Mavzu: sanoat kooperartsiyasini rivojlantirish yo`nalishlari
Download 97 Kb.
|
SANOAT KOOPERARTSIYASINI RIVOJLANTIRISH YO`NALISHLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sanoatda kooperatsiya tushunchasi va uning shakllari
Mavzu: SANOAT KOOPERARTSIYASINI RIVOJLANTIRISH YO`NALISHLARIReja: Sanoatda kooperatsiya tushunchasi va uning shakllari; Ichki tarmoq va tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasi va uni kuchaytirishda kichik biznes imkoniyatlaridan foydalanish; Sanoatda ishlab chiqarishni mahalliylashtirish. Sanoatda kooperatsiya tushunchasi va uning shakllariSanoatda korxonalar ixtisoslashuvining rivoji ishlab chiqarishni kooperatsiya asosida amalga oshadi. Kooperatsiya - bu ma`lum mahsulot ishlab chiqarish, ish va xizmat bajarishni birgalikda olib borish bo`yicha tarmoqlar va ular korxonalarining davomli ishlab chiqarish aloqalari shakllaridan biri. Kooperatsiyada mahsulot etkazib berish tartibi ishlab chiqarish jarayonida buyurtmachining ma‘lum ishlab chiqarish-texnikaviy topshiriqni bajarishini hisobga olishini talab etadi. Kooperatsiya xom ashyo, yoqilg`i va standartlashtirilgan yarimfabrikatlar hamda buyurtmalarni etkazib berish bosqichlarini qamragan holda moddiy-texnika ta‘minotidan farqlanadi. Kooperatsiya murakkab mahsulotlarni ishlab chiqarishni o`zlashtirishni tezlashtirish, ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanishni yaxshilash bilan bog`liq bo`lgan muhim vazifalarni hal etishga imkoniyat yaratib beradi. Sanoatning rivojlanish davrlarida ishlab chiqarishni kooperatsiyaning bir qancha samarali shakllari vujudga keldi. Ular jumlasiga quyidagilar kiradi: buyumli (agregatli) kooperatsiya; texnologik kooperatsiya; tarmoqlararo kooperatsiya; iqtisodiy rayonlararo kooperatsiya. Buyumli (agregatli) kooperaratsiya - bu mashina va asbob-uskunalar ishlab chiqaruvchi bosh korxonaga turli butlovchi buyum va detallarni etkazib beruvchi korxonalarning faoliyatidan iborat. Masalan, detallar bo`yicha kooperatsiya usulida ixtisoslashgan korxonalar bosh korxonaga sharikopodshipniklar, porshenlar, turli uzellar va asbob-uskunalarning qismlarini etkazib berishlari mumkin. Download 97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling