5-masala. Yirik mashinasozlik zavodi tsexining ishchilari soni 500 kishi. Mehnat unumdorligining ortishi 1,04% ni tashkil etdi.
Topish kerak:
mehnat unumdorligining ortishi natijasida qancha ishchi ozod bo‘ldi?
6-masala. Zavodning sanoat ishlab chiqarish hodimlarining maosh fondi har yilga 850 mln. so‘m miqdorida belgilangan. Amalda esa maosh fondi yiligi 925 ml. so‘mni tashkil etdi. Tovar mahsulot ishlab chiqarish dasturi 107,9% ga bajarilgan. Rejali maosh fondini me’yorga solish ko‘rsatkichi – 0,6%.
Topish kerak:
Maosh jamg‘armasi bo‘yicha natija (tejalish yoki me’yordan ortiq harajat) qanday?
Mavzu: Sanoat ishlab chiqarishining asosiy fondlari va ishlab chiqarish quvvatlari
1-masala .Parmalash dasgohining bahosi 120000 so‘m. Korxonaga olib kelish uchun 26000 so‘m, o‘rnanish uchun 30000 so‘m sarflangan. SHu dastgohning dastlabki to‘liq narxi topilsin:
Echish:
Dasgoxning dastlabki to‘la narxi :
Nto‘l=120000+26000+30000=176000 so‘m.
2-masala . Termoplastavtomatning ishlash davri 10 yil, texnika ekspertizasi tomonidan uning texnikaviy holati sinchiklab tekshirilib chiqqanda, uning qo‘shimcha yana uch yil ishlashi aniqlangan. Termoplastavtomatning maonaviy (fizik) eskirganlik darajasi topilsin:
Echish:
Termoplastavtomatning maonaviy (fizik) eskirganlik darajasi:
3-masala. Tayyorlov kasabasi uchastkasining ishlab chiqarish maydoni 145m2 ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori 4194 dona. Shu uchastkaning 1m2 maydonidan olingan mahsulot miqdori topilsin:
Echish:
1m2 maydonda ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori:
dona
Mustaqil yechish uchun masalalar
1-masala. Korxona 1995 yilda ulgurji narxda 360 ming so‘mga asbob-uskunalar sotib oldi, transport va montajga harajatlar 14 ming so‘mni tashkil etdi. 2004 yilda o‘tkazilgan inventarizatsiya chog‘ida asosiy fondlarni qayta baholash o‘tkazildi va asbob uskunalarning narxi 325 ming so‘m miqdorida belgilandi. Asbob uskunalardan foydalanish davrida 500 ming so‘m miqdorida amortizatsion to‘lovlar yig‘ildi, kapital ta’mirlashga harajatlar esa 220 ming so‘mni tashkil etdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |