- Satrga mos keluvchi sinf java.lang paketida joylashgandir. Bu sinf String deb atalib, simvollar oʼzgarmaydigan massivini obʼekt shaklidagi tasviridir. Bu sinfda satrlarni solishtirish, izlash, maʼlum simvollar va ostki satrlarni ajratuvchi usullar mavjud. StringBuffer sinfi satrni yaratgandan soʼng oʼzgartirish kerak boʼlganda ishlatiladi.
- String va StringBuffer final deb eʼlon qilingan, bu esa bu sinflarning hech biridan hosila sinf yaratib boʼlmasligini anglatadi. Bu satrlarni qayta ishlash operatsiyalarini bajarishda samaradorlikni oshiruvchi optimallashtirishni ayrim koʼrinishlarini qoʼllash uchun qilingan.
Konstruktorlar - Konstruktorlar
- 1. Boshqa ixtiyoriy sinf xolidagi kabi new operatori yordamida String turidagi obʼektlar yaratishingiz mumkin. Boʼsh satr yaratish uchun parametrsiz konstruktor ishlatiladi.
- String s = new String():
- 2. Quyida keltirilgan kod fragmenti String tipidagi s obʼekt yaratadi hamda uni konstruktorga simvolli massivda parametr sifatida uzatilgan uchta simvoldan iborat satr bilan initsializatsiya qiladi.
- char chars[] = { 'а', 'b', 'с' };
- String s = new String(chars);
- System.out.println(s);
- Kodning ushbu fragmenti quyidagi satrni chiqaradi «abc».
3. Navbatdagi konstruktor uchta parametrga ega: - 3. Navbatdagi konstruktor uchta parametrga ega:
- String(char chars[], int boshlang’ichIndeks, int simbollar soni);
- Ushbu usulda initsializatsiya qilishga misol:
- char chars[] = { 'a', 'b', 'с', 'd', 'e', 'f' }:
- String s = new String(chars,2,3);
- System.out.println(s);
- Kodning ushbu fragmenti quyidagi satrni chiqaradi
- «cde».
Do'stlaringiz bilan baham: |