Mavzu: sanoatni tartibga solish va tarmoq muassalari faoliyati ustidan nazorat


IXT GA A’ZO MAMLAKATLARDA ISLOMIY BANKLAR USTIDAN NAZORAT


Download 1.4 Mb.
bet2/5
Sana05.02.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1168420
1   2   3   4   5
Bog'liq
Ummatov Bekzod

IXT GA A’ZO MAMLAKATLARDA ISLOMIY BANKLAR USTIDAN NAZORAT


IHT aksariyat mamlakatlarida Bazel qo‘mitasining asosiy tamoyillarini o‘z ichiga olgan, xatarni hisobga olgan holda kapitalga belgilangan talablar eng quyi darajasi hamda buxgalteriya hisobining xalqaro standartlari (IASC) qabul qilingan. Ayrim mamlakatlar xalqaro standartlarni qabul qilish uchun test dasturlarini amalga oshiradilar,lekin islomiy moliyalashtirish usullariga ko‘ra tashkil etilgan aktivlarni xatar darajasi bo‘yicha baholashdaduch keladigan ayrim qiyinchiliklar to‘g‘risida xabar beradilar.
IORDANIYA
Iordaniya Markaziy banki tomonidan tartibga solinadi.Brokerlik firmalari va banklar uchun tartibga soluvchi alohida tashkilotlar mavjud. Islomiy bank fiqhi mavjud.Dualistik bank tizimiga ega. Alohida shariat kengashimavjud bo‘lishi talab etiladi. Jamlanma nazorat tashkil etilgan.Kapitalga nisbatan Bazel talablari va asosiy qoidalar qabul qilingan.Buxgalteriya hisobi Xalqaro standartlari qabul qilingan
 
ITBga a’zo ayrim mamlakatlar nazorat tizimi va islomiy bank faoliyatining tafovutli xususiyatlari
QATAR
Qatar Markaziy banki tomonidan tartibga solinadi. Dualistik bank tizimiga ega. Yagona tartibga soluvchi faoliyat ko‘rsatadi. Alohida bank qonunchiligi mavjud. Islomiy banklar ustidan nazorat Markaziy bankning maxsus direktivalari orqali amalga oshiriladi. Banklar uchun alohida shariat kengashlari bo‘lishi majburiydir.Islomiy banklar shaffofligi uchun standartlashgan talablar mavjud

ITBga a’zo ayrim mamlakatlar nazorat tizimi va islomiy bank faoliyatining tafovutli xususiyatlari


MALAYZIYA
Malayziya Markaziy banki (BNM) tomonidan tartibga solinadi. Moliyaviy sektorning rivojlantirish asosiy ko‘rsatkichlari uzoq muddatli strategiyaga muvofiq amalga oshiriladi. Sug‘urta kompaniyalari va banklar bir tashkilot tomonidan, brokerlik kompaniyalari alohida tashkilot tomonidan tartibga solinadi. Xususiy banklar mavjud. Bank tizimi dualistik andozaga ega.
 
Sudan Markaziy banki tomonidan tartibga solinadi. Birdarajali (islomiy) bank tizimiga ega. Islomiy bank qonunchiligi amal qiladi. Banklar uchun alohida shariat kengashi majburiydir, shuningdek, Markaziy bank ham shariat kengashiga ega. Tartibga solish va nazorat davlat siyosati bilan ta’minlanadi.

Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling