Mavzu: Saqlagich va avtomatlarni tanlash va ularning turlari


Download 123.99 Kb.
bet2/2
Sana12.03.2023
Hajmi123.99 Kb.
#1264166
1   2
Bog'liq
Saqlagich va avtomatlarni tanlaSh va ularning turlari

Termobimetall saqlagichlar. Avtomobillarda uzluksiz va bir marta ishlaydigan termobimelall saqlagichlar ishlatiladi. Bu turdagi saqlagichlar yuklama nominal qiymatidan 150% ga ortganda zanjirni uzadi. Saqlagich ta'sirlashish vaqti 20 s dan oshmaydi. Uzluksiz ishlaydigan bimetall saqlagichlar ko'proq yoritish va oynatozalagich zanjirlariga o’rnatiladi.


Termobimetall saqlagich

Saqlagich himoya Zanjiriga chiqish joyi I orqali ulanadi. Kontakt plastinalar 2 bir-biridan qalin qog'oz 3 bilan izolatsiyalangan. Kontakt plastinkalarga o'rnatilgan kumush kontaktlar 4 elastik bimetall ptastina 5 ning tarangligi hisobiga tutashib turadi. Plastina 5 tayanch 7 dan plastmassa shaybalar 6 bilan ajratilgan.


Uziliksiz ishlaydigan saqlagichlarning ishlash printsipi quyidagicha. Tok nominal qiymat doirasida bo’lganda plastina 5 uncha qizimaydi va deyarii deformatsiyalanmaydi. Bu holda kontoktlar tutash bo'ladi. Zanjirdagi tok chegaraviy qiymatdan oshganda bimetall plastina qizib deformatsiyalanadi va kontaklarni uzadi. Kontaktlar uzilgandan keyin bimetall plastinadan tok o'tmaydi va u soviydi. Natijada kontaktlar yana tutashadi. Kontaktlarni uzilib-tutashish jarayoni zanjirdagi tokning oshib ketishi sababi bartaraf qilinmagunicha uzluksiz davom etadi.

Eruvchan saqlagichlar


Eruvchan saqlagichlar shishadan, chinnidan yoki sapoldan yasaladi. Eruvchan saqlagichning ichiga ingichka mis simdan iborat bo‘lgan o‘tkazgich joylashtirilgan va idishning ichi to‘ldirilib kichik qum zarrachalari bilan to‘ldirilgan. Agar elektr iste’molchida nosoz holat bo‘lsa yoki tarmoqda qisqa tutashuv bo‘lsa eruvchan saqlagichdagi ingichka sim uziladi va yoy hosil bo‘ladi idish ichidagi mayda qum zarrachalari shu yoyni so`ndirish uchun hizmat qiladi.

Xulosa


Men bu mustaqil ishni bajarish vaqtida saqlagichlarni turlarini o`rgandim va o`z bilim ko`nikmalarimga ega bo`ldim. Asosan saqlagichlarning eruvchan va termobimetall saqlagichlarini o`rgandim. Eruvchan saqlagich shisha yoki sapoldan tayyorlanar va ichida ingichka mis sim tola bundan tashqari qum ham bo`lar ekan. Agar istemolchida nosozlik kelib chiqsa mis sim uziladi va yoyni qum so`ndirishga hizmat qilar ekan.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. G’. Maxmudav, D. Hoshimov “Avtomobil elektr va electron jihozlari” Toshkent-2003.
2. X. Mamatov “Avtomobillar” Toshkent “O’zbekiston”-1995
3. Y. I. Borovskix, Y. V. Buralev “Avtomobillarning tuzilishi, texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash” Toshkent “Talqin” 2005.
4. S. Qodirov, E. Nikitin “Avtomobil va traktor dvigatellari” Toshkent “O’qituvchi” 1992.
5. J.R. Qulmuhammedov, E. karimov “Avtochilangar” Toshkent “Fan” 2003
6. E. Fayzullaeyv “Avtatransport vasitalariga texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash” Toshkent 2005
Download 123.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling