Mavzu: Schyotlar haqida tushuncha. Buxgalteriya hisobining schyotlari va uning tuzilishi


Download 34.66 Kb.
bet2/4
Sana30.04.2023
Hajmi34.66 Kb.
#1408297
1   2   3   4
Bog'liq
Schyotlar haqida tushuncha.Buxgalteriya hisobining schyotlari va uning tuzilishi.

Tartibga soluvchi schyotlar.
Korxona ba’zi xo‘jalik mablag‘lari hisobini yuritishda bir necha bahodan foydalanish zaruriyati tug‘iladi. Shunday mablag‘lar va ular tashkil topish manbalari hisobini yurituvchi schyotlar tartibga soluvchi schyotlar deb ataladi. Bunday schyotlar quyidagi turkumlarga ajratiladi:
1. Kontrar schyotlar:
A) kontrar aktiv
B) kontrar passiv
2. To‘ldiruvchi schyotlar:
Bunday schyotlarni tartibga soluvchi schyotlar deb atalishga sabab ular buxgalteriya hisobini boshqa schyotlaridagi ko‘rsatkichlarni tartibga solish xususiyatiga egaligidadir.
Masalan: kontraktiv schyotlar passiv schyotlar bo‘lib, balans aktividagi mablag‘lar hisob uchun mo‘ljallangan ba’zi schyotlar ko‘rsatkichlarni tartibga solib turadi.
0200 - «Asosiy vositalarning eskirishi» kontraktiv schyotlar asosiy vosita boshlang‘ich (joriy) qiymatini aks ettiruvchi 0100- «Asosiy vositalar» schyotlar ma’lumotlarini tartibga soladi.
0500 – «Nomoddiy aktivlarning eskirishi» schyota esa, 0400- «Nomoddiy aktivlar» schyotidagi ko‘rsatkichlarni tartibga soladi.
Misol uchun: Korxonadagi nomoddiy aktivlar boshlang‘ich qiymati 150.000 so‘m 0400 – «Nomoddiy aktivlar» schyotida aks ettirilgan va balans aktivida ko‘rsatilgan. Nomoddiy aktivlar qoldiq qiymatini aniqlash uchun 0500 – «Nomoddiy aktivlarning eskirishi» kontraktiv schyotidagi ma’lumotdan foydalanish zarur. Unga ko‘ra, nomoddiy aktivlar eskirish summasi 45.000 so’mni tashkil etadi deb faraz qilsak, nomoddiy aktivning qoldiq qiymati quyidagiga teng bo‘ladi:
150.000 so‘m – 45.000 so‘m = 105.000 so’m.
Savdo korxonalarida tovarlar hisobi 2910 – «Tovarlar» aktiv schyotida yuritiladi. Ushbu schyotda tovarlarni sotish bahosi aks ettiriladi. Ushbu tovarlarni sotib olish bahosini aniqlash uchun, tartibda soluvchi kontraktiv schyot 2980 – «Savdo ustamasi» dagi ma’lumotlardan foydalanish zarur.
Masalan: korxonadagi tovarlar qoldig‘i 2910 – «Tovarlar» schyoti debetida 4.500.000 so‘m deb aks ettirilgan, 2980 – «Savdo ustamasi» schyoti kreditidagi qoldiq esa, Shu tovarlarga belgilangan savdo ustamasi miqdorini bildiradi, bu summa 675.000 ni tashkil etadi deb faraz qilaylik.
4 500 000– 675 000 = 3 825 000 so’m.
3 825 00 so‘m korxonadagi tovarlar sotib olish bahosini bildiradi.
Kontrpassiv schyotlar aktiv schyotlar bo‘lib, ular ba’zi xo‘jalik mablag‘lari tashkil topish manbalari ma’lumotlarini tartibga solish uchun mo‘ljallangan. Masalan: 8600- «Sotib olingan o‘z aksiyalarini hisobga oluvchi schyotlar»
To‘ldiruvchi schyotlar tegishli mablag‘ va ular tashkil topish manbalari hisobini yuritishga mo‘ljallangan schyot ma’lumotlarini to‘ldirish uchun mo‘ljallangan.
Masalan: 1510 – «Materiallarni tayyorlash va sotib olish», 1610 – «Materiallarning qiymatidagi farq» schyotlari to‘ldiruvchi schyotlar hisoblanadi.

Download 34.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling