Mavzu: Samarqand iqtisodiy geografik rayoni
Download 90.5 Kb.
|
009.Oylaizlatop
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tadbirning maqsadi
- -rivojlantiruvchi
- Tadbirning shartlari
SAMARQAND SHAHAR 64 – UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTAB GEOGRAFIYA FANI O’QITUVCHISI XAQBERDIYEVA SHOXISTA SHOMURODOVNANING 9 – “A” SINFIDA O’TKAZGAN “O’YLA, IZLA, TOP” TADBIRINING ISHLANMASI “Oyla, izla, top!” (9-sinf o`quvchilari o`rtasida o`tkaziladigan tadbir ) Tadbirning maqsadi: O`quvchilarni geografiya faniga bo`lgan qiziqishlarini oshirish, ularni bo`sh vaqtlaridan unumli foydalanishga o`rgatish va dunyoqarashlarini kengaytirish. -ta`limiy maqsad: oldingi sinflarda va 9-sinfda o’tilgan mavzular bo’yicha o’quvchilar bilim va ko’nikmalarini mustahkamlash, amaliy va mustaqil ishlar bajarish; -tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarda geografik madaniyatni shakllantirishda davom etish, ularda Vatanga sadoqat va muhabbat tuyg’ularini tarbiyalash, darsda qo’shimcha manbalardan foydalanishga o’rgatish; -rivojlantiruvchi: o’quvchilarda topqirlik, ziyraklik, amaliy ishlarni mustaqil bajarish, mustaqil fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish. Dars turi: bilimlarni mustahkamlovchi Dars uslubi: noan`anaviy Dars jihozi: Mavzuga oid xaritalar, tarqatma materiallar, qo’shimcha qo’llanmalar, boshqotirmalar, globus. Darsning borishi: -tashkiliy qism: davomatni aniqlash, o’quvchilarni darsga jalb etish; -asosiy qism: sinf o’quvchilarini guruhlarga ajratish va guruhlarni nomlash. Tadbirning shartlari: 1.”Aql charxi”. 2.”Maqollarni davom ettiring”. 3.”Ortiqchasini top!” o’yini. 4.Boshqotirma. 5.”Kim chaqqon” o’yini. 1.”Aql charxi” shartlariga ko`ra, har bir guruhga o`tilgan mavzular yuzasidan o`ntadan savol beriladi. 1-guruhga savollar: 1. ”Podsholik qiladi, lekin idora qilmaydi” iborasi qaysi davlatlar uchun xos? (Buyuk Britaniya, Norvegiya, Svetsiya, Daniya va boshqalar). 2. Biologik resurslar deb nimaga aytiladi? (O’simlik va hayvonlar). 3. Yevropadagi ikkiga ajralgan mamlakatni ayting. (Chexoslovakiya). 4.O`zbekistonning ma’muriy-hududiy tuzilmalarini ayting.(Shahar, shaharcha, qishloq,ovul). 5. AQSH qaysi materikda joylashgan? (Shimoliy Amerika). 6. Eng katta orol – (Grenlandiya). 7. Dunyodagi eng chuqur ko`l – (Baykal). 8. Yer sharidagi eng yirik dengiz – (Sargasso). 9. Yer sharidagi eng uzun g`or – (Flint-Mamont). 10. Eng katta suv hayvoni – (Kit). Download 90.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling