Nizmoniy nomidagi toshkent davlar pedagogika univeriteti


Download 61.01 Kb.
bet1/6
Sana26.01.2023
Hajmi61.01 Kb.
#1124944
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mumtoz adabiyotda she’riy va nasriy uslub


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA .O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
NIZMONIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAR PEDAGOGIKA UNIVERITETI

Tillar fakulteti o`zbek tili va adabiyoti ta`lim yo`nalishi


308- guruh talabasi Ahmedova Shahnozaning
o`zbek adabiyot fanidan
“Mumtoz adabiyotda she’riy va nasriy uslub” mavzusidagi
KURS ISHI

Toshkent-2023




MUNADJIRA.
KIRISH ……………………………………………………………………3
I.BOB MUMTОZ ADABIYOTDAGI ASОSIY USLUBIY YO`NALISHLAR.
1.1 Mumtoz adabiyotda she’riy va nasriy uslub…………………………..5
1.2 Ilk nasr haqidagi nazariy tushunchalar. ……………………………… 11
II.BOB ILMLAR UCHLIGI VA ULARNING MUMTОZ PОETIKANI O`RGANISHDAGI AHAMIYATI.
2.1 Mumtоz pоetika haqida…………………………………………………17
2.2 Adabiy tur tushunchasi va uning ifоdalanish shakllari. Baytli shе’r shakllari……………………………………………………………………… 28
XULOSA ……………………………………………………………………. 31
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR…………………………………….. 32

KIRISH.
Nasr (arab. — koʻmak, zafar), proza — adabiy tur; vazn va kofiya singari sheʼriyatga xos unsurlarga ega boʻlmagan yozma nutq mahsuli. Yevropa xalqlari adabiyotida boʻlganidek, Sharq xalqlari adabiyotida ham nasr yozma nutq shakli sifatida sheʼriyatga nisbatan kech-rok paydo boʻlgan 5—8-asrlarga oid Urxun-Yenisey yodgorliklarini turkiy xalqlar adabiyotidagi nasrning eng kad. namunalari, deb hisoblash mumkin. Sheʼriyatning rivojlanishi "Qutadgʻu bilig" (Yusuf Xos Hojib) va "Hibat ul-haqoyiq" (Ahmad Yugnakiy) kabi dostonlarning yaratilishi bilan birga 10—12-asrlarda Abdulmuayyad va Abuali Balxiylarning "Shohnoma", Abdulmuayd Balxiyning "Gershaspnoma", Homididdin Balxiyning "Makrmati Homidiy", Saidaddin Muhammad Av-fiy Buxoriyning "Javome ul-hikoyot va lavomeʼ ur-rivoyot" ("Hikoyalar toʻplami va rivoyatlar yolqini") singari nasriy asarlari vujudga keldi. 14-asr boshlarida Rabgʻuziyning "Qisasi Rabgʻuziy", Navoiyning "Mahbub ulqulub" singari nasriy asarlari, ayniqsa, "Boburnoma"ning yaratilishi bilan oʻzbek adabiyotida milliy nasrning asosiy qirralari nurlanib ketdi. Ammo shunga qaramay, hozirgi tushunchadagi nasrning taraqqiyoti bevosita 20-asr bilan — zamonaviy adabiyotning shaklla-nish va rivojlanish davri bilan bogʻliq. Xuddi shu davrda tom maʼnodagi oʻzbek badiiy nasri yaratildi va u adabiy tur sifatida oʻz shoxobchalariga ega boʻldi. 20-asr boshlarida vaqtli matbuotning paydo boʻlishi, gaz. va jur. sahifalarida Choʻlponning "Qurboni jaholat", "Doʻxtir Muhammadyor", Qodiriyning "Juvonboz", "Uloqda" singari hikoyalarining yaratilishi, Hamzaning "Yangi saodat", S. Ayniyning "Buxoro jallodlari", "Odina" qissalari, Qodiriyning "Oʻtgan kunlar" romaniningeʼlon qilinishi bilan zamonaviy realistik oʻzbek nasri uzil-kesil shakllandi. Bu nasr mumtoz oʻzbek adabiyotidagi nasrdan dastavval ijobiy va salbiy qahramonlar obrazi, syujet va kompo-zitsiyasi, badiiy konfliktga egaligi, hayotiy yoki afsonaviy-fantastik vo-qealarni muayyan badiiy til va uslubda tasvirlab berganligi hamda badiiy qonuniyatlarga toʻla rioya etib yozilgan-ligi bilan farqlanadi.
Agar nasriy nutq yangi paydo boʻlganida, sheʼriy nutq singari, jimjimador va balandparvoz boʻlgan boʻlsa, 20-asrning 1-choragiga kelib, ortiqcha hashamlardan xoli boʻla boshladi, realistik tasvirning qonun-qoidalariga tobora boʻysunib bordi. nasrga jonli til xususi-yatlari, prozaizm (maishiy turmush belgilari), dialektizm (shevachilik) unsurlari kirib keldi. Badiiy soddalik, ta-biiylik, real hayotga yaqinlashish nasrning asosiy mezonlariga aylandi. Shu bilan birga yozuvchilar nasrning badiiy nutq koʻrinishi ekanligini ham unut-madilar. Ular xususiy ijodiy uslublari va yozilayotgan asar harakteridan kelib chiqqan holda zarur ritm (ohang)ni tanlab, tasvir vositalaridan samarali foydalandilar va foydalanmoqdalar.



Download 61.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling