Mavzu: Sanoat korxonalarida asosiy fondlarni modernizatsiyalash asosida mehnatning fond bilan qurollanish holatini yaxshilash yo’llari


Ishlab chiqarish quvvatini hisoblash usullari va foydalanishni yaxshilash yo'llari


Download 21.92 Kb.
bet2/3
Sana29.03.2023
Hajmi21.92 Kb.
#1307167
1   2   3
Bog'liq
Sanoat korxonalarida asosiy fondlarni modernizatsiyalash asosida

Ishlab chiqarish quvvatini hisoblash usullari va foydalanishni yaxshilash yo'llari


Ishlab chiqarish dasturining korxonada mavjud bo'lgan quvvatlarga mos
kelishini aniqlash uchun, o'rtacha yillik ishlab chiqarish quvvati hisoblab topiladi.
Uni hisoblash uchun quyidagi formuladan foydalaniladi:
л j , , Mv x n1 Mt x n2
M . ., = M + —v 1 l 2
ory n 12 12
bu yerda: Mo yyil - korxonaning o'rtacha yillik quvvati;
Mn - korxonaning yil boshidagi quvvati;
Mv - yil mobaynida kiritiluvchi quvvati;
Ml - yil davomida ishlab chiqarishdan chiqariluvchi (yo'q qilinuvchi) quvvat;
n1, n2 - ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirishdan yoki tugatilgan ishlab chiqarish quvvatlari yo'q qilingandan to yil oxirigacha o'tgan to'liq oylar soni.

Xulosa
Bugungi bozor iqtisodiyoti sharoitida chegaralangan resurslar doirasida mavjud barcha resurslardan oqilona foydalanish korxonalar ish samaradorligini oshirishning muhim omili sanaladi. Shu boisdan, paxta tozalash korxonalarida ham ishlab chiqarish quvvatidan imkon boricha maksimal foydalanish zarur bo'ladi.
Ishlab chiqarish quvvatidan foydalanish deganda qo'shimcha mablag'larni jalb etmasdan mahsulot hajmi va sifati oshishi, uni ishlab chiqarish xarajatlarining pasaytirilishi tushuniladi. Bu esa, o'z navbatida mavjud asbob-uskunalardan ekstensiv va intensiv foydalanish orqali erishiladi.
Asbob-uskunlardan ekstensiv foydalanishdagi qo'shimcha imkoniyatlar paxta tozalash korxonalarida kapital ta'minlashga ajratilgan vaqtni qisqartirish, ish jarayonida ichki to'xtashlarni kamaytirish, rejadan tashqari to'xtashlarni bartaraf etish orqali yillik foydali vaqtdan to'liq foydalanish hisoblanadi.
Asbob-uskunalar unumdorligini oshirish tadbirlarini amalga oshirish paxta tolasi va boshqa qo'shimcha mahsulotlar sifatining doimiy oshib borishini ta'minlash bilan uyg'un ravishda bo'lmog'i lozim. Ushbu paxta tozalash korxonalari texnologik jarayonini takomillashtirish, texnologik asbob-uskunalar asosiy qismlari konstruktsiyasini yaxshilash paxta xom-ashyosini qurilish va tozalash hamda tola tozalash uskunalarining zamonaviy turlarini yaratish orqali erishiladi.

Download 21.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling