifalar qo‘yish kerak. 4- v a z i f a. Erga tushish texnikasini o‘rgatish. Vositalar: 1. Turgan joydan uzunlikka. sakrab, mumkin qadar oyoqlarni oldinga «ul.oqtirib tashlash». 2. 3—5 qadamdan yugurib kelib uzunlikka «qadamlab» sakrash. Uchish o‘rtasida depsinuvchi oyoqni silkinch oyoqqa yaqinlashtirib, erga tushish ol-didan gavdaning holatini to‘g‘rilash. Keyin erga tushib, oyoqlarni bukib, qo‘llarni oldinga ko‘tarib olg‘a chiqib ketish. 3. Qisqa yugurib kelib, erga tushadigan joydan yarim metrberida 20—40 sm balandlikka o‘rnatilgan rejaka ustidan uzunlikka sakrash. 4. Qisqa yugurib kelib, erga tushish mo‘ljallan-gan .joyga to‘shalgan qog‘oz lenta ustidan uzunlikka sakrash. 5. Bir oyoqda depsinib, ikkinchisini tos balandligigacha ko‘tarib, yuqoriga qayta-qayta sakrash. Bunda gavda sal olg‘a enga-shadi. Bu mashqni yurib keta turib yoki sekin yugurayotib, har 4 qadamdan keyin, 5-qadamda depsinib bajarsa ham bo‘ladi. Metodik ko‘rsatmalar. Sakrashning bu elementi texnikasi boshqa usullarga o‘tganda deyarli o‘zgarmaydi. Shuning uchun, erga to‘g‘ri tushishni o‘rgangandan keyin, uni ko‘p marta takrorlab, malakaga aylantirib. olish kerak. Ko‘pincha shug‘ullanuvchilar, muskullari zaiflyk qilib, erga tushayotganda oyoqlarini yuqoriroqko‘tara olmaydilar. SHuning uchun erga tushishni sonlarni ko‘taradigan muskullar kuchini oyiradigan maxsus mashqlarga qo‘shib o‘rgatish kerak. 5- v a z i f a. Yugurib kelishdan depsinishga to‘g‘ri o‘tishni va oxirgi 4 qadam ritmini o‘rgatish. Vositalar: 1. 3—5 qadamdan yugurib kelib uzunlikka sakraganda, depsinuvchi oyoqni «sidiruvchi harakat» bilan dep-sinish joyiga tezlashtirib faol qo‘yish. 2. Shuning o‘zini 60— 80 m ga yuguraturib, har beshinchi qadamda depsinib bajarish. 3. Tahtaning narigi yog‘iga chegara qo‘yib, qisqa va o‘rta masofa-dan yugurib kelib, uzunlikka sakrash. Bu mashqni bajarayotganda shug‘ullanuvchi odatdagi tezlikda yugurib kelib, oyog‘ini tezda chegara qo‘yilgan taxtaga qo‘yib, depsinishi kerak. Metodik ko‘rsatmalar. Yugurib kelishdan depsinishga o‘tishdagi qadamlar ritmi, doimiy mashg’ulot qilishni talab qiladi. Harqanday o’zoqlikdan yurib kelib o’zuiliqka sakraganda ham oxirgi qadamddr ritmiga e’tibor berish. kerak.Oxirgi besh qadam uzunligini o‘lchab, ular ritmi qanchalik to‘g‘ri ekanligini aniqlash kerak.Shug‘ullanuvchilarga oxirgi qadamlar ritmining va oyoqni taxta ustiga qisqartirib tez qo‘yishning ahamiyati va xususyiyatlarini tushuntirish kerak. Buning uchun qiya yo‘lkadan foydalanmoq kerak.Qiya yo‘lkajuda ko‘p martalab qisqa va o‘rta masofada katta tezlikda yugurib kelib depsinishga yaqinlashish texnikasini va depsinish texnikasini takomillashtirish imkonini beradi. Yugurib kelishda oxirgi qadamlar ritmining to‘g‘ri bo‘lishiga intilish bilan birga, bu qadamlar chastotasini oshirishni ham o‘rgatish kerak.Oxirgi qadamlarni kuchanmay bemalol bajarishni tez-tez eslatib turish kerak. Oxirgi qadamlarda ham «baland» yugurishning ahamiyati katta. Buni faqat oxirgsh qadamlarini cho‘zib-cho‘zib, oyoqlarni yarim bukib qo‘yadiganlarga eslatib turish kerak. 6- v a z i f a. Uzunlikka sakrash texnikasini yaxlit takomil-lashtirish (o‘rtacha yugurib kelishdan). Vositalar: 1. Tezlanishli o‘rtacha yugurib qelishni (10-12 Yugurish qadamlari) qayta-qayta takrorlab, uning uzun-ligini aniq belgilab olish. 2. O‘rtacha yugurib kelishdan uzunlikka sakrash. Shuning o‘zini yaxshi texnika ko‘rsatishdan musobaqalashib bajarish. 3. Uchish o’zoqligining yarmida 60—80 sm balandlikda qo‘yilgan rejaka ustidan, o‘rtacha yugurib kelibg uzunlikka sakrash. 4. O‘rtacha yugurib kelib uzunlikka sakrashdan musobaqa. Metodik ko‘rsatmalar. Ayniqsa ishonch va kuch bilan depsinadigan bo‘lishga alohida e’tibor birish kerak. O’rta cha gogurib kelish uzunligini o‘lchab olib, keyinlari ham asta-sekin aniqlab boraveriladi. Bir xilda qadam tashlab yuguradigan bo‘lish uchun, g‘ovlar osha Yugurish bilan shug‘ullanish kerak (g‘ovlar past-past bo‘ladi). 7-vazifa. To‘liq yugurib kelish masofasini aniqlash, kon-trel belgilar qo‘yish va taxtaga aniq oyoq qo‘yishni o‘rgatish. Vositalar: 1. Bir necha marta taxmman 40 m masofadak yugurybkelib sakramaslik. 2.To‘liq yugurib kelibsakrash. 3.Uzun kelib (qisqa, o‘rtacha va to‘la), chek qo‘yib belgilangan joydan depsinib sakrash. 4. 100 metrgacha masofada g‘ovlar osha yugu-rish. 5. To‘liq yugurib kelib uzunlikka sakrashdan musobaqa. M e t o d i k ko‘rsatmalar. Yugurib kelishni har doim bir xil holatdan boshlash kerak. Sakramay. takror-takror yugurib kelganda yo‘lkada qolgan izlarni chiziqlar bilan belgilab olib, boshlang‘ich belgidan 10 yoki 12 qadam sanaladi (asosiy tezlanish masofasi) va shu erga kontrol belgi qo‘yiladi. Shu belgidan yana yugurish qadami hisoblansa, depsinish joyi ana shu erda bo‘ladi. Belgilarni ko‘chirmasdan, shunday yugurib kelishda bir necha marta sakraladi. Depsinish joyi bunda sal beri surilishi kerak, chunki depsinishga tayyorlanish munosabati bilan yugurib kelishning ikkinchi qismi bir oz qisqaradi. Ko‘rinishdagi taassurotga qarab to’zatish kiritishga intilmasdan, har gal depsinuvchi oyoq qaerga tushsa, shu erdan depsinish lozimligini talabalarga bir necha bor tushuntirish kerak. Keyin, taxtadan qancha nari o‘tgan yoki qancha etmay qolgani-ga qarab, kontrol belgini ham, boshlang‘ich belgini ham shuncha olg‘a yoki orqaga surish kerak. SHundan keyin yana 2-3 marta, lekin endi taxtadan depsinib eakrasa bo‘ladi. Shundan keyin yugurib kelish o’zoqligini ruletka bilan o‘lchab olinadi.Keyinchalik yugurib kelish o’zoqligini(ham birinchi, ham ikkinchi qismining) aniqlash yana zarur bo‘ladi. Sakrovchining nazarida, maksimal tezlikka etishib olish uchun yugurib kelish masofasya kamlik qilayotganday tuyulsa, u asosrsh tezlanishga yana 2 Yugurish qadami qo‘shishi kerak. Agar yugurib kelish oxirida charchab qoladigan bo‘lsa yoki tezlikni oshirishga ulgurayotganini sezsa, yugurib kelishni shunga yarasha 2 Yugurish qadamiga. qisqartishi kerak. Ehtimol, bu ham kamlik qilar (ayniqsa, yangi boshlayotsan sakrovchilarga),.unda yug‘urib kelishni 4 qadam kamaytiriladi. Yugurib kelishning ikkinchn qismi hamma vaqt bir xil 6 qadam bo‘ladi. Musobaqada qadamlar sal uzunroq bo‘lib, yugurib kelish masofasi umuman bir ozo’zayishini yodda tutish kerak. Mashg’ulotda yugurib kelishni takrorlashda talabalardanoxirgi qadamlarda tezlikni kuchanmay oshirishni va kuchliroq depsinishni qayta-qayta talab qilish kerak. Yuqori razryadli sakrovchilar yugurib kelishning‘ ikkinchy variantini bajarganlari ma’qul; bunda kontrol belgini bosh-lang‘ich chiziqqa yaqinroq surib, yugurib kelishning ikkinchi, ya’ni katta qismini kelaturib yugura. ketish prinsipida o‘tiladi. Uzunlikka sakrash texnikasini o‘rgatish birinchi kunidanoq o‘quvchilarni taxtaga aniq qadam qo‘yishga odatlantirish kerak. Buning uchun, qanday bo‘lmasin, har tal faqat taxtadan yoki chi-ziqdan sakrash kerak. Taxtadan yoki chiziqdan 3 sm narida, xivichlardanmi, arqondanmi, qamishdanmi baribir, albatta, chegara qo‘yilishi kerak. Shuningdek, talabalar ortiqcha kuchanmasdan, bemalol yugurib kelishlarini yoki depsinishlarini nazorat qilib turish ham zarur. 8-vazifa. «Qaychi» usulida uchish fazasi texnikasini o‘rgatish.Agarda shug‘ullanuvchida «qaychi» usulida sakrashga mo yillik sezilsa, unga ertaroq, masalan, 4-vazifani hal qilishni kutmasdan bu usul harakatlarini o‘rgataversa bo‘ladi. Vositalar:1.Qisqa yugurib kelib «qaychi» usulida sakrashni ko‘rsatish; kinokoldovka, kinogramma va plakatlarki ko‘rib chiqish; masterlar texnikasini ko’zatish; turnikda osilib oyoqlar harakatini taqlid qilish. 2. 3—5 qadam yugurib kelib ko‘proq yuqoriga sakrash. Qadamlab sakrash zahoti silkinch oyoqni tez pastga tushirib shu oyoqda erga tushish. Depsinuvchi. oyoqni tez oldinga chiqarib, sonni faol ko‘tarib yugurishga o‘tish. 3. 3—5 qadamdan yugurib kelibko‘proq yuqoriga sakrash. «Qadamlab» sakragan zahoti silkinch oyoqni tez pastga tushirib, keyin orqaga siltab boldirni yuqoriga silkish, depsinuvchi oyoqni esa oldinlatib yuqoriga o’zatish. Depsinuvchi oyoqni pastga tushirib, shu oyoqda erga tushish, silkinch oyoqni esa yuqorilatib oadynga o’zatib, Yugurishga o‘tish. 4. Turnikdami, halqalardami osilib turib, «qaychi» usulida uzunlikka sakrashdagi kabi harakat qilib, oyoqlar holatini almashtirish. 5. Xuddi. 3- mashqning o‘ziku, lekin erga tushish paytida depsinuvchi oyoqni pastga tushirmay, balki silkinch oyoqni unga etkazib, ikkala oyoqda s.rga tushish. 6. 3—5 qadamdan yugurib kelib, ko‘proq yuhoriga sakrash. Ikkala oyoqda, odimlayotganday erga tushish (depsinuvchi oyoq oldinda, silkinch oyoq orqada). 7. Shuning o‘zi, lekin uadshning eng yuqori nuqtasida oyoqlar o‘rnini «qaychi» harakati bilan almashtirish. Odimlayotganday holatda ikkala oyoqda erga tushish (depsinuvchi oyoq oldinda, silkiich oyoq orqada). Metodik ko‘rsatmalar. «Qaychi» harakatlarini boldir bilan emas, balki sokdan boshlab to‘zg‘ri bajarishga alohida e’tibor berish zarur, Sakrovchi havoda to‘ppa-to‘g‘ri oyoqlarini yoki iliklarini «qaychi» qilmaydi, b.alki Yugurishni davom ettirganday harakat qiladi. Bunday yugurish kamroq uzunlikka saqraganda ham, harakatlar amplitudasi kichikligiga qaramay, saqlab qolinishi kerak.Uchishdagi yugurish harakatlari bilan erga tushish oldidan silkinch oyoqni depsinuvchi oyoqqa tomon tortish o‘zlashtirilgandan keyingina yugurib kelishni tezlatsa va o’zaytirsa bo‘ladi. 1.O’nkurash ikki kun qatorasiga davom etib, uni o’tkazishda sport turlari qo’yidagi tartibda bajariladi: 1. - kuni: 1) 100 m ga yugurish, 2) yugurib kelib uzunasiga sakrash 3) yadro irg’itish, 4) yugurib kelib balandlikka sakrash, 5) 400 m ga yugurish: 2 - kuni: 6) bar’erlar osha 110 m ga yugurish, 7) diska uloqtirish, 3) shest’ bilan sakrash, 9) nayzani uloqtirish, 10) 1500 m ga yugurish. 2.Oltikurash qatorasiga ikki kun davom etib, uni o’tkazishda sport turlari qo’yidagi tartibda bajariladi. -kuni:1)100 m ga yugurish,2) yadro irg’itish, 3) yugurib kelib balandlikka sakrash; - kuni: 4) yugurib kelib uzunnasiga sakrash, 5) diska uloqtirish, 6) 800 m ga yugurish 3. Beshkurash: a) erkaklar uchun bir kun davom etib, uni o’tkazishda sport turlari qo’yidagi tartibda bajariladi: 1) yugurib kelib uzunasiga sakrash, 2) nayza uloqtirish, 3) 200 m ga sakrash, 4) diska uloqtirish, 5) 1500 m ga yugurish; b) ayollar uchun qatorasiga ikki kun davom etib, uni o’tkazishda sport turlari quyidagi tartibda bajariladi: 1 - kuni: 1) yadro irgitish, 2) yugurib kelib balandlikka sakrash, 3) 200 m ga yugurish. 2- kuni: 4) bar’erlar osha 80 m ga yugurish, 5) yugurib kelib uzunlikka sakrash. 4.Uchkurash: a) ayollar va o’smirlar uchun bir kun davom etib, uni o’tkazishda sport turlari quyidagi tartibda bajariladi: 1) 100 m ga yugurish. 2) yadro irg’itish, 3) yugurib kelib balandlikka sakrash. b) bolalar uchun bir kun davom etib, uni o’tkazishda sport turlari qo’yidagicha bajariladi: 1) 60 m ga yugurish, 2) yadro irg’itish, 3) yugurib kelib balandlikka sakrash. 5. Ko’pkurashlarda musobaqa kunlarini ko’paytirish yoki kamaytirish hamda ko’pkurash turlari tartibini o’zgartirish ruxsat etilmaydi. Agar ko’pkurash bo’yicha boshlangan musobaqa ikki kun o’tkaziladigan bo’lsa-yu, ob-havo noqo’lay kelsa, u davom ettirilmay keyinga suriladi. Musobaqa birinchi kun davomida bo’lingan bo’lsa, ertasi kuni o’sha qatnashuvchilar ishtiroki bilan yangidan boshlanadi. musobaqa ikkinchi kun davomida bo’lingan bo’lsa, u ertasi (uchinchi) kunga qoldiriladi. qaysi turiga kelganda tuxtatilgan bo’lsa, o’sha turidan davom ettiriladi. Masalan, o’nkurash musobaqasi shest’ va sakrash vaqtida tuxtalsa-yu, bunda faqat bir necha qatnashuvchi sakramay qolgan bo’lib, ko’pkurashlarning bir qismi esa nayzani uloqtirgan bo’lsada, musobaqa ertasi kuni shest’ bilan sakrashni tugatmagan qatnashuvchilardan boshlab davom ettiriladi. Keyingi nomerda nayza uloqtirilib barcha ko’pkurash qatnashuvchilari ishtirok etadi. Ilgari kungi nayzani uloqtirishda erishilgan natijalar bekor qilinadi. Ko’pkurash uch kun davomida ana shunday sharoitda o’tkazilsa erishilgan natija rekord deb tasdiklanmaydi, biroq qatnashuvchilarni zazryad normativlarini bajarishi hisobga olinadi. 6. Musobaqalar shunday tashkil etilishi kerakki, erkaklar beshkurashida uchinchi turidan so’ng, o’nkurashda esa birichi, to’rtinchi, oltinchi va sakkizinchi turlaridan so’ng dam olish uchun kamida yarim soatdan tanaffus programmasini ertalabki va kechqurungi soatlarga bo’lish ruxsat etiladi. Barcha ko’pkurashlar kuchsiz qatnashuvchilarni chiqarib yubormasdan o’tkazilaveradi. Ko’pkurashning har bir turi bo’yicha qatnashuvchilar erishgan natijalar ochkolar bilan baholanib maxsus jadvalda ko’rsatiladi. Ko’pkurash golibi ochkolar soniga qarab aniklanadi. Agar olingan ochkolar soni bir xil bo’lsa, o’z raqibiga nisbatan ko’pgina mashqlarda oldin bo’lgan qatnashuvchi ustun hisoblanadi. Ko’pkurash qatnashuvchilarining ayrim turlar bo’yicha chiqish tartiblari (yugurish navbatlarini belgilash, sakrash va uloqtirishda qanday navbat bilan chiqish va hokazolar) har bir sport turi uchun hakamlar kollegiyasi tomonidan chek tashlash bilan aniqlanib, musobaqa boshlanishidan oldin eshittiriladi. Yugurish musobaqalari bir davrda (finallarsiz) o’tkaziladi. har bir navbatdagi yugurishda qatnashuvchilar soni 6 tadan oshmasligi kerak. har bir qatnashuvchining 3 ta vaqt o’lchovchi hakam aniqlaydi. Eslatma: Ba`zi hollardagina har bir qatnashuvchini 2 ta vaqt o’lchovchi hakam qabul qilishi ruxsat etiladi. Ko’pkurashning yugurish nomerlarida qatnashuvchi startni 2 marta emas, 3 marta noto’g’ri olganidan so’ng chiqarib yuboriladi. Uzunasiga sakrash va uloqtirishda uch martadan harakat qilish (sakrash yoki uloqtirish) imkoniyati beriladi. Balandlikka sakrash va shesht bilan sakrashda dastlabki balandlik va undan keyin balandliklar hakamlar kollegiyasi tomonidan belgilanib, musobaqalar boshlangunicha e`lon qilinadi. 14.Qatnashuvchilarning shaxsiy musobaqalardaerishgannatijalari ko’pkurash hisobiga kirmaydi. Ko’pkurash qatnashuvchilarining soni ko’p bo’lsa, ular 12-16 kishidan qilib guruhlarga bo’linib, har bir guruh ko’pkurashning ayrim turlarini navbatma-navbat bajaradi. 16. qatnashuvchi ko’pkurash musobaqalarining biror turida ishtirok etmasa musobaqalardan chiqarib yuboriladi.Ko’pkurashning biror turidan muvaffaqiyatsiz bajarganligi uchun 0 ochkolar olgan qatnashuvchi musobaqadan chiqib ketmaydi va uni oxirigacha davom ettirishi mumkin. Xulosa Belgilarni ko‘chirmasdan, shunday yugurib kelishda bir necha marta sakraladi. Depsinish joyi bunda sal beri surilishi kerak, chunki depsinishga tayyorlanish munosabati bilan yugurib kelishning ikkinchi qismi bir oz qisqaradi. Ko‘rinishdagi taassurotga qarab to’zatish kiritishga intilmasdan, har gal depsinuvchi oyoq qaerga tushsa, shu erdan depsinish lozimligini talabalarga bir necha bor tushuntirish kerak. Keyin, taxtadan qancha nari o‘tgan yoki qancha etmay qolgani-ga qarab, kontrol belgini ham, boshlang‘ich belgini ham shuncha olg‘a yoki orqaga surish kerak. SHundan keyin yana 2-3 marta, lekin endi taxtadan depsinib eakrasa bo‘ladi. Shundan keyin yugurib kelish o’zoqligini ruletka bilan o‘lchab olinadi.Keyinchalik yugurib kelish o’zoqligini(ham birinchi, ham ikkinchi qismining) aniqlash yana zarur bo‘ladi. Sakrovchining nazarida, maksimal tezlikka etishib olish uchun yugurib kelish masofasya kamlik qilayotganday tuyulsa, u asosrsh tezlanishga yana 2 Yugurish qadami qo‘shishi kerak. Agar yugurib kelish oxirida charchab qoladigan bo‘lsa yoki tezlikni oshirishga ulgurayotganini sezsa, yugurib kelishni shunga yarasha 2 Yugurish qadamiga. qisqartishi kerak. Ehtimol, bu ham kamlik qilar (ayniqsa, yangi boshlayotsan sakrovchilarga),.unda yug‘urib kelishni 4 qadam kamaytiriladi. Yugurib kelishning ikkinchn qismi hamma vaqt bir xil 6 qadam bo‘ladi. Musobaqada qadamlar sal uzunroq bo‘lib, yugurib kelish masofasi umuman bir ozo’zayishini yodda tutish kerak. Mashg’ulotda yugurib kelishni takrorlashda talabalardanoxirgi qadamlarda tezlikni kuchanmay oshirishni va kuchliroq depsinishni qayta-qayta talab qilish kerak. Yuqori razryadli sakrovchilar yugurib kelishning‘ ikkinchy variantini bajarganlari ma’qul; bunda kontrol belgini bosh-lang‘ich chiziqqa yaqinroq surib, yugurib kelishning ikkinchi, ya’ni katta qismini kelaturib yugura. ketish prinsipida o‘tiladi. Uzunlikka sakrash texnikasini o‘rgatish birinchi kunidanoq o‘quvchilarni taxtaga aniq qadam qo‘yishga odatlantirish kerak. Buning uchun, qanday bo‘lmasin, har tal faqat taxtadan yoki chi-ziqdan sakrash kerak. Taxtadan yoki chiziqdan 3 sm narida, xivichlardanmi, arqondanmi, qamishdanmi baribir, albatta, chegara qo‘yilishi kerak. Shuningdek, talabalar ortiqcha kuchanmasdan, bemalol yugurib kelishlarini yoki depsinishlarini nazorat qilib turish ham zarur. Download 229 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling