Mavzu. Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarida buxgalteriya hisobini tashkil qilish asoslari


Download 52.37 Kb.
bet2/4
Sana17.06.2023
Hajmi52.37 Kb.
#1551554
1   2   3   4
Bog'liq
25-mavzu.Buxgalteriya hisobi

Yurituvchilarning mulkiy shakliga ко‘ra savdo davlat, nodavlat va aralash mulkdagi korxonalar tomonidan olib boriladigan savdoga bolinadi. Savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi davlat korxonalari respublikamizda hozirgi davrda ixtisoslashgan «Mudofaa savdo» tizimi tasarrufidagi korxonalar hisoblanadi.
Savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi nodavlat va aralash mulkdagi korxonalar bo’lib respublikamizda aksiyadorlik jamiyatlari, xorijiy investisiyalar ishtirokidagi korxonalar, mas’uliyati cheki anganjamiyatlar va boshqa maqomdagi xususiy korxonalar hisoblanadi.
Tovarlcirningguruhlariga ко‘ra savdo oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlari savdosiga, guruhlar ichida esa alohida quyi guruh tovarlari savdosiga, masalan, non va non mahsulotlari savdosi, qishloq xo'jaligi mahsulotlari savdosi, alkogol va alkogolsiz ichimliklar savdosi, xo‘jalik mollari savdosi, qurilish materiallari savdosi, avtomobillar savdosi, avtomobillar yoqilg‘isi savdosi, aralash mollar savdosi, dori-darmonlar savdosi, tibbiy texnika va optika tovarlari savdosi, tilla buyumlar savdosi vashu kabi boshqa turlargaboMinadi.
Savdo faoliyatining barcha turlari, ularni amalga osliirish shartlari va tartibi respublikamizda davlat tomonidan qabul qi lingan me’yoriy hujjatlar bilan qat’i tartibgasolinadi1. Respublikamizda ulgiuji savdo lisenziyalashtiriladigan, chakana savdo hamda umumiy ovqatlanish esa lisenziyalashtirilmaydigan faoliyat turiga kiradi. Alohida olingan tovarlarning, masalan, alkogolli ichimliklarning sotilishi maxsus ruxsatnomalar asosida amalga oshiriladi.
Savdo faoliyatining turlariga va davlat statistika organlari beradigan tarmoq (faoliyat) ко ‘diga ko‘ra savdo korxonalari quyidagilarga bo‘ linadi:

  • ulgurji savdo (71100);

-chakana savdo(71200);

  • umumiy ovqatlanish (713 00).

Ulgutj i va chakana savdo korxonalariga, oz navbatida, mulkiy shakli, sotadigan tovarlarining turlari boyichamaxsus ichki savdo tarmogi kodlari beriladi.
Xodimlarning soniga kora savdo korxonalarini yirik korxonalar, kichik korxonalar va mikrofinnalarga ajratish mumkin.
0‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 30- avgustdagi Farmoni2 vauni bajarishga doir Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2003- yil 11 -oktabrda qabul qilingan «Kichik tabdirkorlik (biznes) subyektlariga kiradigan korxona va tashkilotlarni klassifikatsiyasini tasdiqlash togrisida» 439-son qaroriga muvofiq savdo va umumiy ovqatlanishda:
mikrofirmalar - band bolgan xodimlarining ortacha yillik soni kopi bilan 5 kishigacha bolgan xojalik yurituvchi subyektlar;
kichik korxonalar - band bolgan xodimlarining ortacha yillik soni kopi bilan 6 kishidan 25 kishigacha bolgan xo'j alik yurituvchi subyektlar;
Savdo faoliyatini yurituvchi subyektlarni davlat royxatidan oikazish ularning mulkiy va tashkiliy shakliga bogliq boiadi. 0‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 20-avgustdagi «Tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish uchun royxatdan otkazish tartibotlari tizimini tubdan takomillashtirish togrisida» gi 357- son qarori va ushbu qaror bilan tasdiqlangan «Tadbirkorlik subyektlarini davlat royxatidan oikazish, hisobga qoyish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi togrisidaNizom»ga muvofiq savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari quyidagi davlat organlari tomonidan royxatgaolinadi:

  • Toshkent shahrida tashkil etiladigan ulgutj i va chakana bozorlar, xorij iy investisiya ishtirokidagi savdo korxonalari, shuningdek qonun hujjatlarida kozda tutilgan hollarda boshqa savdo tashkilotlari - 0‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan;

  • xorijiy investisiyalar ishtirokidagi korxonalar va tegishli ravishda Qoraqalpogiston Respublikasi va viloyatlarda tashkil etiladigan bozorlar, ochiq aksiyadorlik jamiyatlari va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda boshqa tashkilotlar - Qoraqalpogiston Respublikasi Adliya vazirligi va viloyatlar adliya boshqarmalari tomonidan;

  • masuliyati cheklangan jamiyat, xususiy firma (korxona), xo'jalik jamiyati, shubaxojalikjamiyati va boshqa shakJlardagi savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari - ular joylashgan joydagi tuman va shahar hokimliklari huzuridagi «Tadbirkorlik subyektlarini royxatdan oikazish inspeksiyalari» tomonidan.

Savdo korxonalarining tashkiliy-huquqiy asoslarini belgilab beruvchi mezonlardan biri belgilangan ustav fondini oz vaqtida (davlat royxatidan otgan kundan boshlab bir yil muddatda) shakllantirish hisoblanadi. Ustav fondining chegaralangan miqdori faqat xorijiy investisiyalar ishtirokidagi korxonalarga, shuningdek, ulguiji savdo bilan shugullanuvchi yuridik shaxslarga taalluqlidir. Jumladan, xorijiy investisiyalar ishtirokidagi korxonalarni tashkil etish uchun ustav kapitalining eng kam miqdori 150000 AQSH dollarini, ulgurji savdo faoliyati bilan shugullanishni moljallagan mahalliy korxonalar uchun esa eng kam ish haqining kamida 3500 baravarini, shundanengkam ish haqining kamida 1200baravaridagi miqdori pul mablagiarini tashkil etishi lozim.
Chakana savdo va umumiy ovqatlanish bilan shugullanuvchi malialliy yuridik shaxslar uchun ustav fondining chegaralangan miqdori davlat tomonidan belgilanmagan. Faqat qonun hujjatlariga muvofiq ularning muassislari korxonani davlat royxatidan otkazishgacha tasis hujjatlarida belgilangan hissalarining 30 foizidagi miqdorini pul mablaglari bilan oldindan kirishlari vabu bank hujjatlari bilan tasdiqlangan bo'lishi lozim. Agar tadbirkorlik subyekti ustav fondi yoki uning bir qismi mulkiy ulush (kochmas mulk, asbob-uskunalar va boshqalar) yoki intellektual mulk hisobigashakllantirilgan taqdirda bank malumotnomasi talab qilinmaydi.

    1. Savdo korxonalarida buxgalteriya hisobining vazifalari va uni tashkil qilishning xususiyatlari

Savdo korxonalarining buxgalteriya hisobi vazifalariga quyidagilar kiradi:

  • tovar aylanmasining miqdorini hujjatli asosga ega bo‘lishligini ta’minlash, uni hisob registrlari va hisobotlarda to‘g‘ri aks ettirish;

  • tuzilgan shartnomalarni bajarilayotganligini, tovarlarni kirim va chiqimiga tegishli bo‘lgan boshlang‘ich hujjatlarni to‘g‘ri va o‘z vaqtida rasmiylashtirilishini ta’minlash;

  • tovarlarning sotish, baholarini to‘g‘ri shakllanganligini nazorat qilish;

  • tovarlarni xaridorlarga yetkazishgacha bajarilgan transportirovka, saqlash, o‘rash, qadoqlash, saralash va shu kabi qo‘shimcha jarayonlar majmuasini hujjatlarda o‘z vaqtida va to‘g‘ri aks ettirish, ularga sarflangan mablag‘larni aniq summasini ifodalash;

  • tovar-pul munosabatlari orqali pul mablaglarini to‘plash.

  • savdo korxonalarida yuz beradigan tovar-pul operatsiyalarini o‘z vaqtida, to‘g‘ri hujjatlashtirish, guruhlash va jamlanishini ta’minlash;

  • amalga oshirilgan tovar operatsiyalarining qonuniyligi va tovar-moddiy boyliklar butligini ta’minlash;

  • tovar-moddiy boyliklarning saqlanish joylarida ombor hisobini belgilangan usul va shakllarda, shuningdek hisob registrlari hisoblangan kitob, kartochka yoki qaydnomalarni o‘z vaqtida va to‘g‘ri yuritilishini ta’minlash;

  • barcha moddiy javobgar shaxslar faoliyati ustidan qat’i nazoratni olib borish, moddiyjavobgar shaxslar bilan tuzilgan moddiy javobgarlik to‘g‘risidagishartnomalarshartlarigato‘liqamalqilinayotganligito‘g‘risida rahbariyatga haqqoniy axborotlarni berib borish;

  • tovar-moddiy boyliklar bo‘yicha baho siyosatini to‘g‘ri shakllantirish va ushbu siyosatni to‘g‘ri amalga oshirilishi ustidan doimiy nazoratni olib borish;

  • savdo shoxobchalari va omborlardagi tovar-moddiy boyliklarni real holatini belgilangan muddatlarda inventarizatsiyasini o‘tkazib turish.

Savdo korxonalari bir-birlaridan tovar operatsiyalarini tegishli hujjatlar bilan rasmiylashtirish bo‘yicha ham farq qiladi. Jumladan, ulgurji savdo korxonalaridagi tovar operatsiyalarining xarakterli xususiyatlaridan biri shundaki, bironta tovar-moddiy boylikning kirim va chiqimi bu yerda tegishli hujjatlarni rasmiylashti rmasdan turib amalga oshirilmaydi. Chakana savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarida, aksincha, har bir tovar operatsiyasini hujjatlashtiribbo‘lmaydi. Omborlardan tovarlar faqat naqd pulsiz hisob-kitoblar asosida sotiladi, chakana savdo va umumiy ovqatlanishda esa tovarlar asosan naqd pulga, ayrim hollarda kichik ulgurji shaklda naqdsiz sotilishi mumkin.
0‘zbekiton Respublikasida buxgalteriya hisobining milliy standartlariga (BHMS), shu jumladan 4-son BHMS «Tovar-moddiy zaxiralar»iga, muvofiq tovar-moddiy boyliklarni hisobga olishning ikkita tizimini, ya’ni davriy tizim va uzluksiz tizimini qo‘ Hash mumkin.
Ulgurji savdo korxonalarida tovar operatsiyalarining yuqorida tavsiflangan xususiyatlarini e’tiborga olgan holda tovar-moddiy boyliklar hisobini uzluksiz tizimini qo‘llash zarurati vashart-sharoitlari mavjud. Ushbu tizimning mohiyati shundaki tovar-moddiy boyliklarning barcha kirim va chiqimining hisobi aniq boshlang‘ich hujjatlar asosida yuritiladi. Jumladan, tovarlarning sotilishi xaridorlar bilan tuzilgan shartnomalarda ko‘rsatilgan baholarda ularni sotilganligiga guvohlik beruvchi schot-fakturalar asosida hisobga olib boriladi. Sotilgan tovarlarning tannarxi ularning kirim hujjatlarida ko‘rsatilgan baholari bo‘yicha aniq hujjatlar asosida topiladi va hisobga olinadi. Bu, o‘z navbatida, sotishdan olingan daromadlarni har bir tovar bo‘yicha hujjatli asosda topish imkonini beradi.
Chakana savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarida har bir tovaming sotilishini qat’i hujjatlashtirish imkoni mavjud bo‘lmasligi ularda TMBlar hisobining davriy tizimini qo‘llashni taqozo etadi.
Savdo korxonalarida buxgalteriya hisobining muhim vazifalaridan biri tovar-moddiy boyliklarning holati va harakati bo‘yicha sintetik va tahliliy hisobni yuritish hisoblanadi. 21 -son BHMS «Xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar moliyaviy xo'jalik faoliyati buxgalteriya hisobi schotlar rejasi va uni qo'ilash bo'yicha Yo'riqnoma» ga muvofiq tovarlarning sintetik hisobini barcha savdo korxonalarida quyidagi schotlarda olib borish nazarda tutilgan.
2910 «Ombordagi tovarlar». Ombordagi tovarlarning qoldig'i va ko'payishi debetida, kamayishi esa kreditida hisob bahosida aks ettiriladi. Ulgurj i savdo korxonalarida hisob bahosi bo'lib tannarx, ya’ni sotib olish bahosi (tayyorlov-transport va boshq a sotib olishga doir xarajatlar bilan birgalikdagi) hisoblanadi.
2920 «Chakana savdodagi tovarlar». Chakana savdo shoxobchalari (savdo do'kon, palatka, laryok, kioska va boshqalar)dagi tovarlarning qoldig' i va ko'payishi debetida, kamayishi esa kreditida hisob bahosida aks ettiriladi. Ulguiji savdo korxonalarining chakana savdo shoxobchalarida hisob baliosi bo'lib sotish bahosi, ya’ni savdo ustamalari bilan birgalikdagi hisoblangan chakana baho hisoblanadi.
2920 «Ko'rgazmadagi tovarlar». Ko'rgazmazallariga qo'yilgan tovarlarning qoldig'i va ko'payishi debetida, kamayishi esa kreditida hisob bahosida aks ettiriladi.
2940 « Vaqtincha foydalanishga (prokatga)berilgan tovarlar». Vaqtincha foydalanishga (prokatga) berilgan tovarlarning qoldig'i va ko'payishi debetida, kamayishi esa kreditida hisob bahosida aks ettiriladi.
2950 «Tovar ostidagi va qaytariladigan idishlar». Tovar ostidagi va qaytariladigan taralarning qoldig' i va ko'payishi debetida, kamayishi esa kreditida hisob bahosida aks ettiriladi. Ulguiji savdo korxonalarida hisob bahosi bo'lib tannarx, ya’ni sotib olish bahosi yoki o'rtacha hisob bahosi hisoblanadi.
2960 «Komissiya (vositachilik) orqali sotishga berilgan tovarlar». Shartnomalar asosida boshqa korxonalarga komissiya va konsignasiya shartnomalari asosida berilgan tovarlarning qoldig'i va ko'payishi debetida, kamayishi esa kreditida hisob bahosida aks ettiriladi.
2970 «YoMdagi tovarlar». Guvohlik beruvchi boshlang'ich hujjatlari asosida hisobga kiritilgan lekin oy oxirida yo'lda bo'lganligi uchun omborlarga kirim qiiinmagan tovarlarning qoldig'i va ko'payishi debetida, kamayishi esa kreditida hisob bahosida aks ettiriladi
2980 «Savdo ustamasi». Hisob bahosining tarkibiy elementi, chakana savdo va umumiy ovqatlanish korxonalaridagi tovarlarning sotib olish baholari ustiga qo'yilgan savdo ustamalarini qoldig'i va ko'payishi kreditida, kamayishi esa debetida aks ettiriladi. Ulgurji savdo korxonalarida faqat chakana savdo shoxobchalaridagi tovarlar bo'yicha qo‘llaniladi.
2990 «Boshqa tovarlar». Yuqoridagi schotlarda aks ettirilmay qolingan tovarlarningqoldig‘i vako‘payishi debetida, kamayishi esa kreditida hisob bahosida aks ettiriladi.
Savdo korxonalarida tovarlarning tahliliy hisobi 23.1 -rasmda keltirilgan iyerarxik tizim bo‘yicha qo‘lda yoki zamonaviy kompyuterlarda yuritiladigan hisob registrlarida olib boriladi:





Download 52.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling