Moyli o’chirgichni distansion boshqarish sxemasi Ishning maksadi
Download 1.91 Mb.
|
Moyli o’chirgichni distansion boshqarish sxemasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.1-Rasm. Ulovchi solenoidni ta’minlovchi sxemasi.
Moyli o’chirgichni distansion boshqarish sxemasi Ishning maksadi: Yuqori kuchlanishli moyli o’chirgichning distansion boshqarish sxemalarini qurilish va ishlash tamoyillari bilan tanishish hamda sxemalarini ishini sinash. Umumiy ma’lumotlarYuqori kuchlanishli moyli o’chirgichlarni distansion boshqarish sxemalariga yuqori talabalar qo’yiladi. Chunki, o’chirgichning ishini bajarmasligi energetika tizimida og’ir avariyalarga olib keladi. O’chirgichni boshqarish sxemasi ko’p miqdordagi elementlardan tashkil topgan bo’lib, ba’zan zanjirni uzunligi o’lchanganda yuzlab metrlarga yetadi. Shuning uchun o’chirgichning o’ziga nisbatan uning biror elementi ishdan chiqishi ehtimoli ko’p bo’lib o’chirgichni ishlamay qolishiga olib keladi. Bularni hisobga olib, o’chirgichni boshqarish sxemasi shunday quriladiki, uning boshqarish zanjirini ishga yaroqliligi avtomatik nazorat qilinib, agarda nosozlik bo’lsa, navbatchi personalni signalizatsiya orqali ogohlantiradi. Solenoid yuritmali moyli o’chirgichni ishini ko’rib chiqamiz. Ulovchi solenoid quvvatli elektromagnit bo’lib, o’zgarmas tok qabul qiladi. Iste’mol qiladigan toki 6-10 kV kuchlanishli o’chirgichlarda 50-60A, 110-220 kV kuchlanishli o’chirgichlarda esa 500-700A bo’ladi. Ulovchi elektromagnitlar (UE) stansiya va podstansiyalarda o’rnatilgan maxsus akkumulyator batareyalardan o’zgarmas tok bilan ta’minlanadi. Bunday toklarda kommutatsiya qilish uchun katta quvvatli o’zgarmas tok kontaktorlari (O’ТK) qo’llaniladi (2.1 rasm) O’chirgichni noto’g’ri ishlashida ulovchi solenoidni ishlashi O’ТK ni uzoq ishlab qolishi solenoidni ishdan chiqishi, ta’minlovchi kabelni qizishi va akkumulyator batareyalarning plastinkalarini tukilishiga olib keladi. 2.1-Rasm. Ulovchi solenoidni ta’minlovchi sxemasi. Buni oldini olish uchun bu zanjir 1PR, 2PR eriydigan saqlagichlar yoki avtomatik o’chirgichlar yordamida himoya qilinadi. Ulovchi solenoidga pitaniya ta’minlovchi shinadan (ТSh) berilib ishlatiladi. Bu shinalar ikki tomonidan ta’minlangan bo’ladi.(2.1 rasm). Ikki ta’minlovchi kabel va ular orasidagi bog’lanish halqali ta’minlash sxemasini hosil qilib, kabellardan birini ishdan chiqishida ikkinchi kabel ishonchli ta’minlovchi sxema ishini bajaradi. O’chirgich ulangandan so’ng maxsus ilgak shunday holatga qo’yiladiki, natijada bu holat o’chirgichni ulangan holatda uzoq vaqt ushlab turadi. O’chirgichni o’chirish maxsus qaytaruvchi normal ochiq kontagini yopib (3-4) yashil rangli signal (LZ) lampasini zanjirini ulab uni yoqadi va ulash zanjirini sozligi hamda o’chirgichni o’chgan holati haqida signalizatsiya beriladi. O’chirgichni qo’l bilan distansion ulash nul holatiga qaytuvchi uch holatli boshqaruv holati (KU) yordamida bajariladi. Boshqarish kaliti (KU) boshqarish panelida o’rnatilgan bo’ladi. kolgan apparatlar esa avtomatika panelida va AkU panelida joylashgan bo’ladi. Ulash operatsiyasi quyidagi tartibda bajariladi. Boshqarish kaliti KU ni «V» ga «ulash» tomonga buraymiz. Bunda kalitni 6-8 kontaktlari yopiladi va quyidagicha zanjir yig’iladi. (ShU)–kontakt KU (6-8) – normal yopilganda rele RPO ni 9-10 kontagi RKV rele cho’lg’ami va (-shu) zanjir bo’ladi. Rele RKV ishlab 7-8 kontagini yopadi. «Plyus» nakladka (1-2) – RBM (1-2) – BKV orqali KP ga berilib, KP kontaktlari bilan ulovchi solenoidni (SV) zanjirini ulaydi va uni ishga tushiradi.(2.2,va2.4-rasmlar) Bir vaqtda RPO releni o’chishini ta’minlaydi. O’chirgich ulangandan so’ng uning blok kontagi almashlanib ulanib BKV -1 ochiladi va tok KP cho’lg’amidan uziladi. KP ning kuch kontaktlari ochilib ulovchi elektr magnit (SV) o’chiriladi. BKV-2 –SO zanjirini yig’iladi va RPV ishlaydi. RPV (9-10) kontagi orqali RF ni ishlatadi va RF ikkinchi holatga o’tadi, ya’ni 11-12 zanjir ochiladi. 13-14 zanjir yopiladi. Signalizatsiya zanjirida RPO ni (4-3) kontagi ochilib, yashil lampani o’chiradi va RF rele ishlagani uchun shu zanjirini RF releni (5-7) kontagi orqali yashil lampani zanjirda yonib-o’chib turishini ta’minlovchi shinaga (kShM) ulashga tayyorlaydi. RPV releni 3-4 kontagi o’chirgich ulangandan so’ng yopilib qizil lampani yoqadi va shu bilan o’chirgichni o’chirish zanjirini tayyorligini bildiruvchi signalizatsiyani beradi. Agar o’chirgichni boshqarish zanjirida (ulashda yoki o’chirishda) zanjir tayyor bo’lmasa yoki operativ tok uzuq bo’lsa, signalizatsiya zanjirida RPO(2-1) –RPV(1-2)–2RU-2R(3-5) orqali ogohlantiruvchi ovoz signalizatsiyasi ketadi. O’chirgichni o’chirish boshqarish kaliti (KU) ni chap tomonga «0» burish bilan bajariladi. Bunda signal KU ni 5-7 kontagi orqali RKO relega beriladi. Rele RKO 9-10 kontagi–rele RBM va BKV-2 (o’chirgich ulangan paytda yopilgan) kontakt orqali o’chiruvchi solenoidga SO buyruq beriladi va o’chirgich o’chadi RKO releni 7-8 kontagi orqali RF rele sidigni holatiga qaytadi. Shu bilan birga o’chirgich o’chishida BKV-1 (o’chirgichni mexaniq kontagi) yopilib RPO rele ishlaydi, signalizatsiya zanjirida LZ lampochkani yonib qolishini ta’minlaydi. Zanjirdagi 1s va 2s qarshiliklarni qarshiligi 1000 Omdan oshgan bo’lib, o’zlaridagi tokni cheklash va SV va SD ni ishlab ketmasligi uchun qo’llanilgan. Bu qarshiliklar qo’llanilmasdan oldin o’chirgichlarni noto’g’ri ulanib o’chirilib ketgan hollar kuzatilgan. Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling