Мавзу. Sanoat korxonalarining mehnat resurslari


Mehnatga akkord haq to’lash tizimi


Download 241.99 Kb.
bet7/37
Sana08.03.2023
Hajmi241.99 Kb.
#1253545
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   37
Bog'liq
5маруза.сирткигаdocx

Mehnatga akkord haq to’lash tizimi. Mehnatga ishbay haq to’lashning bir turi bo’lib, uning mohiyatiga ko’ra, bunda bajarilishi kerak bo’lgan ishlarni muddatini ko’rsatgan holda baholash amalga oshiriladi.
Korxonada quyidagi hollarda akkord haq to’lash tizimidan foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi:

  1. korxona biron-bir buyurtmani o’z vaqtida bajara olmasa va buning uchun shartnomaga asosan yirik miqdorda jarima to’laydigan bo’lsa;

  2. korxonaning to’xtab qolishiga sabab bo’luvchi favqulodda vaziyatlar (yong’in, sel, zilzila, suv toshqini yoki jiddiy sabablarga ko’ra asosiy texnologik liniyalarning ishdan chiqish hollari) ro’y berganda;

  3. alohida ishlarni bajarishga o’ta zarurat tug’ilganda yoki korxonada yangi asbob-uskunalar ishga tushirilganda.



Nazorat savollari

  1. Bozor munosabatlari sharoitlarida korxonaning kadrlar siyosatini qay tarzda tasavvur qilasiz?

  2. Kadrlar tuzilmasi deganda nima tushuniladi va uni belgilab beruvchi omillar qanday?

  3. Kаdrlar faoliyatini rejalashtirish deganda nimani tushunasiz?

  4. Ish haqi tushunchasi va mohiyati.

  5. Real ish haqi nominal ish haqidan nimasi bilan farq qiladi?

  6. Mehnatga haq to’lashning qanday tizim va shakllarini bilasiz?

  7. Qaysi hollarda vaqtbay va ishbay haq to’lashdan foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi?

Korxonalarda ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish
REJA:
1. Ishlab chiqarishni tashkil etish asoslari
2. Tashkiliy tuzilmalar
3. Ishlab chiqarish jarayonlarini ko’rinishlari.
4. Ishlab chiqarish korxonasining oqilona tashkiliy strukturasini shakllantirish


Ishlab chiqarishni tashkil etish asoslari
Tashkilot doimo mehnat jamoasini barcha a’zolari bir umumiy maqsadga ega. Bir necha o’zaro bog’liq maqsadga ega bo’lgan tashkilot –murakkab tashkilot deyiladi.
Amaliyotda rejalash jarayonida rahbariyat tashkilot maqsadni ishlab chiqadi va uni tashkilot a’zolariga etkazadi. Ammo bu jarayon bir tomonlama bo’lmay taktik maqsadlarni ishlab chiqishda mehnat jamoasining barcha a’zolari qatnashdi.
Maqsadni birgalikda belgilash tartibi bosh motiv bo’lib, u tashkilotning bosh motivi va muvofiqlashtiruvchi kuchdir, chunki uning natijasida tashkilotning har bir a’zosi nimaga intilishini biladi.
Tashkilotning hayot stikli:
Tashkilot “hayoti” inson hayotiga o’xshash bo’lib har qanday mehnat predmeti va xizmatining yashash davriga ega. Uni o’zining fazalari va rivojlanish xususiyaiti mavjud.
Tashkilotning hayot stikli konstepstiyasiga muvofiq uning barcha faoliyati u tug’ilishidan boshlab hayotini to’xtash yoki tubdan modernizastiyalash (takomillash)gacha qator bosqichlarni bosib o’tadi. Ularning har biri ma’lum maqsadlar, belgilar, boshqarish uslubi vazifasi va mehnatni tashkil qilish kabi 5 fazadan iborat.
1-faza. Tashkilotning tug’ilishi.
Unda yashab qolishdan iborat bosh maqsadni belgilash; boshqarish uslubi inqirozi; asosiy vazifa, bozorga chiqish; mehnatni tashkillash-foydani yuqori darajaga ko’paytirishga intilish.
2-faza. Bolalik va yoshlik.
Asosiy xususiyatlar: bosh maqsad- qisqa muddatli foyda vatez o’sish; qattiq rahbarlik hisobiga yashash; asosiy vazifa mustahkamlanish va bozorning ma’lum qismini egallash; mehnatni tashkil qilish, foydani rejeleshtirish, xizmat va maoshni oshirish.
3- faza. Etuklik.
Bosh maqsad tizimli muvozanatli o’sish va shaxsiy shakillanish; vakolatlarni berish orqali rahbarlik samaradorligi; asosiy vazifa- turli yo’nalishlar bo’yicha o’sish; bozorni egallash, turli manfaatlarni hisobga olish, mehnatni tashkil qilish-taqsimot va kooperastiya, shaxsiy natija uchun mukofot.
4-faza. Tashkilotning qarishi.
Mohiyati bo’yicha etuklikning eng yuqori darajasi. Tashkilotning rivojlanishida bosh maqsad-erishilgan natijalarni saqlash, boshqarish sohasida samarali harakatlarni moslash orqali erishiladi; asosiy vazifa-barqarorlikni ta’minlash, mehnatni erkin rejimda tashkil etish, foydada qatnashish.
5-faza. Tashkilotning tiklanishi (qaytatug’ilishi).
Bosh maqsad- barcha funkstiyalar bo’yicha jonlanishni ta’minlash: jamoatchilik hisobiga o’sish; bosh vazifa-yosharish; mehnatni tashkil qilishsohasida-ITTKI (ilmiytajriba tadqiqot kostruktorlik ishlari) tadbiq qilish, jamoaviy mukofatlash.



Download 241.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling