Mavzu. Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarida buxgalteriya hisobini tashkil qilish asoslari
Download 52.37 Kb.
|
25-mavzu.Buxgalteriya hisobi
25-MAVZU.SAVDO VA UMUMIY OVQATLANISH KORXONALARIDA BUXGALTERIYA HISOBINI TASHKIL QILISH ASOSLARI Savdo korxonalarining buxgalteriya hisobi sub’yektlari sifatidagi tasnifi, tavsifi va ular faoliyatining tashkiliy-huquqiy asoslari Savdo yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan tadbirkorlikning bir turi hisoblanadi. U ishlab chiqarish sohasini iste’mol sohasi bilan bogiovchi bo'g'indir. Savdosiz yaratilgan mahsulotlar o‘z iste’molchilarigayetibbormaydi. Demak, savdo makon vazamondatakror ishlab chiqarishni amalga oshirishning muhim shartlaridan biridir. Savdo tovar-pul munosabatlarining majmuasidir. Ushbu munosabatlarda bir tomondan sotuvchi, ikkinchi tomondan esa sotib oluvchi ishtirok etadi. Tovar-pul munosabatlari majmuasi savdoni iqtisodiyotining maxsus tarmog‘i darajasida harakat qilishiga olib keladi. Savdo faoliyatini turli belgilari bo'yicha guruhlash mumkin. Amal qilish hududiga ко‘ra savdo faoliyati ichki va tashqi savdoga bo'linadi. Ichki savdo - bir mamlakat hududi chegarasida amalga oshiriladigan savdo faoliyati. Tashqi savdo -mamlakat ichida ishlab chiqarilgan mahalliy tovarlarni boshqa mamlakatlarga sotish faoliyati. Tashqi savdo faoliyati, boshqachasiga, eksport deb ham ataladi. Tovarlarni savdo-sotig'ini amalga oshirish va unda qo ‘llaniladigan hisob-kitoblar ning shakliga ко‘ra savdo ulguiji, mayda ulguiji va chakana savdo turlariga boiinadi. Ulgurji savdo - savdo sohasida tovarlarning yirik turkumlarini o'zaro hisob-kitoblarning naqd pulsiz shakli bo'yicha, uni tijorat tadbirkorlik faoliyati maqsadidayoki o'z ishlab chiqarish-xo'jalik ehtiyojlari uchun foydalanishni moijallayotgan xo'jalik yurituvchi sub’yektlarga sotishni nazarda tutuvchi faoliyatni amalga oshirish. Ulguiji savdo ham ichki, ham tashqi savdo faoliyati boiishligi mumkin. Mayda ulgurji savdo - savdo sohasida tovarlarni kichik turkumlar bilan o'zaro hisob-kitoblarning naqd pulsiz va naqd pul shakllari bo'yicha sot ish ni nazarda tutuvchi faoliyatni amalga oshirish. Maydaulguiji savdo faqat ichki savdo faoliyati hisoblanadi. Ushbu savdo faoliyati chakana savdo korxonalari, ulgurji savdo korxonalari va yuridik shaxs bo'lmagan yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan turg‘un savdo shohobchalari hamda iste’mol buyum bozorlarida ajratilganjoylar orqali amalga oshiriladi. Chakana savdo - savdo sohasida yakuniy iste’mol uchun, undan lijorat maqsadlarida foydalanish huquqisiz aholiga tovarlarni donalab yoki ko‘p bo‘ lmagan miqdorlarda naqd pulga sotishni nazarda tutuvchi faoliyatni amalga oshirish. Ushbu savdo faqat ichki savdo faoliyati hisoblanadi. Chakana savdo yurituvchi shaxslar ning statusiga ко‘ra savdo faoliyati jismoniy shaxslar va yuridik shaxslar tomonidan olib boriladigan savdoga bo‘linadi. Jismoniy shaxslar tomonidan olib boriladigan savdo faoliyati deganda yuridik shaxs maqomisiz mahalliy hokimiyatdan ro'yxatdan o‘tgan va savdo faoliyatini yuritish huquqiga ega bo’lgan xususiy tadbirkorlar tomonidan amalga oshiriladigan savdo tushuniladi. Bunday xususiy tadbirkorlar savdo faoliyatini o‘zlarining xususiy savdo do‘konlari yoki buyum bozorlarida ajratilganjoylar orqali amalga oshiradilar. Yuridik shaxslar tomonidan olib boriladigan savdo faoliyati deganda yuridik shaxs sifatida mahalliy hokimiyatdan ro‘yxatdan o‘tgan va savdo faoliyatini yuritish huquqiga ega bo’lgan korxonalar tomonidan amalga oshiriladigan savdo tushuniladi. Bunday korxonalar savdo faoliyatini o‘zlarining savdo do‘konlari, shoxobchalari, bazalari, omborlari yoki buyum bozorlarida ajratilgan savdo tarmoqlari orqali amalga oshiradilar. Yuridik shaxslar savdoning barcha turlarini olib boradilar. Download 52.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling