Mavzu: Sanoat korxonalarida mehnat gigiyenasi va ishlab chiqarish sanitariyasi Reja


Ishlab chiqarishda xonalarni isitish va havosini almashtirish


Download 87 Kb.
bet4/6
Sana10.02.2023
Hajmi87 Kb.
#1183354
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Ma`ruza Mavzu. IshLab chiqarish sanitariyasi va mehnat gigienasi

4.Ishlab chiqarishda xonalarni isitish va havosini almashtirish
Ishlab chiqarish binolari va texnika vositalari kabinalarida mikroiqlimni ta’minlovchi elementlarni omillari qo‘shimcha uskuna va vositalar yordamida amalga oshiriladi. Ishchi hududdagi temperaturani me’yor darajasiga etkazish –yilning sovuq paytlarida isitish uskunalari kalarefir va ventilyator, batareyalarga bug‘ni bosim ostida haydab berish, yoqish pechlari va individual isitish uskunalri yordamida amalga oshiriladi va aksincha yilning issiq paytlarida ishchi hududda havoni sovitish maqsadida, qo‘shimcha sovitilgan havo markazlashgan shamollatgichlar yordamida va individual shamollatgichlar yordamida amalga oshiriladi.
GOST 12.1.005-86 talablariga asosan ish joylarida me’yor darajasidagi sharoitlarni yaratish uchun isitish jarayonidan keng foydalanadilar. Ish joylarini isitish mahalliy yoki markazlashgan holda bo‘lishi mumkin. Qishloq xo‘jaligida mahalliy isitish tizimi asosan qishloq xo‘jaligi texnikalarini kabinalarini isitish uchun va ishlab chiqarishdan uzoq bo‘lgan maydoni 500m2 dan ko‘p bo‘lmagan binolarni isitish uchun qo‘llaniladi. Boshqa hollarda markazlashgan isitish tizimidan foydalanadilar.
Issiqlikni etkazuvchi vosita sifatida suv, bug‘, yoki havo ishlatilishi mumkin. Ma’lumki suv va bug‘ maxsus bug‘ qozonlari yordamida va muhitni quvurlar yoki radiatorlar orqali isitiladi. Havoni qizdirish esa kaloriferlarda, issiq suv, bug‘ va yelektr toki yordamida amalga oshiriladi. Mehnat muhofazasi talablaridan kelib chiqqan holda binolarni isitish mavsumi davomida binoning barcha joylarida havoni isitilishi teng va bir me’yorda bo‘lishi, yong‘in va portlash xavfidan xoli bo‘lishi, ta’mirlashda va foydalanishda qulaylik talablariga javob berishi kerak.
Qishloq xo‘jaligi texnikalari kabinalarini isitish uchun havo yordamida isitish tizimi keng qo‘llaniladi.
Havoning nisbiy namligi va tozaligi markazlashgan havo almashtirgichlar (ventilyatsiya) tizimi yordamida amalga oshiriladi va havoning harakatlanish usuliga ko‘ra tabiiy va mexanik shamollatishlar bo‘ladi. Tabiiy shamollatishda xonaga havo tabiiy kuchlar - gravitatsion (issiqlik) va shamol bosimi ta’sirida kiradi. Gravitatsion bosim sovuq va issiq havoning solishtirma og‘irliklaridagi farq natijasida yuzaga keladi.
Barcha ishlab chiqarish binolarining havosini tozalab turish tabiiy va mexanik shamollatish usullari yordamida amalga oshiriladi. Buning uchun binoni loyihalanayotganda derezalar va devorlarda derazachalar, ventilyatsiya kanallari, quvurlar, derazalar, eshiklar o‘rnatiladi. Ularning hajmi, binoning umumiy hajmiga nisbatan 2% ni tashkil qilishi kerak. Agar tabiiy ventilyatsiyaning samarasi kam bo‘lsa binoning ichki havosini tozalash maqsadida mexanik ventilyatsiyadan foydalaniladi.

Download 87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling