Mavzu: sanoat kooperartsiyasini rivojlantirish yo`nalishlari
-jadval. Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi faoliyatining asosiy ko`rsatkichlari
Download 97 Kb.
|
SANOAT KOOPERARTSIYASINI RIVOJLANTIRISH YO`NALISHLARI
1-jadval.Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi faoliyatining asosiy ko`rsatkichlari
Aytish joizki, yuqorida ta‘kidlab o`tilgan farmonga muvofiq, ish bilan bandlikning ushbu shaklini rag`batlantirish maqsadida bir qancha quyidagi imtiyoz va kafolatlar ko`zda tutilgan: tovarlar (ishlar va xizmatlar) ishlab chiqarish bo`yicha kasanachilarga buyurtma beradigan korxonalar 2006 yilning 1 fevralidan boshlab 2021 yil 1 yanvarigacha, mehnat shartnomasi asosida kasanachilarga to`lanadigan mablag`larga teng miqdorda, mehnatga haq to`lash fondidan Yagona ijtimoiy to`lovni to`lashdan ozod qilinadi; korxonalarga mehnat shartnomasi asosida kasanachilarga korxonalar buyurtmasi bo`yicha mahsulot ishlab chiqarishni va xizmatlar ko`rsatishni tashkil etish uchun asbob-uskuna, jihozlar va inventarlarni tekin yoki ijara sharti bilan berish, jumladan, lizing (moliyaviy ijara) asosida taqdim etish huquqi beriladi; korxona tomonidan tuzilgan mehnat shartnomasiga muvofiq kasanachilarga korxona buyurtmasi bo`yicha ishlarni bajarish uchun tekin foydalanishga berilgan asbob-uskuna, jihozlar va inventarlar ulardan foydalanish davrida mulk solig`idan ozod etiladi; kasanachilar buyurtmachi-korxonalarning ishlab chiqarish texnologiyasiga to`liq amal qilgan taqdirda, uy sharoitida ishlab chiqarilgan mahsulotlar va xizmatlarni qo`shimcha sertifikatlash hamda standartlash talab etilmaydi; mehnat shartnomasi bo`yicha ishlayotgan korxonalarga kasanachilar tomonidan mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ning qaytarilishi ulgurji savdo hisoblanmaydi va litsenziyalanmaydi; kasanachilar faoliyati buyurtmachi-korxona qonunchilikda belgilangan tartibda tekshirilgandagina nazorat qiluvchi organlar tomonidan tekshirilishi mumkin. Kasanachilikning bir nechta turlari mavjud bo`lib, ular quyidagilarda namoyon bo`ladi: Qo`l mehnatini osonlashtiradigan oddiy moslamalarni qo`llanib bajariladigan qo`l mehnati (qo`lda kashta tikish, to`qish, bichish, mahsulotni qadoqlash, navlarga ajratish, yaroqsizini ajratish, bo`yash va hokazo) Murakkab bo`lmagan asbob-uskunalar qo`llaniladigan tarzda mexanizatsiyalashtirilgan mehnat (tikuvchilik ishlari, sovg`alar ishlab chiqarish, buyumlar yig`ish, mahsulotlarni konservatsiyalash, qandolatchilik mahsulotlarini tayyorlash va hokazo) Korxonaga xizmatlar ko`rsatish bo`yicha uyda bajariladigan ish (oziq ovqat yarim fabrikatlarini tayyorlash, qandolatchilik mahsulotlarini pishirish, kir yuvish va kiyim kechaklarni ta‘mirlash, qoramol boqish va etishtirish ) Telefon, internet kabi aloqa vositalari qo`llaniladigan tarzda masofadan turib bajariladigan ish (ma‘lumotlar tayyorlab berish ishlari, savollarni ko`rib chiqish va ishlash, aholiga telefon orqali masofadan turib ta‘lim xizmatlarini ko`rsatish, o`tkazmalar va shu kabilarni bajarish) Download 97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling