Mavzu: Saralash jarayonini avtomatlashtirish tizimidagi strelka elektryuritmasi ishlashi va boshqarish sxemasi


Download 18.14 Kb.
Sana09.03.2023
Hajmi18.14 Kb.
#1255535
Bog'liq
q2


Mavzu: Saralash jarayonini avtomatlashtirish tizimidagi strelka elektryuritmasi ishlashi va boshqarish sxemasi
Stansiyalarning manev o’tkazish rayonlarida, odatda, SP (SP-6) turidagi elektromexanik elektr yuritgichlar, ya’ni shu stansiyaning elektr markazlashtirish strelkalari uchun bir xil turdagi elektr yuritgichlar qo’llanishi kerak. Saralash rayonlarida SP turidagi yuritgichlarni qo’llash himoyalash uchastkalariga bo’lgan ehtiyoj bilan cheklanadi (2-bobga qarang), uning uzunligi strelkani o’tkazish vaqtiga bog’liq. SHuning uchun tepaliklar strelkalarida maxsus tezyurar elektr yuritgichlar qo’llaniladi, bu yesa keyingi uzmalar orasidagi mumkin bo’lgan minimal intervalni olish imkonini beradi. Agar kerak bo’lsa, bu elektr yuritgichlar manevr rayonlari strelkalari uchun ham ishlatilishi mumkin. CPG-3M va SPGB-4M turdagi ichki qulflanadigan elektromexanik yuritgichlar MDH yo’l tarmog’idagi tepaliklar uchun ishlatiladi. Bu strelkali elektr yuritgichlar SP turdagi elektr yuritgichlarni kinematik sxemasi asosida amalga oshiriladi, lekin quyidagi farqlarga ega: - reduktorning uzatish soni 70.77 dan 35.69 gacha kamaytirildi, bu esa shiberdagi tortish kuchini 6 kN dan 2 kN gacha kamayishiga va R50 turdagi krestavinasi1/6 markali strelkalarda o’tkazish vaqtini 0.55 soniyaga qisqarishiga olib keldi; - MSP-0.25 turidagi o’zgarmas tok dvigatellari elektr yuritgichlarga albatta o’rnatiladi, chunki ular o’tkazish boshlanganda tashqi quvvat manbai o’chirib qoladigan bo’lsa, kondensatorda saqlanib qolgan energiya xisobiga strelkani to’la o’tishini ta’minlaydi; - CPG yuritgichlarida o’rnatilgan MSP-0.25 nominal kuchlanishi 100 V. Bu dvigatelning katta qayta yuklanish qobiliyatini xisobga olib u 220 V ishchi kuchlanishdan foydalaniladi, bu yesa strelkani 0,5 sekundga o’tish vaqtini kamaytiradi; - SPGB-4, SPGB-4M turidagi elektr yuritgichlarda kontaktli avtoo’tkazgichlar o’rniga kontaksizlari ishlatiladi va shuning uchun bu elektr yuritgichlar dvigatelni o’z-o’zidan uzish xususiyatiga ega emas. Agar kerak bo’lsa, ba’zi METS strelkalari CPG turidagi elektr yuritgichlar bilan jihozlanishi mumkin, shunda ularga 160 V ishchi kuchlanishdagi elektr dvigatellar o’rnatiladi, strelkani o’tkazish vaqti esa ortadi. Strelkalarni boshqarish sxemalarini qurishning umumiy prinsiplari shundan iboratki, ular stansiyaning ishlash texnologiyasi, yo’l harakati xavfsizligi sharoitlariga javob berishi va xavfli buzilishlardan himoyalangan bo’lishi kerak. Avvalroq ko’rsatilgandek, strelka sxemalari ishga tushirish, ishchi va nazorat zanjirlaridan tashkil topgan bo’lishi kerak. Ushbu zanjirlarning xar biri uchta turli xolatlardan birida bo’lishi mumkin. Sxemaning sintezi quyida bayn etilgan xususiyatlarni xisobga olgan xolda bajarilishi kerak. Tepaliklarda va manevr rayonlarida strelkalar juftlanmaydi. Masalan, 3-rasmda 202 va 204 strelkalarni s’yezdga qo’shish mumkin emas, chunki sostav tarqatilayotganda 202 strelka o’tkazilishi mumkin, 204 strelka esa doimo plyus xolatida turishi kerak. Bunday yechim yeyilishni keskin kamaytirish va 204 strelkaga xizmat ko’rsatida sarflarni kamaytirish imkonini beradi. Saralash ishlari olib boriladigan stansiyalar shunday xududda joylashadiki, u yerda ikkita o’zaro bog’liq bo’lmagan ta’minot manbalari bo’lishi kerak. SHuning uchun strelka elektr dvigatellari sxemalariga markaziy ta’minot nazarda tutilishi kerak. Tez ishlashi kerak bo’lgan strelkalarda strelka elektr dvigatellarini markaziy reverslash qo’llaniladi. Strelkalarni tepalik posti yoki EM posti, METS uzoqlashishi 300-400 metrdan oshmasligi kerak. Bunday uzoqlashishda maxalliy reverslash iqtisodiy samara bermaydi, biroq sxema ishida inersiyalikni oshiradi. Agar datchiklar sifatida normal tutashmagan rel’s zanjirlari qo’llaniladigan bo’lsa, unda strelkani boshqarish sxemasida: a) strelkali seksiyada soxta bandlik bo’lganda strelkani avariyaviy o’tkazish rejimi nazarda tutilmaydi; b) strelkani o’tkazish imkoniyati faqat tashqi elektr ta’minoti manbalarining o’zgaruvchan kuchlanishi mavjudligida, strelka elektr dvigatellari ta’minoti uchun kamida bitta to’g’rilagichni xizmat ko’rsatishi va kondensator paneli kondensatorlarida doimiy kuchlanish mavjudligi bilan nazarda tutiladi. PK paneli kondensatorlarining sig’imi 36000 mkF tashkil etadi, bu esa barcha tashqi elektr ta’minoti o’chirilgan xolda xam uchta strelkani o’tishlarini tugatish uchun yetarli bo’ladi. Tepalikdagi elektr yuritgichlarni boshqarishni namunaviy sxemasini taxlili Tepalikdan sostavlarni tarqatish texnologiyasi, va vagonlarni siltab saralash strelkalarni qulflanmagan marshrutlarda ishlashini nazarda tutadi. SHuning uchun qulflovchi rele (Z) o’rnatilmasa xam bo’ladi (ya’ni, Z kontakti ishga tushirish sxemasida ishtirok etmaydi). Saralash tepaliklarining strelkalarini boshqarishga komandalar avtomatik ravishda beriladigan bo’lsa, unda strelkalarni boshqarish sxemasida ularni dastlabki xolatiga avtomatik ravishda qaytarish nazarda tutilgan bo’lishi kerak, agar qandaydir sabablarga ko’ra o’tkazishni tugatib bo’lmasa. Strelkalarni avtoqaytarish uzmani yetga tushib ketishni oldini olish imkonini beradi. Strelkani ximoyalash uchastkasining uzunligi uni bir marotaba o’tkazish vaqtidan kelib chiqib xisoblangani sababli, avtoqaytarish faqat strelkali seksiya bo’sh bo’lganda mumkin bo’ladi. Strelkani dastlabki xolatiga avtomatik qaytargandan so’ng sxema xolati uni qaytadan o’tkazishga imkon bermasligi kerak, qachonki strelkaga yaqinlashayotgan uzma undan o’tib ketmagunga qadar. YUqorida qayd qilingan o’ziga xos xususiyatlarini xisobga oluvchi, tepalikdagi strelkani elektr yuritgichini boshqarish sxemasi 19-rasmda keltirilgan. 19-rasmda ko’rsatilgan: 1S, 2S – tepalikda avtomatik markazlashtirish relesi (GATS), strelkani o’tkazishga xotirlab qoluvchi komandalar (1S – “plyus” ga, 2S esa– “minus” ga); SZ –GATS ximoyalash relesi, GATS strelkali seksiya blokida marshrutli topshiriqni yo’qligi (SZ↑) yoki mavjudligini (SZ↓) qayd qiluvchi; AV –avtoqaytarish relesi; NPS, PPS – strelkani ishga tushiruvchi mos ravishda qutblangan yoki neytral relelari; PK, MK – strelka xolatini nazorat qiluvchi mos ravishda plyusli va minusli relelari. 19-rasm. SPG elektr yuritgichni boshqarish sxemasi 19-rasmda keltirilgan sxema oltisimlik deb nomlanadi, chunki elektr yuritgich postdagi qurilmalar bilan 1÷6 simlar yordamida bog’langan. 19-rasmdagi sxemaning ishga tushirish zanjiri, asosan, PS turdagi blokli strelka elektr yuritgichini boshqarishni ikki simlik sxemasining ishga tushirish zanjiriga mos keladi. Ishga tushishirish zanjirini o’ziga xos xususiyati, unda bajarilgan quyidagi bog’liqliklar xisoblanadi: - Normal tutashmagan rel’s zanjirining ta’minoti o’chirilganda strelkani o’tkazib bo’lmasligi (soxta bo’sh xolat sodir bo’llishi mumkin), strelkalarni nazorat zanjirlarini (avtoqaytarish sxemasi soxta ishlashi mumkin), PK panelida ta’minotni mavjud bo’lmasligi (elektrodvigatel zanjirlari ta’minot manbaidan uzilgan xollarda strelkani o’tishi boshlanib tugallanmaydi) va tashqi elektr ta’minot manbai o’chirilganda. Bularning xammasi tepalikdagi elektr ta’minot uskunasidan GPST va GMST qutblarini avtomatik o’chirish xisobiga amalga oshiriladi; - Uzma ostida strelkani o’tkazib bo’lmaslikni, strelka yo’l relesi (SP↓) front orti kontaktini zanjirga ulash xisobiga ta’minlanadi, chunki normal tutashmagan rel’s zanjiri qo’llangan; - Strelkani avtoqaytarilgandan so’ng takroriy o’tkazib bo’lmasligini AV relesi sxemasiga SZ releni front kontaktini ulash xisobiga ta’minlanadi. - Agar elektr ta’minot o’chib qolsa, unda uni tiklanishida avval kuchlanish RP, RM, GPAV qutblariga, 1 soniyadan keyin esa, GPST, GMST qutblariga beriladi. Bu AV relesini ishga tushiruvchi rele ta’minot olgungu qadar tokga turishini kafolatlaydi, shu bilan kerak bo’lmagan strelkani avtoqaytarishni oldi olinadi. 19-rasmdagi nazorat zanjiri sxemasida sxemali tanlash xususiyatidan foydalaniladi va u qarama-qarshi strelka holatidagi avtoo’tkazgichning nazorat kontakti bilan uzilgan relening cho’lg’amini shuntlab ikki qutbli uzilishni ta’minlamaydi. SHuning uchun, PK va MK relelarni kontaktlari xar qanday sxemaga, AV relesi sxemasida ko’rsatilgandek kiritilishi kerak, ya’ni, MK front kontakti bilan albatta PK front orti kontakti ketma-ket ulanishi kerak va aksi. Bunday ulanish kabel tolalarida o’ziga xos ximoyalanish xisoblanadi. 19-rasmdagi ishchi zanjir sxemasining o’zisha xos xususiyati, ishchi batareyaning RP plyus qutbi tomonidan ikkita FV1 va FV2 saqlagichlarni qo’llashdan iborat. Agar strelka elektrdvigateli friksiyaga ishlaganda bitta saqlagich ishdan chiqadi, unda strelka ikkinchi saqlagichni mavjudligi xisobiga dastlabki xolatiga qaytarilishi mumkin SPGB–4 yuritgichli strelkani boshqarish sxemasini ishga tushirish zanjiri, 19-rasmdagi ishga tushirish zanjiridan farq qilmaydi. 20-rasmda kontaktsiz avtoo’tkazgichli elektr yuritgichlarni nazorat zanjiri sxemasi keltirilgan. Plyus (DP) va minus (DM) strelka xolati datchiklari sifatida o’zgaruvchan o’zaro induksiya koeffitsiyenti (M) magnit bilan bog’langan cho’lg’amlari xizmat qiladi. 20-rasm. Kontaktsiz avtoo’tkazgichli nazorat zanjiri sxemasi Strelkani plyus xolatida M dp = max va M dm = min, minus xolatida esaaksi. PK va MK kontaktlar ishchi zanjirni o’chirish uchun qo’llaniladi, chunki SPGB turdagi strelka elektr yuritgichlari o’zini o’chiradigan kontaktlariga ega emas. III bob materiallarini mustaqil o’zlashtirish uchun savolla
Download 18.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling