Mavzu: Sanoat chiqindilarini tozalash, atmosferaga tashlash talablari usullari,nazorati


Download 1.27 Mb.
bet1/4
Sana24.03.2023
Hajmi1.27 Mb.
#1291282
  1   2   3   4
Bog'liq
ulug\'bek 21-19hfx

Mavzu:O’zbekistonda bo’lishi mumkin bo’lgan texnogen havflar

  • 1. Gidrotexnik inshoatlardagi avariyalar.
  • 2. Yong‘in chiqish va portlash xavfi bo‘lgan ob’ektlardagi avariyalar va ularni oldini olish muammolari.
  • 3. Ishlab chiqarish jarayonlaridagi avariyalar.
  • 4. Katastrofa va uning oqibatlari

Gidrotexnik inshoatlardagi avariyalar Texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlarga 7 xil ko‘rinishi-dagi falokatlar kirib, ular O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 27 oktyabr 1998 yil 455-son qarorida “Texnogen, tabiiy va ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlarni tasnifi” da ko‘rsatib o‘tilgan.Gidrotexnik inshoatlardagi avariyalar oqibatida odamlarni, uy hayvonlarini qurbon bo‘lishiga, atrof-muhitni izdan chiqishiga va moddiy resurslarni buzilishiga va yo‘q bo‘lib ketishiga olib keladi. Gidrotexnika inshoatlari, ko‘rsatkichlariga ko‘ra har xil bo‘ladi: 1) joylashgan o‘rniga ko‘ra: er usti inshoatlari (daryo, ko‘l, kanal va h.k); er osti inshoatlari (o‘tqazuvchi quvurlar, tunellar va h.k). 2) foydalanish maqsadiga ko‘ra: a) suv-energetika inshoatlari; b) suv-ta’minoti inshoatlari; v) sug‘orish inshoatlari; g) chiqindi suvlarni chiqarish inshoatlari; suv-baliq xo‘jalik inshoatlari; suv-sport inshoatlari va h.k.

Kanaldagi gidrotexnik inshoot


Gidrotexnika inshoatlarining buzilishi muayyan oqibatlarga olib keladi, jumladan: Gidrotexnik inshoati o‘z vazifasini bajarmay qo‘yishi; suv to‘lqinini insonlarga zarar etkazishi va turli inshoatlarni buzilishi; xududlarni suv bosib, mol-mulkka, erlarga, moddiy resurslarga va boshqa ob’ektlarga jiddiy moddiy zarar keltiradi. Shuning uchun bunday inshoatlardan foydalanuvchi tashkilotlar zimmasiga ularning xavfsizligini ta’minlash maqsadida “Fuqaro muhofazasi to‘g‘risida” gi qonunining 8,9 moddalarida ko‘rsatib o‘tilgan majburiyatlar yuklangan
Gidrotexnika inshoatlarda avariya bo‘lmasligi uchun muhofaza qilinish chora-tadbirlarini amalga oshirish zarur, jumladan:
  • gidrotexnika inshoatlarini loyihalash va qurilishda xatoliklarga yo‘l qo‘ymaslik;
  • gidrotexnika inshoatlaridan to‘g‘ri foydalanish;
  • gidrotexnika inshoatlaridagi belgilangan tadbirlarni va ta’mirlash ishlarini o‘z vaqtida bajarish;
  • qirg‘oqni mahkamlash va inshoat tubini mustahkamlash ishlarini o‘tkazish;
  • suv chiqarishda va g‘amlashda qonun qoidalarga rioya etishlik (vaqtiga mos ravishda taqsimlanishi);
  • qo‘shimcha suv omborlari yordamida toshqin suvlar oqimini tartibga solib turish:
  • gidrotexnika inshoatlaridagi vaziyatni doimo kuzatib turish;
  • gidrotexnika inshoatlari hududini chet el kishilar kirishidan ishonchli qo‘riqlash;

  • falokatlarga olib keladigan noqulay omillar bo‘lish ehtimolini oldindan aytish taxminlarini tuzish uchun gidrotexnik sharoitni muntazam kuzatib borish


Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling