Satr qismini almashtirish funksiyasi
Bir satr qismining o‘rniga boshqa satr qismini qo‘yish
uchun quyidagi
funksiyalardan foydalanish mumkin:
replace(unsigned int pos1,unsigned int n1,
const string & str);
replace(unsigned int pos1,unsigned int n1,
const string & str,unsigned int pos2,
unsigned int n2);
replace(unsigned int pos1,unsigned int n1,
const char *str, int n);
Bu funksiyalar
insert kabi ishlaydi, undan farqli
ravishda amal chaqiruvchi
satrning ko‘rsatilgan o‘rnidan (pos1) n1 belgilar o‘rniga str satrini yoki uning pos2
o‘rindan boshlangan n2 belgidan iborat qismini qo‘yadi (almashtiradi).
Misol:
char * sc=”0123456789”;
unsigned int i=3,j=2;
string s1,s,s2;
s2=sc; s1=”misollar”; s=”xyz”; // s2=”0123456789”
s2.replace(i,j,“abcdef”); // s2=”012abcdef56789”
s1.replace(i-1,j+1,s2,4,5); // s1=”mi45678lar”
s.replace(i-2,j+2,sc,5); // s=”x012345”
swap(string & str) funksiyasi ikkita satrlarni o‘zaro
almashtirish uchun
ishlatiladi. Masalan:
string s1,s2;
s1=”01234”;
s2=”98765432”;
s1.swap(s2); // s2=”01234” va s1=”98765432” bo‘ladi.
Satr qismini ajratib olish funksiyasi
Funksiya prototipi kuyidagicha:
string substr(unsigned int pos=0,
unsigned int n=npos)const;
Bu
funksiya, uni chaqiruvchi satrning pos o‘rnidan
boshlab n belgini natija
sifatida qaytaradi. Agarda pos ko‘rsatilmasa, satr boshidan boshlab ajratib olinadi,
agar n ko‘rsatilmasa, satr oxirigacha bo‘lgan belgilar natija sifatida qaytariladi:
Do'stlaringiz bilan baham: