Mavzu: sanoat korxonalarning mineral xomashyolariga qoʻyilgan talablar. Reja
Download 12.66 Kb.
|
mineral3
MAVZU:SANOAT KORXONALARNING MINERAL XOMASHYOLARIGA QOʻYILGAN TALABLAR. REJA: 1.Sanoatda xom ashyo, uning xususiyatlari va turkumlanishi 2.Sanoat ishlab chiqarishning mineral xom ashyo manbai 3.Resurslar tejamkorligining strategiyasi va taktikasi. Sanoatda xom ashyo, uning xususiyatlari va turkumlanishi Qayta ishlovchi barcha sanoat tarmoqlarining ishlab chiqarish jarayonida qatnashuvchi elementlardan biri xom ashyodir, chunki xom ashyosiz hech qandaymahsulot ishlab chiqarish mumkin emas.
Sanoatning qayta ishlovchi tarmoqlarida xom ashyo va yoqilg‘I xarajatlari ishlab chiqarishga sarflangan xarajatlar hajmida eng katta salmoqqa egadir. Shuning uchun sanoat korxonalari faoliyatining iqtisodiy ko‘rsatkichlari ko‘p jihatdan tayyor mahsulot ishlab chiqarish uchun ketgan xom ashyo va yoqilg‘I xarajatlari darajasiga bog‘liq bo‘ladi. Sanoat mahsuloti tannarxida xom ashyo, yordamchi materiallar va yoqilg‘I xarajatlari butun sanoat bo‘yicha o‘rtacha 70 foizni tashkil etadi. Shuning uchun xom ashyoni tejab ishlatish sanoat mahsuloti tannarxini pasaytirishda, ishlab chiqarish quvvatlaridan yaxshi foydalanishda va ishchilar mehnatining unumdorligini oshirishda katta rol o‘ynaydi. Material ko‘p sarflanadigan tarmoqlarda xom ashyo va materiallardan oqilona foydalanish mahsulot tannarxini pasaytirishning asosiy manbaidir. Mashina va uskunalarning unumli ishlashi va tayyor mahsulot ishlab chiqarish uchun vaqtning sarflanish darajasi xom ashyo sifati va uning turiga bog‘liq. Xom ashyolar xilma-xil bo‘lib, ular quyidagi turlarga bo‘linadilar: sanoat xom ashyosi; qishloq xo‘jaligi xom ashyosi. Sanoat xom ashyosi turli belgilariga ko‘ra quyidagicha turkumlanadi: kelib chiqishiga ko‘ra - tabiiy va sun’iy; agregat holatiga ko‘ra - qattiq, suyuq hamda gazsimon; Kimyoviy tarkibiga ko‘ra – organik va anorganik; shlatilishiga ko‘ra – ozuqa bop va texnik. Qishloq xo‘jaligi xom ashyosi ikki turga - o‘simliklardan olinadigan xom ashyolar va hayvonlardan olinadigan xom ashyolarga bo‘linadi.Yer ostidan qazib olinadigan mineral birikmalar mineral xom ashyolar deyiladi. Ular uch turga bo‘linadi: a) rudali; b) rudasiz; v) yonuvchi mineral xom ashyolar. .Sanoat ishlab chiqarishning mineral xom ashyo manbai Mineral xom ashyo-konlardan qazib chiqariluvchi turli foydali qazilmalardir. O‘zbekistonning yer qa’ri foydali qazilma turlariga juda boy. Hozirgacha saqlangan ko‘xna konlar va ularning qoldiqlari O‘zbekison hududida konchilik qadimdan rivojlanganidan dalolat beradi1. Hozirgi kungacha mamlakatda 3000 dan ortiq foydali qazilma koni aniqlangan bo‘lib, ularning 1100 tasi qazib olishga tayyor, xususan olganda, ularning 50 tasi asl, 41 tasi rangli, nodir radioaktiv va qora metallar, 187 tasi yoqilg‘i-energetika, 19 tasi kon-kimyo, 45 tasi konchilik xom ashyosi, shuningdek, qurilish materiallari, yer osti suvlari va boshqa foydali qazilma konlaridan iborat. O‘zbekiston yer osti boyliklari istiqboli juda ulkan. Respublika hududining faqat 20-25 % maydonida geologik qidiruv ishlari olib borilgan. O‘zbekiston hududida sanoat ahamiyatiga ega 90 ga yaqin neft konlari ochilgan bo‘lib, ulardan 36 tasi neft, 24 tasi neft-gaz va gaz-neft, 26 tasi neft-gaz kondensat konlari toifasiga kiradi. Mamalakatdan neft va gaz Farg‘ona, Surxondaryo, Hisor, Buxoro, XIVa va Orol-Ustyurt regionlarida topilgan. Asl metallarga oltin, kumush, ruteniy, radiy palladiy, osmiy, iridiy va platinalar kiradi. O‘zbekistonda shulardan faqat oltin va kumush toza holda qazib olinadi, boshqalari esa turli rudalardan ajratib olinadi. Aniqlangan oltin zahiralari bo‘yicha O‘zbekiston jahonda to‘rtinchi, qazib olish darajasi bo‘yicha to‘qqizinchi o‘rinda turadi. Bu yerda oltinning 50 dan ortiq konlari qidirib topilgan. Uning asosiy zahiralari Markaziy Qizilqumdagi Muruntov oltin koni butun Yevro osiyo qit’asida ma’lum va mashhur. Uning rudasi tarkibida oltin miqdori yuqori hisoblanadi. Keyingi yillarda Toshkent, Samarqand viloyatlarida yangi oltin ruda konlari qidirib topildi. O‘zbekistondagi hozirgacha qidirib topilgan oltin zahiralari 4 ming tonnadan oshadi. Respublikada umuman olganda 26 ta kumush koni aniqlangan. Ular asosan Qizil qum va Chotqol-Qurama tog‘lari hududlarida to‘plangan. Rangli metallarning eng muhim turlari hisoblangan uran va mis zahiralari bo‘yicha O‘zbekiston jahonda yettinchi o‘rinni egallaydi. Uranning razvedka qilingan zahiralari aniqlangan, vulkonogen jinslarda topilgan bo‘lib, mezozoyning qum toshli tipiga mansub. Uran bilan yo‘ldosh reniy, skandiy va boshqa metallar uchraydi. Shuningdek, mis, qo‘rg‘oshin, qalay, volfram va litiy kabi muhim strategik ahamiyatga ega nodir va rangli metallarning yirik konlari bor. Respublikamizda har yili 90 ming tonnaga yaqin mis ishlab chiqariladi. Amaldagi ishlab turgan konlar misni yana 40-50 yil, qo‘rg‘oshin va qalayni 100 yil mobaynida ishlab chiqarishni ta’minlashga qodir.Rangli metallar zahiralari asosan Olmaliq kon rayonida joylashgan. Qalmoqqir mis koni noyob hisoblanadi. Bu konning rudasini qayta ishlash mamalakatdagi eng yirik korxonalardan biri Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida amalga oshiriladi. Shuningdek, bu sanoat rayonida mis, molibden, oltin, kumush, reniy, tellur, selen va boshqa katta zahiralarga ega bo‘lgan Dalniy koni bor. Mamlakat hududida 100 dan ortiq qo‘rg‘oshin va ruh konlari mavjud bo‘lib, ular asosan Olmaliqdagi Qo‘rg‘oshin kon, Jizzax viloyatidagi Uchquloch va Surxondaryo viloyatidagi Xondiza konlaridan olinadi. Bu konlarda yana yo‘ldosh metallar – mis, kumush, kamdiy, selen, oltin va indiy ham uchraydi. O‘zbekistonda molibdenli formatsiyalar ham bor. Chotqol-Quramatog‘lari vismutga boy. Janubiy Farg‘ona belbog‘ining o‘zidan 100 dan ortiq simob va 10 dan ortiq surma rudalanishlar aniqlangan. Respublika nodir metallarning eng muhim turi hisoblanadigan volframning 7 ta koni va 200 dan ziyod ruda belgilari mavjud yerlari aniqlangan. Volfram ob’ektlari Toshkent oldi, Samarqand va Qizilqum hududlarida to‘plangan. Qorametallardan eng ko‘p tarqalganlari temir, titan, marganets, magniy, xrom va boshqalardir. Temirning bir necha konlari va ruda ko‘rinishlari aniqlangan. Ular orasida muhimi Qoraqalpog‘iston Respublikasida Tebin buloq titan-magniy koni hisoblanadi. Marganets konlari Zarafshon, Qora tepa, Lola buloq va boshqa joylarda mavjud. Magmatik xrom Qizilqumda, Farg‘onada, ayniqsa, Tomdi tovva Sulton Uvaysda ko‘plab uchraydi. O‘zbekistonda nometall xom ashyo-glaukonit, dalashpati, vallastonit, grafit, asbest, talk, talktoshi, abrazivlar, qimmatbaho va ishlov beriladigan toshlar konlari ko‘p. Vollastonitning 5 ga yaqin ko‘rinishi va konlari aniqlangan. Resurslar tejamkorligi strategiyasi va taktikasi Ma’lumki, har bir davlat va xo‘jalik yurituvchi sub’ekt uchun resurslar tekin emas. Ular o‘z maqsadlariga erishishda strategiya va taktikadan foydalanadilar. Bundan ko‘zlangan maqsad, ishlab chiqarish uchun sarflanadigan xomashyo xarajatlarini kamaytirish va shu orqali foydani ko‘paytirishdir. Izlanishlar qo‘llanilgan strategiya va taktikaning xomashyo xarajatlarini kamaytirishdagi so‘nggi bosqichi va muqobil yo‘li resurslar tejamkorligi ekanligini ko‘rsatmoqda. Resurslarni tanlash muqobilligi undan foydalangan sohalarda quyidagi vazifalarni hal qiladi: -xarajatlarning kamayishi va ishlab chiqarilgan mahsulot sifatining oshishi; -alohida tovarlar va mahsulotlar assortimenti bilan bozorga kirib borish va o‘z o‘rnini egallash; -mahsulot sifatida aniq ustunlikka erishish;-iqtisodiyotdagi kabi texnologiyada ham peshqadamlik mavqeiningo‘sishiga intilish;-dinamikani hisobga olgan holda mavjud resurslardan yaxshiroq foydalanish va xo‘jalik faoliyatidan foydaolish. Muqobillik (bir-biriga zid ikki yo‘ldan birini – yo unisini, yo bunisini tanlab olish zaruriyati) shuningdek, resurslardan foydalanish strategiyasi vtaktikasiningtarkibiy qismi hisoblanib, ishlab chiqarishda iqtisodiy tejamkorlik va samaradorlik oshishiga olib keladi. Modomiki, strategiya va taktika har qanday ishda, shuningdek, moddiy, moliyaviy va boshqa resurslardan foydalanishda birinchi navbatda, xodimlardan tegishli bilim va ish malakani, resurslardan foylanishda mas’ullikni, bozor iqtisodiyoti sharoiti shartlarini va fan-texnika yangiliklaridan voqiflikni, ilmiy tadqiqot va ularning yechimlarini teran anglashni talab qiladi. Rejali iqtisodiyot sharoitida resurslar davlatga qarashli bo‘lib, ularni bepul va qaytarib olmaslik qoidasi asosida hududlarga, tarmoqlarga va korxonalarga taqsimlanardi. Bozor iqtisodiyoti sharoiti resurslarga va ulardan foydalanishga bo‘lgan talab kuchayayotganligi bois bunday vositalarni tejamkorlik bilan ishlatishni taqozo etmoqda. Sobiq ittifoqda barcha resurslar davlat tomonidan bepul taqsimlanganligi uchun resurslar amaliyotda emas, balki hujjatlarda «tejalardi». Endilikda bu masala oldingidek, “yuqori”ning ko‘rsatmasi bilan emas, har bir xo‘jalik yurituvchi sub’ektning samaradorlikni oshirishga bo‘lgan qiziqishi asosida hal etilmoqda. Hozirgi sharoitda qaysi mahsulotni, qancha va kimga ishlab chiqarishginaas, shu bilan birga bu mahsulotni ishlab chiqarishga qancha resurs va mablag‘talab qilinishi ham ko‘pgina korxonalar uchun asosiy masalaga aylanmoqda. Download 12.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling