Mavzu: sanoatni tartibga solish va tarmoq muassalari faoliyati ustidan nazorat
Download 1.4 Mb.
|
Ummatov Bekzod
- Bu sahifa navigatsiya:
- SANOATNING TARTIBGA SOLISHNING OBYEKTIV ASOSLARI
MAVZU: SANOATNI TARTIBGA SOLISH VA TARMOQ MUASSALARI FAOLIYATI USTIDAN NAZORATREJA:
SANOATNING TARTIBGA SOLISHNING OBYEKTIV ASOSLARIBazel qo‘mitasi aniqlab bergan barcha tartibga soluvchi chora-tadbirlar islomiy moliya muassasalari uchun zarur hisoblanadimi degan savol tug‘iladi. Birinchidan, tizimli mulohazalar mavjud. Shu bilan bir vaqtda, korporatsiyaning inqirozi uning egalariga ta’sir ko‘rsatgani sababli, ular doim hushyor bo‘lishlari tabiiy hol, bankning inqirozi butun to‘lov tizimining barqarorligi va sog‘lomligiga, shuningdek, umuman iqtisodning rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadi. Ikkinchidan, bu himoya qilinishi lozim bo‘lgan talab qilib olguncha depozitlar omonatchilarining manfaatlaridir. Islomiy va an’anaviy banking tabiati o‘rtasidagi tafovut tartibga solish me’yorlari va ularni ijro etish samaradorligini ta’minlashdagi muvofiq nazorat zaruriyatini kamaytirmaydi. SANOATNING TARTIBGA SOLISHNING OBYEKTIV ASOSLARI Tartibga solishdagi ushbu chaqiruv qandaydir yangilik emas. Bu 1981 yildayoq, Islom konferensiyasi tashkiloti a’zo mamlakatlarining mone- tar hokimiyati va Markaziy banklari boshqaruvchilarining 1981 yil 7–8 mart kunlari Xartumda o‘tkazilgan uchrashuvida ular tomonidan tasdiqlangan «Islomiy banklar taraqqiyotini olg‘a surish, nazorat va tartibga solish» batafsil hisobotida amalga oshirilgan edi. BAZEL QO’MITASI Banklarni tartibga solish va nazorat qilish jarayoniga aktiv ta’sir qiluvchi – xalqaro standartlarni joriy qiluvchi muhim tashkilot bank nazorati bo‘yicha Bazel qo‘mitasidir. Qo‘mita 1974 yilda G10 davlatlari markaziy banklari tomonidan Shveysariyaning Bazel shahrida Xalqaro hisob-kitoblar banki (Bank for International Sattlements) qoshida tashkil etilib, dastlabki hujjatni (Concordat on cross-border supervision) 1975 yilda chop qildi. Bazel qo‘mitasi o‘zi ishlab chiqadigan standartlarni boshqa xalqaro me’yorlarni ishlab chiquvchi tashkilotlarning talablariga muvofiqlashtirish maqsadida jahonning ko‘plab tashkilotlari bilan hamkorlik qiladi Download 1.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling