Mavzu: saljuqiylar davrida davlat boshqaruvi aparati I. Kirish II. Asosiy qism
Download 56.65 Kb.
|
kurs iwi
Агаджанов С. А. Сельджукидм и Туркмения в XI—XII вв. 1973, с. 73—74;
Зубдат ат-таварих, с. 50, 55, 60—61, 105—107 и др. 2 Зубдат ат-таварих, с. 68. U xizmatchilarni ishga olish, ularga maosh tayinlash, ishdan bo`shatish kabi vakolatlarga ham ega bo`lgan. Xullas, bosh vazirning haq - huquqi katta bo`lgan. Shu bilan birga u er-mulk taqsimlash borasida huquqsiz bo`lgan. Mazkur vakolat sulton ixtiyorida qolgan. Devonlar to`g`risida so`z ocharkanmiz, ularning ikki toifaga bo`linishini ta’kidlash lozim: sulolaviy va rasmiy devonlar. Nomidan ham ko`rinib turganidek, sulolaviy devon hukmdor xonadon faoliyati bilan bog`liq bo`lib, unga tegishli mol-mulk, er-suv, xazina va boshqalar boshqaruvi, hisob-kitobi, oliq-solig`i kabi vazifalar bilan shug`ullangan. Rasmiy devonlar quyidagilardir: devoni tug`ro, devoni istifo, devoni ishrof, devoni arz1. Tug`ro devoni mazkur devonlar ichida eng muhimi hisoblanib, uning boshlig`i bosh vazir o`rinbosari mavqeida bo`lgan. Bu devonda oliy hukmdorning farmonlari, qarorlari, rasmiy yozishmalari va hujjatlari tayyorlanib, keyin unga muhr bostirishga taqdim etilardi. Joylarga rasmiy hujjatlar yuborish, ulardan hujjatlar qabul qilish, chet ellarga maktublar yuborish, davlat hujjatlarida maxfiylikni ta’minlash kabilar shu devon xizmatchilari nazorati ostida edi. Bu devonga xizmatga har kim ham olinavermasdi. Keyingi vazirlik bu istifo, ya’ni moliya devoni. Davlat kirim-chiqimlari, soliqlar, boj va boshqa moliyaviy daromadlar, ularni alohida ro`yxatga olish xuddi shu devon ixtiyorida mujassamlashgan. Bu vazirlik joylardagi bo`limlari orqali tegishli ro`yxat va miqdorlarda soliq yig`ish, qilingan ishlarni alohida daftarlarda qayd etish bilan shug`ullangan. 1 Сельджукидм... с. 75—86. Bo`limlar markazga har bir tadbir, masalan, soliq yig`ish bo`yicha alohida va batafsil hisobot yozib berganlar. Istifo devoni haq-huquqlari nechog`lik bo`lganligini shundan ham bilsa bo`ladiki, uning xizmatchilari (mustavfiylar) hatto dargoh kirim-chiqimlari, xazinadagi ahvol, mavjud naqd pulning hisobi, davlat qaramog`ida bo`lganlarga ketadigan xarajat, maosh, nafaqa miqdori kabilarga ham to`g`ridan-to`g`ri aralashganlar, nazorat qilganlar. Yana bir vazirlik bu ishrof devonidir. Uning bo`limlari viloyatlar va shaharlarda ham faoliyat ko`rsatgan. Bir so`z bilan aytganda, bu xizmatning mohiyati davlat nazorati tugdunchasini beradi. Buning isbotini ishrof xizmatining faoliyat doirasi orqali ham bilib olish mumkin: moliya-soliq hisoblarini nazorat qilish va tekshirish, vaqfga tegishli mulklar ustidanumumiy nazorat olib borish, sulolaga tegishli er-suvlar, qimmatbaho moliya qog`ozlari, zarbxonalar, amaldagi muhrlar, bozorlar mutasaddilari, soliqchilar, qishloq oqsoqollari va boshqa amaldorlar ustidan nazorat olib borish. Nazorat o`z o`rnida maxfiy ham bo`lgan. Devoni arz o`ziga xos harbiy muassasa (harbiy vazirlik) bo`lib, lashkarga mo`ljallangan maosh va ta’minot (oziq-ovqat va kiyim-kechak), harbiylarning ro`yxati,yangilanib turishi, harbiy kismlarning tarkibiy soni,ularga ketadigan xarajatlarning turi va hajmi, transport, harbiy yurigalar chog`idagi ta’minot, vaqti bilan harbiylar ko`rigini tashkil etish kabilarga mas’ul edi. Mazkur devon va umuman devonlar tizimi ishi qanday yo`lga qo`yilganini quyidagi misol orqali yaqqol tasavvur qilish mumkin. Lashkardagi biron-bir xizmatchining maoshi oshiriladigan yo qisqartiriladigan bo`linsa, bu haqda, eng avvalo moliya-soliq idoralari bilan kelishib olinishi zarur hisoblangan. Mahalliy boshqaruv tizimiga kelsak, viloyat boshlikdari (voliy) ham o`z devonlariga ega bo`lganlar. Voliylarni oliy hukmdor tayinlagan. Ular butun viloyat hayoti bilan bog`liq barcha sohalarga boshchilik kilganlar: moliya, soliq, sud, harbiy ishlar, jazo idoralari voliy nazorati, tasdig`i, izmida faoliyat ko`rsatganlar. Tuman, shahar miqyosidagi boshqaruv tizimi ham viloyatlarniki kabi bo`lgan, faqat harbiy faoliyat bundan mustasno edi. Saljuqiylar davri iqtisodiy munosabatlar ahvoliga keladigan bo`lsak, albatta, biz butun saltanat, ya’ni Movarounnahrdan O`rta dengizgacha bo`lgan hududda kechgan iqtisodiy munosabatlar to`g`risida fikr yuritmay, asosiy e’tiborni mazkur masalaning mintaqaga aloqador tomonlariga to`xtalib o`tsak to`g`ri bo`ladi. Shu ma’noda o`z davri uchun katta ahamiyat kasb etgan dehqonchilik rivojlanib borib, bunga asosan sun’iy sug`orish tizimlarining kengayib, mukammallashib borishi keng yo`l ochib bergan. Chunonchi, suv to`g`onlarini ta’mirlash, yangilarini qurish, er osti va er usti suv inshootlarini barpo etish, dehqonchilikning ilg`or usullaridan foydalanish, sun’iy suv havzalarini yaratish kabi tadbirlar o`sha zamon dehqonchiligi taraqqiyotidagi asosiy omillardandir. G`allachilik, bog`dorchilik, polizchilik, sabzavotchilik, paxtachilik, pillachilik sohalaridagi yutuqlar ham ilgarigi davrlar va boshqa mintaqalardan kam bo`lgan. Chunonchi, Xorazm qovunlari, Jurjon (Gurgon) xurmolari, shakarqamishi, limonlari, Niso uzumlari, behilari, bakdajonlari, Marv bug`doyi nafaqat mintaqada, balki undan tashqarida ham shuhrat qozongan edi. Dehqonchilik sohasining rivoji, albatta, hunarmandchilik taraqqiyoti uchun tegishli asos yaratib beradi.Saljuqiylar davri ham bundan mustasno emas. Shuning uchun ham yozma manbalar, arxeologik izlanishlar natijalari bergan guvohliklarga nazar solinsa, to`qimachilik (ip gazlama, ipak, zig`irpoya tolasidan tayyorlangan matolar ishlab chiqarish), kulolchilik (kosa, xum, ko`za, payola va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarish), gilamchilik, zargarlik, oynasozlik, temirchilik, ko`nchilik kabi qator sohalar ham ichki, ham tashqi talab va ehtiyojlarni qondirish yo`lida taraqqiy etib borgan. Yana bir muhim soha bu savdo-sotiqdir. Savdo-sotiqning rivojlanishida ishlab chiqarish (dehqonchilik, hunarmandchilik) bilan bir qatorda ulkan iqtisodiy-savdo makonining mavjudligi ham muhim o`rin tutgan. Albatta, bunday makonni yaratish oson bo`lmagan. Shaharlarda bozorlar ahvolini yaxshilash, tartib o`rnatish, karvon yo`llari xavfsizligini ta’minlash, ma’lum masofalarda rabotlar, to`xtash joylari bino etish, pul muomalasini nazorat qilish kabi qator muhim tadbirlarni doimo amalga oshirishga to`g`ri kelgan. Buning natijasida mintaqaning O`rta va Yaqin Sharq, Sharqiy Evropa, Hindiston, Xitoy kabi mamlakat va o`lkalar bilan savdo aloqalari gurkirab borgan. 1087 yili Sulton Malikshoh Sharq va G`arb yo`nalishlararo savdoni yanada jonlantirish niyatida Xuroson va Iroq savdogarlarini ba’zi bir savdo to`lovlaridan ozod etgan. ' Сельджукиди... с. 44. Savdo-sotiqda quruqlikdan tashqari Kaspiy dengizi imkonlaridan ham oqilona foydalanishga intilgani ma’lum. Kaspiy dengizi orqali Turkistonga neft mahsulotlari keltirilganini bilamiz. Yo. bo`lmasa Sirdaryo quyi oqimi, o`ng qirg`og`i erlaridan chiqadigan mushk, oltin, kumush yombilar nafaqat tashqi bozorda, balki mintaqaning o`zida ham g`oyatda qadrlangan. Umuman olganda, mintaqa bozorlarida qimmatbaho mo`yna, qorako`l terisi, tuzlangan baliq, morj qoziq tishidan tortib quruq meva, nafis matolar, qimmatbaho toshlar, taqinchoqlargacha topish mumkin edi. Pul muomalasiga kelsak, eng yuqori darajadagi pul birligi o`rnida sof oltindan zarb etilgan dinor (qizil dinor) qabul qilingan. Tarkibida oltindan tashqari qo`shimcha metall aralashmasi bo`lgan va mahalliy ahamiyat kasb etgan dinor ham bo`lib, uni rukniy deganlar. Shuningdek muomalada mis dirhamlar ham bo`lib, ular asosan ichki bozorga mo`ljallangan. Saljuqiylar davrida ham chek, akkreditiv, veksel turidagi naqd pulsiz muomala qilish tizimi amalda bo`lganini alohida ta’kidlash lozim. Saljuqiylarning tashqi aloqalari haqida nima deyish mumkin. Saltanatning Sharqiy Turkistondan O`rta dengizgacha yastanishi geografik jihatdan ularni to`g`ridan-to`g`ri tarixiy Xitoy va Vizantiya bilan chegaradosh qilib qo`ydi. Xitoy ham, Vizantiya ham bundan xavfsirashi turgan gap edi. Shuning uchun ham ular iloji boricha saljuqiylarning zaiflashib borishidan manfaatdor edilar. Download 56.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling