Mavzu: sanoat korxonalarining innavatsion faoliyati samaradorligini oshirish


O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan investitsiya siyosati


Download 22.64 Kb.
bet2/4
Sana30.04.2023
Hajmi22.64 Kb.
#1412868
1   2   3   4
Bog'liq
Sanoat korxonalarining innavatsion faoliyati samaradorligi

2. O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan investitsiya siyosati
Mamlakatimizda iqtisodiyotning chet el investitsiyalarini jalb etish-bu nafaqat xorijiy sheriklar bilan hamkorlikda yangi, istiqbolli loyihalarni amalga oshirish, ayni paytada-bu avvalo yangi zamonaviy texnika, dastgoh va uskunalar, texnologiya va nou-xaularni joriy etish, shu asosda ishlab chiqariladigan mahsulotlarimizning yuksak sifatini ta’minlashga qaratilgan. Eng muhim, chetdan imtiyozi sarmoyalarni olib kelish - bu pirovard natijada mamlakatimizda raqobatga bardoshli, kuchli iqtisodiyotni barpo etish va jahon bozorida o‘z munosib o‘rnimizni egallashga qodir bo‘lish demakdir.
O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan investitsiya siyosatining o‘ziga xos xususiyati mahalliy xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlashni ta’minlaydigan, yuqori texnologiyalarga asoslangan yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etishga qaratilgan investitsiya loyihalariga ustuvor ahamiyat berilayotganida namoyon bo‘lmoqda.
2016-yilda iqtisodiyotimizning yetakchi tarmoqlarida zamonaviy yuqori texnologiyalarga asoslangan uskunalar bilan jihozlangan, umumiy qiymati 7 milliard 400 million dollarga teng bo‘lgan 158 ta yirik obyekt foydalanishga topshirildi.
Tahlilar shuni ko‘rsatadiki Davlat byudjeti hisobidan jami investitsiyalarni 24,3 foizi Davlat 0,7 foizi nodavlat korxonalari ulushiga teng. CHet el investitsiyalari va kreditlarining hisobidan 13,5 foizi Davlat korxonalari, 21.5 foizi nodavlat korxonalariga berilgandir.
Investitsiyalardan (kapital o‘o‘yilmalardan) foydalanishning asosiy yo‘nalishlari quyidagilar hisoblanadi:
-yangi qurilish;
-korxonani kengaytirish va qayta tiklash;
- ishlab chiqarishni zamonaviylashtirish va texnik jihatdan qayta qurollashtirish;
- harakatdagi quvvatlarni takomillashtirish.
Yangi qurilishga yangi maydonlarda maxsus ishlab chiqilgan loyihalar asosida o‘uriluvchi korxona, bino, inshoot va qurilmalar mansubdir.
Faoliyat yuritatgan korxonani kengaytirish qo‘shimcha ishlab chiqarish majmualarining navbatdagi qismlarini yangi loyiha asosida qurish yoki asosiy, qo‘shimcha, yordamchi va xizmat ko‘rsatuvchi ishlab chiqarishning amaldagi sexlarini kengaytirish yoki qurishni anglatadi. U asosan, faoliyat yuritayotgan korxona hududida yoki unga tutash maydonlarda amalga oshiriladi.
Qayta tiklash – bu, faoliyat yuritayotgan korxonani ma’naviy va jismoniy eskirgan qurilma va asbob-uskunalarni ishlab chiqarishni mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish, texnologik bo‘g‘inlar va yordamchi xizmatdagi nomutanosibliklarni yoqotish yo‘li bilan almashtirish rdamida to‘liq yoki qisman o‘zgartirishni anglatadi. Qayta tiklashda eski sexlar o‘rniga yangi sexlarni qurishga ruxsat beriladi.
Texnik qayta qurollantirish alohida chiqarish turlarini zamonavviy talablarga asosan yangi texnik va texnologiyalarni kiritish, ishla chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish, eskirgan qurilma va uskunalarni yangilash va almashtirish, ishlab chiqarishni tuzilmasi va tashkil etilishini yaxshilash yo‘li bilan, korxonaning texnik darajasini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar majmuasidir. U ishlab chiqarish intensivligini kuchaytirish, ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish va ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini yaxshilashga yo‘naltirilgan.
Moliyaviy resurslar va er tanqisligi sharoitlarida, ikkinchi tomondan esa, mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish uchun yangi qurilishni nisbatan cheklangan holatda, asosan juda zarur hollardagina amalga oshiriladi. SHu sababli bugungi kunda investitsiyalarning eng ko‘p tarqalgan yo‘nalishlari sifatida, umuman olganda yangi turdagi mahulot ishlab chiqarishni ham ko‘zda tutuvchi mavjud ishlab chiqarishni kengaytirish, qayta tiklash va texnik jihatdan qayta qurollantirishni ko‘rsatish mursatish mumkin.


Download 22.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling